Toshkent shahar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
Download 259 Kb.
|
interfaol darslarda didaktik oyinlardan foydalanish imkoniyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pochtachi o`yini” O`yinning borishi
- Harflarni qo’shish bilan yangi so`z hosil qiling”
- Sonning tarkibini toping”
- Javobi 4 chiqishi kerak”
O`yinning maqsadi: o`quvchilar tovushlarni to`g`ri talaffuz etishga va esda saqlab qolishga o`rgatish.
Qo`llanmalar: o`quvchilarga tanish bo`lgan turli predmetlarning rasmlari shu predmetlarning nomlari bilan boshlanadigan unli xarf na’munalari (kartochkalar) O`yinning borishi: O`yinda sinf o`quvchilarining bir guruhi qatnashadi. O`yin boshqaruvchi o`yinning o`tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darsda o`rganilgan o, a, l, n xarflar yozilgan kartochkalarni olib qoladi. Bir guruh o`quvchilarga oy, olma, olxo`ri, olcha, ot, ari, anor, ayiq, archa, lola kabi predmetlarni rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi. O`yin boshqaruvchi o xarfi va predmet rasmi tasvirlangan kartochkalarni olib qo`yadi. So`ng boshqa a xarfi yozilgan boshqa bir kartochkani stol ustiga qo`yadi. O`yin ishtirokchilari esa shunga mos rasmli kartochkalarni ko`rsatadilar. O`yin ana shu xolda davom etadi.Agar o`quvchi berilgan xarfni rasmli kartochkadan topa olmasa, u o`z rasmli kartochkasini ochib qo`yadi. O`yin ishtirokchilaridan kimda kim xarf bo`yicha rasm kartochkani topib ayta olsa, shu o`quvchi kartochkasini hammaga ko`rsatb, keyin uni to`ntarib qo`yadi. “Pochtachi o`yini” O`yinning borishi: O`quvchilardan biri pochtachi qilib tayinlanadi. Pochtachi sumkasida kartochkalar bo`ladi. Ular quyidagicha tuziladi: So`zlardagi unli xarflar yoki bo`g`in tushib qoldiriladi: …+ta, …+na, bo+…, sho+… . Tushirilgan xarflarni qo`yib so`z hosil qilish, ya’ni bo`g`inlarga xarflarni qo`shish: lim…n, tom…n, …lim. Ikki, uch so`zdan tuzilgan gaplar yozilgan kartochkalar. Bu gaplarda, biror so`z tushurib qoldiriladi. O`quvchilar nuqtalar o`rniga shu so`zlarni topib yozadilar: Lola mana… Nabi ana… Iqbol… ol Dono… o`ynadi “Quruvchilar” o`yini Bu o`yinda berilgan so`zlarni o`z o`rniga qo`yib, chiroyli va to`g`ri gap tuza olgan o`quvchi g`olib hisoblanadi. Masalan: otdi, tong, sakkiz, soat, ketdi, Ravshan kabi gaplardan to`g`ri gap tuzdiriladi. Kim chiroyli va to`g`ri gaplar ko`p tuzsa, u yaxshi quruvchi hisoblanadi. “Bu qanday so`z” o`yini So`z uch xarfdan iborat. Birinchi xarf alfavitda o`n 16-o`rinda, keyingisi 15-o`rinda va oxirgisi 1-chi o`rinda turadi. Bu so`zni topib daftarga yozish. O`yin shu tariqa davom etadi. “Estafeta” o`yini Bu o`yin 2-sinfda “Urg`u” mavzusi o`tilgandan keyin o`tkaziladi. Doskaga uchta qatorga alohida so`zlar beriladi. Har bir qatordan bittadan o`quvchi doskaga chiqadi. Ular so`zlarga urg`u qo`yadilar: I II III ro`znoma oynaijahon jarida do`kon oynoma daftar xona bog`cha sumka Kim urg`u belgisini doskadagi so`zlarga birinchi bo`lib, tez va to`g`ri qo`yib ulgursa, shu qator o`quvchilari o`yinda g`olib hisoblanadi. Estafeta g`oliblariga bayroqcha topshiriladi va sinfga osib qo`yiladi. Bu o`yinni tutuq belgisini o`tganda ham qo`llasa bo`ladi. Bunda so`zlarning tutuq belgisi tushib qoladi va o`quvchilar o`ylab shu so`zlarga belgilarni qo`yadilar: Ra…no a…lo san…at Tal…at ma…no e…tibor “Harflarni qo’shish bilan yangi so`z hosil qiling” Doskaga so’zlardan namuna yoziladi. O`quvchilar so`zlarni bironta harfini o`zgartirib boshqa nom yoki ism hosil qiladilar: Ra’no-ma’no Zafar-Zufar kiyik-kiyim ayiq-qayiq Kimni ismi doskaga yozilgan bo`lsa, o`sha o`quvchi joyidan turib, o`z ismini va familiyasini hammaga eshittirib to`liq aytadilar. Yuqorida berilgan o`yinlarning barchasi ona tili, o`qish darslariga oid. Shu fanlarda dars o`tishda shu o`yinlardan foydalanish mumkin. O`yin elementlaridan darslarda, sindan tashqari mashg`ulotlarda foydalanish mumkin. Matematika fanida quyidagicha o`yinlardan foydalanish mumkin. “Eng yaxshi hisobchi” O`quvchilar biri oldinga chiqib hisobchi bo`ladi. O`quvchilar “hisobchi”ga misollar beradilar. U misollarni og`zaki yechadi. Agar hisobchi bironta misolni yecha olmasa yoki noto`g`ri hisoblasa unung o`rniga bu misolni bergan bola turadi. O`quvchilardan qaysi biri hamma misolni yechsa shu o`quvchi “eng yaxshi hisobchi” bo`ladi. “Zinacha” o`yini O`qituvchi doskaga yoki kartonga zina ko`rinishida bir necha misol yozadi. Misollar pastdan yuqoriga qarab ishlanadi. 70-20 67+13 54+12 Doskaga ikki o’quvchi chiqadi. Zinani ikki chetidan turib, misollarni yechadilar. Kim zinaning cho`qqisiga birinchi chiqsa u g’olib hisoblanadi. “Xato qilma “ o`yini 16-3= 120-20= 56-44= 60-25= 300-150= 800-20= 900-100= 900-400= Singari misollar doskaga yozib qo`yiladi. Bu o`yinda hamma o`quvchilar qatnashadilar. O`quvchilar daftarlariga misollarni faqat javobini yozadilar. Kim xatosiz bajargan bo`lsa, o`sha o`quvchilar qatnashadilar va rag`batlantiriladi, 1,2,3-o`rinni olgan o`quvchilar g`olib deb topiladi. O`qituvchi ishlash yo`llarini ko`rsatadi. O`quvchilar ovoz chiqarmay daftarga ishlaydilar, so`ng qo`l ko`taradilar. “Misol ishlash” o`yini O`yin mazmuni: doskaga ushbu misollar yozib qo`yiladi: 24-6 16+14 32-21 7+8 5+4 44+6 6+6 8+9 7+9 O`quvchilar bular orasidan bir xonali sonlarni qo`shish jadvaliga tegishli misollarni topishlari, ularni o`qishlari va javobini aytishlari kerak. “Kim tezroq” o`yini O`yin mazmuni: doskaga uchta misol yozilgan bo`ladi 8 5 9
+ 9 + 7 + 9 7 6 6 Har qaysi qatordan bittadan o`quvchi chiqariladi, ular o`qituvchining ishorasi bilan yig`indilarni hisoblashga kirishadilar va ularni doskaga yozadilar. Qolgan o`quvchilar esa kuzatib turishadi. Birinchi bo`lib to`g`ri yozgan o`quvchi g`olib hisoblanadi. “Sonning tarkibini toping” O`yin mazmuni: magnit doskasida 9 raqami ko`rsatiladi va u qanday sonlardan tuzilganligi so`raladi. O`quvchilar magnit doskasida ko`rsatadilar. 8+1=9 6+3=9 7+2=9 5+4=9 Bu o`yin orqali o`quvchilar soninig tarkibini aniqlashadi. Albatta, birinchi bo`lib yechgan o`quvchi g`olib hisoblanadi. “Javobi 4 chiqishi kerak” To`rt bola to`rt xil amal bo`yicha misol yechyapti. Ular bir shartga rioya etishlari-ya’ni, shunday sonlarni topishlari kerakki, ularni 2 ga bo`lganda, ko`paytirganda, qo`shganda va 2 ni ayirganda javobi bir xil, albatta 4 chiqsin. X:3= X+2= X*2= X-2= Bundan tashqari turli matematik topshiriqlar, qiziqarli masalalardan ham foydalanilsa bo`ladi. Masalan: 1)Bola 10 dan 10 ni olib tashladi va yana 10 hosil bo`ldi, buni u qanday bajardi? (qo`lqoplarini yechdi) 2)Likopchada 4 ta konfet bor. Bu konfetlarni 4 ta o`quvchiga 1 tadan bo`lib bering va likopchada 1 ta konfet qolsin (1 o`quvchiga konfet likopchada beriladi) 3)Beshta ikkilik va amal ishoralari bilan berildi. 7;11;15 va bundan sonlarni hosil qiling. 2+2+2+(2:2)=7 (22:2)-2+2=11 (22:2)+2+2+2=15 Oppoq tovuq don cho`qir Suv ichadi olasi Qancha tovuq bo`ladi, Qo`shilganda olasi. Mening sakkizta oshnam Hammasi ham mendan kam Sen o`ngacha sanasang, Meni aytmay qo`ymaysan. (9) Download 259 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling