- Imkonsiz uchlik yoki trilemma (ingl. Impossible trinity (trilemma)). Mamlakat valyuta siyosati natijasida hal etiladigan uchta asosiy vazifa, ya’ni valyuta kursi barqarorligini ta’minlash (qat’iy belgilangan valyuta kurslari rejimi), to‘liq moliyaviy integratsiya erishish (ochiq kapital bozorlari), monetar orgarlar valyuta siyosatida mustaqillik (pul-kredit va byudjet-soliq siyosati mustaqilligi)ni saqlashni bir vaqtda bajarishning imkoniyati mavjud emaligi “Imkonsiz uchlik” nazariyasida o‘z ifodasini topadi
Imkonsiz uchlikda “Ideal” valyutaning xususiyatlari
4. valyuta siyosati nazariyalarI - Mandell - Fleming modeli. Ochiq iqtisodiyotning makroiqtisodiy modeli bo‘lib, iqtisodiy siyosatdagi paradoksal holatni ko‘rsatadi. Xususan, qat’iy belgilangan valyuta kurslari sharoitida pul-kredit siyosati, suzuvchi valyuta kurslari rejimi sharoitida esa, fiskal siyosat samarasiz bo‘ladi. Bu esa, har qanday valyuta kurslari rejimi sharoitida ma’lum bir maqsadga erishish uchun iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning turli usullari majmuasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
- Boshqacha qilib aytganda, Mandell - Fleming modeli mavjud LM-IS modeliga xorijiy valyuta bozori va kapital oqimlarini kiritilishini nazarda tutadi va quyidagi umumiy xulosaga olib keladi: agar xalqaro kapital oqimining elastikligi juda yuqori bo‘lsa, qatiy belgilangan valyuta kurslari va monetar suverenitet (mustaqillik) bir-biriga mos kelmaydi, ya’ni birining bo‘lishi ikkinchisini inkor etadi (yoki imkonsiz shartining tasdig‘i).
- Mazkur model optimal valyuta zonalari va imkonsiz uchlik nazariyasiga asos solib berdi.
4. valyuta siyosati nazariyalarI - Triffin paradoksi. Ushbu paradoks boshqa bir qator omillar qatorida Bretton Vuds valyuta tizimining nihoyasiga etishiga sabab bo‘lgan. AQShning o‘sib borayotgan jahon savdosini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan dollarni qolgan dunyo mamlakatlari uchun emissiya qilishi uning to‘lov balansini doimiy ravishda defitsit bo‘lishiga olib kelar edi. Ya’ni, mamlakatlardagi dollar zaxiralari qanchalik ko‘paymasin, AQSh to‘lov balansi doimo taqchil bo‘lib qolaverdi. Bu esa, boshqa davlatlarning AQSh tomonidan dollarlarni belgilangan rasmiy kurs bo‘yicha oltinga konvertirlanishi imkoniyatini shunchalik shubha ostiga qoldirdi.
- Boshqacha qilib aytganda, Bretton Vuds valyuta tizimi davrida o‘sib borayotgan xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni yagona ishonchli xalqaro valyuta AQSh dollari bilan ta’minlamaslik, uning taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. Uni ta’minlash uchun dollar emissiyasini oshirish esa, mamlakat to‘lov balansi taqchilligiga, valyutaning oltin paritetini yo‘qolishiga, ichki inflyatsiya darajasini oshishiga olib kelar edi. Yohud, dollar emissiyasiga nisbatan oltinni ishlab chiqarish imkoniyati yo‘qolib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |