Toshkent moliya instituti “xalqaro moliya-kredit” kafedrasi tomonidan tayyorlangan “xalqaro moliyaviy markazlar” fanidan video ma’ruza


Download 0.55 Mb.
bet2/6
Sana24.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1291845
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10 мавзу ХВКМ Valyuta siyosati

2. Valyuta siyosati shakllari


Valyuta siyosati maqsad va amalga oshirish muddatiga ko‘ra tarkibiy va joriyga bo‘linadi.
    • Tarkibiy valyuta siyosati - jahon valyuta tizimi tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
    • Joriy valyuta siyosati - valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir.

2. Valyuta siyosati shakllari


Valyuta siyosatining quyidagi shakllari
Diskont
Deviz siyosati va uning ko‘rinishlari:
valyuta interventsiyasi
valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish
valyutaviy cheklashlar
devalvatsiya
revolvatsiya

2. Diskont (foiz stavkasi) siyosati.

  • Markaziy bankning foiz siyosati, odatda milliy valyutaning amaldagi massasiga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni uni kamaytirsh yoki ko‘paytirish orqali valyuta kursiga ta’sir etish mexanizmidir.
  • Foiz o‘zining iqtisodiy ma’nosi bo‘yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan qo‘shimcha qiymatdir.
  • Foiz stavkalari odatda foyda me’yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo‘ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi.
  • Bu talab va taklif bir qancha, ya’ni davriy o‘zgarishlar, inflyatsiya darajasi, iqtisodiyotga davlatning aralashuv darajasi, Markaziy bank va davlatning byudjet-soliq siyosati va h.k. omillarga bog‘liq.

2. Diskont (foiz stavkasi) siyosati.

  • Foiz stavkalari tarkibi asosida ob’ektiv tarzda pul bozori stavkasi yotadi. Ya’ni, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalari asosida Markaziy bankning qayta moliyalash kreditlari stavkalari, pul bozori vositalari, shuningdek, banklararo kredit va depozit bozori foiz stavkalari, turadi.
  • Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini asosiy elementlariga xazina veksellari stavkalari kiradi. Ba’zan bu mamlakatlarda rasmiy foiz stavkasidan past bo‘ladi. Chunki, xazina veksellariga kafolatlovchi sifatida hukumatning o‘zi turganligidir. Shuningdek, hukumatning o‘zi kafolat beruvchi sifatida turganligi uchun bu veksellar eng likvidli aktivlar toifasiga kiradi.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling