Тошкент темир йўл муҳандислари институти “Темир йўллар электр таъминоти” куч электроника фанидан виртуал лаборатория


Download 1.08 Mb.
bet10/14
Sana08.05.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1442732
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Elektronika amaliy mashg\'ulotlar lotin

Ko‘p zvenoli LC – filtrlar kaskadi ulangan filtrlovchi induktiv g‘altaklar va kondensatorlardan iborat zanjir. Eng ko‘p tarqalgan sxema turlari Г-simon (17,a-rasm), П-simon (17,b-rasm) va elementlari uchtadan ko‘p bo‘lgan ko‘p zvenoli (17,d-rasm).

a) b) d)
17-rasm
Zvenolari soni n bo‘lgan filtrning tekislash koeffitsiyenti quyidagi ifodadan aniqlanadi:
C=C1*C2*….*Cn
bunda, C1, C2, ….Cn birinchi, ikkinchi va hokazo n- filtrning tekislash koeffitsiyenti.
Ishni bajarish tartibi
1. EWB 5.12 elektron sxemalarni tasvirlash dasturi ishga tushiriladi. Buning uchun ishchi stoldagi tasvirga bosiladi. Tadqiq qilinuvchi sxema yuklanadi, buning uchun bosiladi, ochilgan oynada “1f1pp. ewb” fayli tanlanadi va ochiladi. Ekranda bir fazali bitta yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi paydo bo‘ladi (18-rasm). Bu sxema ekranning o‘ng yuqori burchagida turgan ulagichni bosib ulangan holga keltiriladi.

18-rasm

2. To‘g‘rilagich tekislovchi filtrlarsiz tadqiq qilinadi, buning uchun filtr induktivligi Lf va sig‘im Cf qiymatlarini nolga teng qilib olamiz. Voltmetrlar V1 (kiruvchi o‘zgaruvchan kuchlanishning ta’sir etuvchi qiymati) va V2 ( to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati) ko‘rsatishlari 8i-jadvalga yoziladi. “Sichqoncha”ning chap tugmasini ikki marta bosib ostsillograf ulanadi va 8-jadvalning mos grafasiga to‘g‘rilangan kuchlanish ostsillogrammasi chizib olinadi. Ostsillograf o‘chiriladi.


3. To‘g‘rilangan kuchlanish Fure almashtirish yordamida tahlil qilinadi. Buning uchun EWB 5.12 dasturining yuqori satridagi ANALISIS tasviriga, ochilgan oynada FOURIER va SIMULATE tasvirlariga bosiladi. Paydo bo‘lgan grafikda to‘g‘rilangan kuchlanishning birinchi garmonika amplitudasini U1m chastota 50 Hz bo‘lganda o‘lchanadi va uning qiymati 8i-jadvalga yoziladi.

8i-jadval



4. To‘g‘irlagichni sig‘imli tekislovchi filtr bilan filtr sig‘imining ikki qiymati Cf=10 mkF va Cf=50 mkF (Lf =0) bo‘lganda tadqiq qilinadi. Tadqiq qilish tartibi 2 va 3 punktlarga o‘xshash bo‘ladi. Barcha o‘lchangan kattaliklar va to‘g‘rilangan kuchlanishlarning chizilgan ostsillogrammalari 8i-jadvalga kiritiladi.
5. To‘g‘rilagichni induktiv tekislovchi filtrning induktivligi Lf=1 Gn va Lf=10 Gn (Sf=0) bo‘lganda tadqiq qilinadi. Tadqiq qilish tartibi 3 va 4 punktlarga o‘xshash bo‘ladi. Barcha o‘lchangan kattaliklar va to‘g‘rilangan kuchlanishlarning chizilgan ossillogrammalari 8i-jadvalga kiritiladi.
6. To‘g‘rilagichni induktiv-sig‘im tekislovchi filtrning Lf=1 Gn Cf=50 mkF bo‘lganda tadqiq qilinadi. Tadqiq qilish tartibi 3 va 4 punktlarga o‘xshash bo‘ladi. Barcha o‘lchangan kattaliklar va to‘g‘rilangan kuchlanishlarning chizilgan ostsillogrammalari 8i-jadvalga kiritiladi.
7. Sig‘im va induktivli filtrning sxemalardan biri uchun yuklama qarshiligi Ryukl 1 kOm dan 50 Om gacha kamaytiriladi. Bunda sig‘imli filtr qo‘llanilganda to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyasi ortishi va induktivli filtrda kamayishiga alohida e’tibor berish kerak. Yuklama qiymatining dastlabki qiymatiga (1 kOm) o‘rnatiladi.
8. Bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi yuklanadi. Buning uchun bosiladi, ochilgan oynada “1f2pp (most). ewb” sxema fayli tanlanadi va ochiladi. Ekranda bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi (19-rasm) paydo bo‘ladi. Bu sxema ekranning o‘ng yuqori burchagidagi ulagich bosish bilan ulanadi.

19-rasm

9. Bir fazali ikki yarim davrli to‘g‘rilagich 3, 7-punktlarda ko‘rsatilgandek tadqiq qilinadi. O‘lchashlar natijalari va to‘g‘rilangan kuchlanishlar ostsillogrammalari 9i-jadvalga kiritiladi. Sig‘im va induktivli filtrlarning biror bir sxemasi uchun yuklama qarshiligi Rn 1 kOm dan 50 Om gacha kamaytiriladi va sig‘imli filtr qo‘llanilganda to‘g‘rilangan kuchlanish pulsatsiyalari ortishi, induktivli filtr qo‘llanilganda kamayishiga ishonch hosil qilinadi. Yuklama qarshiligining dastlabki qiymati (1kOm) ga o‘rnatiladi. Bu to‘g‘rilagich uchun tahlil asosiy garmonika chastotasi 100 Hz bo‘lganda amalga oshiriladi.


9i-jadval




Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling