2. Revalvatsiya . - Revalvatsiya — milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrini oshirishdir. Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo‘llaniladi.
- Inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo‘lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to‘lov balansining aktiv bo‘lishi, hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida raqobatbardoshligining ortishi, revalvatsiyani keltirib chiqaradi. Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jahon amaliyotida kamroq qo‘llaniladi.
2. valyutaviy cheklashlar . - Valyutaviy cheklashlar deganda, chet el valyutasi hamda valyuta qimmatliklari bilan bo‘ladigan operatsiyalarga davlat tomonidan cheklashlarni joriy qilishga aytiladi.
- Hozirgi vaqtda, deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda valyutaviy cheklashlar mutlaqo olib tashlangan, ayrimlarida esa, uning zaif ko‘rinishini kuzatish mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada 1979 yildan buyon valyutaviy cheklashlar mutlaqo yo‘q.
- Valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan oltin va valyuta qimmatliklari chiqib ketishining oldini olishda, shu asosda, chet el valyutalariga bo‘lgan talabni tartibga solish maqsadida qo‘llaniladi.
3. valyuta kursi rejimlari. - Mamlakatlarda valyuta kursi rejimini tanlash, uning shartlariga amal qilish ham valyuta siyosatining bir ko‘rinishi hisoblanadi.
- Valyuta kursi rejimlarini tasniflash borasida iqtisodchi olimlar tomonidan hanuzgacha yagona to‘xtamga kelinmagan. Biroq valyuta kursining xilma xil rejimlari qat’iy belgilangan va suzuvchi rejim oralig‘idan joy olishi ta’kidlanadi.
- XVF tomonidan valyuta kursi rejimlari a’zo mamlakatlarning amaldagi valyuta tartibidan kelib chiqqan holda tasniflangan bo‘lib, uning 8 turi qayd etilgan.
3. valyuta kursi rejimlari. - 1. Aloxida qonuniy to‘lov vositasiga ega bo‘lmagan valyuta rejimlari (Exchange arrangements with no separate liegal tender).
- 2. Valyuta boshqarmasi rejimlari (Currency board arrangements).
- 3. An’anaviy qat’iy bog‘lab qo‘yish rejimlari (Conventional fixed peg arrangements).
- 4. Gorizontal chegaralar doirasida bog‘langan valyuta kurslari (Pegged exchange rates within horizontal bands).
- 5. O‘rmalovchi bog‘langan valyuta kurslari (Crawling pegs).
- 6. O‘rmalovchi chegarali valyuta kurslari (Exchange rates within crawling bands).
- 7. Avvaldan aniqlanadigan valyuta kursi yo‘lakchasiga ega bo‘lmagan boshqariladigan suzish rejimi (Managed floating with no predetermined path for the exchange rate).
- 8. Erkin suzish (Independently floating).
Do'stlaringiz bilan baham: |