Тошкент темир йўл муҳандислари институти “Темир йўллар электр таъминоти” куч электроника фанидан виртуал лаборатория


Download 1.08 Mb.
bet11/14
Sana08.05.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1442732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Elektronika amaliy mashg\'ulotlar lotin

Natijalarni qayta ishlash
1. Har bir o‘tkazilgan tajriba uchun to‘g‘rilangan kuchlanishning vaqt diagrammalari chizilsin.
2. Har bir o‘tkazilgan tajriba uchun to‘g‘rilash koeffitsiyenti, pulsatsiya va tekislash koeffitsiyenti qiymatlari hisoblanadi. Filtrlarsiz to‘g‘rilagichlar uchun pulsatsiya koeffitsiyentlari Fure tahlili natijalari bo‘yicha hisoblanadi va ular nazariy qiymatlar bilan taqqoslanadi.
3. To‘g‘rilangan kuchlanish qiymati va sifatiga to‘g‘rilagich sxemalari, yuklama qiymatlari, filtr sxemalari va uning komponentlari parametrlari ta’siri haqida xulosa qiling.
Uch fazali yarimo‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarni tadqiq qilish
Ishning maqsadi:
1. Uch fazali yarim o‘kazgichli to‘g‘rilagichlarning sxemalari va ishlash asoslari bilan tanishish.
2. To‘g‘rilagichning asosiy parametrlari – to‘g‘rilash koeffitsiyenti Kto‘g‘ va pulsatsiya koeffitsiyenti Kp larni aniqlash.
3. Passiv tekislovchi filtrning sig‘im (C)li, induktivli (L) va induktiv-sig‘imli (LC) turlari ishlash asoslari bilan tanishish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Uch fazali tarmoqdan ta’minlanuvchi to‘g‘rilagichlar uch fazali to‘g‘rilagichlar deyiladi. Ular asosan doimiy tok sanoat iste’molchilari – payvandlash apparatlari, elektrolizda, galvanik vannalarda, o‘zgarmas tok motorlarida, boshqaruv va avtomatlashtirish zanjirlarini ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
To‘g‘rilagichlarning asosiy parametrlari:

  • Ud , Idto‘g‘rilangan kuchlanish va tokning o‘rtacha qiymati;

  • foydali ish koeffitsiyenti, bunda Rkir, Rchiq –mos holda to‘g‘rilagichning kirishi va chiqishida iste’mol qilinuvchi aktiv quvvatlar;

  • – to‘g‘rilangan kuchlanishning pulsatsiya koeffitsiyenti, bunda, U1m – to‘g‘rilangan kuchlanishning birinchi garmonika amplitudasi.

Ko‘p fazali to‘g‘rilagich chiqishida filtr bo‘lmagan holda pulsatsiya koeffitsiyenti quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

bunda, m – to‘g‘rilagich fazalari soni;

  • – to‘g‘rilash koeffitsiyenti,

bunda, U1–ta’minlovchi o‘zgaruvchan kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati.
Uch fazali bitta yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi 20,a-rasmda ko‘rsatilgan.

a) b) d)
20-rasm
Ta’minlovchi kuchlanish (20,b-rasm) va to‘g‘rilangan tok (20,d-rasm) vaqt diagrammalaridan ko‘rinib turibdiki, V1, V2, V3 ventillar orqali o‘tuvchi iA, iB, iC toklar faqat davrning shunday uchdan bir qismi (ωt=2π/3) da o‘tadiki, bunda mazkur faza kuchlanishi boshqa ikki fazali kuchlanishlardan katta bo‘ladi.
Ventildan chiquvchi tok Ud=iA =iB =iC bo‘lganligi uchun, ushbu sxemada ventil orqali tokning o‘rtacha qiymati Io‘rt=Id/3pulsatsiya koeffitsiyenti ; To‘g‘rilash koeffitsiyenti Kto‘g‘=1,17 ventilga qo‘yilgan teskari kuchlanishi.
21-rasmda uch fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi ko‘rsatilgan, ta’minlovchi kuchlanish va to‘g‘rilangan kuchlanish (tok) ning vaqt diagrammalari mos holda (21,b,d-rasmlarda) ko‘rsatilgan.

a) b) d)
21-rasm
Sxemadagi barcha ventillar juft holatda ishlaydi, ular orqali o‘tuvchi toklar tartibi 21,d-rasmda ko‘rsatilgan. Vaqtning ixtiyoriy onida tok ventil jufti orqali o‘tadi. Ta’minlovchi kuchlanishning bitta to‘liq davrida yuklama orqali Id =iab=ibc=ica=iba=icb=iac tok oqib o‘tadi va har bir ventil orqali o‘tuvchi o‘rtacha tok Io‘rt =Id ifodadan aniqlanadi. To‘g‘rilagichning pulsatsiya koeffitsiyenti Kp=0,057 to‘g‘rilash koeffitsiyenti Kv=1,35 berk ventilga qo‘yilgan teskari kuchlanishning maksimal qiymati Utes= Ud* /Kto‘g‘=1,045 Ud pulsatsiya past bo‘lgani uchun bunday sxemali to‘g‘rilagichlar maxsus tekislovchi filtrlarsiz o‘rtacha va katta quvvatdagi qurilmalarni ta’minlash uchun qo‘llaniladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling