Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filiali


Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha. Kompensatsiya


Download 0.87 Mb.
bet69/114
Sana18.02.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1211485
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114
Bog'liq
kasbiy ta\'lim metodikasi fanidan majmua

Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.


Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) - oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish yoki qayta qurish.


Korreksiya(yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to’liq tuzatish.


Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha «defectus» – nuqson, kamchilik, «logos» – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan.


Korreksion-pedagogik faoliyat - yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.


Korreksion-tarbiyaviy ishlar - shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimi.


Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.


Ko’rgazmali metodlar - predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko’rsatishda qo’llaniluvchi usullar.


Litsey (kollejda) ma’ruza – o’quv materialini o’quvchilarning idrok etish faoliyatlarini faollashtirish uslublari bilan birgalikda davomli og’zaki bayon etish (80-90 minut), berilayotgan materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis yoki loyiha ko’rinishida yozib olish) va boshqalar.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling