Тошкент темир йўл муҳандислари институти “Темир йўллар электр таъминоти” куч электроника фанидан виртуал лаборатория
Download 1.08 Mb.
|
Elektronika amaliy mashg\'ulotlar lotin
Ishni bajarish tartibi
Uch fazali bitta yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi (Larionov sxemasi)ni tadqiq qilish. 1. Ishchi stolidagi tasvirga bosib, elektron sxemani ishlatuvchi EWB 5.12 dasturi ishga tushuriladi. Tadqiq qilinuvchi sxema yuklanadi, buning uchun bosiladi va ochiladi oynada “3 f 1 pp ewb” sxema fayli tanlanadi. Ekranda uch fazali bitta yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi (22-rasm) paydo bo‘ladi va u virtual ulagich ni bosib ishchi holatga keltiriladi. 22-rasm 2. To‘g‘rilagich tekshiruvchi filtrsiz tadqiq qilinadi, buning uchun filtrning induktivligi Lf va sig‘imi Cf qiymatlari nolga teng deb olinadi. Voltmetr V1 va V2 larning ko‘rsatishi 10i-jadvalga yoziladi, “sichqoncha”ning chap tugmasi ikki marta bosib, ostsillograf ulanadi va to‘g‘rilangan kuchlanish ostsillogrammasini 10-jadvalning mos grafasiga chizib olinadi. Ossillograf o‘chiriladi. 3. To‘g‘rilangan kuchlanish filtr almashtirish orqali tahlil qilinadi. Buning uchun EWB 5.12 dastur yuqori qatorida ANALISIS tasviriga, so‘ng ochilgan oynaning FOUIER va SIMULATE tasvirlariga bosiladi. Paydo bo‘lgan grafikda to‘g‘rilangan kuchlanishning birligi garmonika amplitudasi U1m chastota 150 Hz bo‘lgan holda o‘lchab olinadi va uning qiymati 10i-jadvalga yoziladi. 10i-jadval 4. Sig‘imi tekislovchi filtrli to‘g‘rilagich filtr sig‘imining Cf=10 mkF va Cf=50 mkF (Lf=0) qiymatlarida tadqiq qilinadi. Tadqiq qilish tartibi 3 va 4 punktlarda o‘xshash to‘g‘rilangan kuchlanish barcha o‘lchangan kattaliklari va chizib olingan ossillogrammalar 10i-jadvalga kiritiladi. 5.Induktivlikli tekislovchi filtrli to‘g‘rilagich filtr induktivligi Lf=1 Gn va Lf=10 Gn (Cf=0) qiymatlarida tadqiq qilinadi tadqiq qilish tartibi 3 va 4 punktlariga o‘xshash, to‘grilangan kuchlanish barcha o‘lchangan kattaliklari va chizib olingan ostsillogrammalar 10i-jalvalga kiritiladi. 6.Induktiv - sig‘imli tekislovchi filtrli to‘g‘rilagich filtriga Lf =1Gn va Cf =50 mkF bo‘lganda tadqiq qilinadi. Tadqiq qilish tartibi 3 va 4 punklarga o‘xshash, to‘g‘rilangan kuchlanish barcha o‘lchangan kattaliklari va chizib olingan ossillogrammalarni 10i-jadvalga kiritiladi. 7.Sig‘imli va induktivli filtrlardagi iborat sxemalarning biriga yuklama qarshiligi Ryukl ni 1 kOm dan 50Om ga kamaytiramiz va sig‘imli filtr qo‘llanilganda to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasi ortishi, induktivli filtr qo‘llanilganda kamaytirishga ishonch hosil qilinadi, yuklama qarshiligini daslabki (1 kOm) qiymatiga qaytaramiz. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling