Тошкент тў£имачилик ва енгил саноат институти


Download 279.68 Kb.
bet13/19
Sana09.04.2023
Hajmi279.68 Kb.
#1344755
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
4-МАВЗУ.МАЪРУЗА

Konstitutsiya sabog’i O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Birinchidan, shuni ta’kidlash joizki, ushbu hujjatda huquqiy va siyosiy tafakkurning eng yuksak yutuqlarini, hozirgi zamon konstitutsiyaviylik ilmini mujassam etgani, o‘zbek xalqi madaniyati va milliy an’analarining chuqur ildizlariga suyanilganligi ham Konstitutsiyaning o‘ziga xos muhim xususiyatidir.
Ikkinchidan, ushbu hujjat, O‘zbekiston Respublikasidagi avvalgi ijtimoiy-iqtisodiy, davlat siyosiy tizimini amalda boshqa tizimga aylanganini, tubdan yangilanish ro‘y berganini konstitutsiyaviy rasmiylashtirish lozim edi.Masalan “sotsialistik” o‘tmishdan, ayni vaqtda sovet namunasidagi tizimdan ham voz kechgan holda ijtimoiy ong “davlatlashib ketgan umumxalq mulkchiligini” ijtimoiy taraqqiyotiga to‘g‘anoq sifatida inkor etib, xususiy mulkni, iqtisodiy erkinlik va yakka tartibdagi tadbirkorlarni tan oldi.Yangi Konstitutsiya mohiyatining o‘ziga xos tomoni ana shu omillar bilan belgilanadi.Demak, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mazmunan yangi, prinsipal siyosiy hujjatdir.Unda ijtimoiy-siyosiy xususiyati, uni rivojlantirishning asosiy g’oyalari, rcspublika ichki va tashqi siyosatining eng muhim yo‘nalishlari belgilab berildi.Konstitutsiya jahonning siyosiy xaritasida yangi suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lganligini qonuniy tasdiqlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yuridik hujjat.Uning qoidalari hamisha hukmronlik, birinchilik, ta’sis kuchiga egadir.Boshqa qonunlarning hammasi u yoki bu tarzda Konstitutsiyaviy me’yorlar asosida yaratiladi, uni rivojlantiradi va ro‘yobga chiqaradi.Uning asosida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qudratli axloqiy kuchga egadir.Unda avvalo insonparvarlik, adolat g’oyalari mustahkamlab berilgan.Konstitutsiyaning “insonga qaratilganligi” xususiyatini alohida ajralib ko‘rsatish lozim.Konstitutsiya maqsadining cho‘qqisida inson, fuqaro, uning huquqlari va qonuniy manfaatlari turadi.“Endilikda inson, uning hayoti, erki, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquq hamda erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi”,— deb ta’kidladi Respublika Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Konstitutsiyanning bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisda.
Konstitutsiyaga asos qilib olingan prinsiplar o‘z mohiyatiga ko‘ra huquqiy davlatning eng asosiy talablarini aks ettiradi.To‘g‘ri, bunday prinsiplarning ayrimlari — “suverenitet”, “xalq hokimiyati”, “ijtimoiy adolat”, “qonuniylik” avvalgi sovet konstitutsiyalarida ham uchraydi.Biroq, yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida bu prinsiplar tub, asl ma’no kasb etgan.
Davlat suvereniteti prinsipi — respublikada davlat hokimiyatini tashkil etishning muhim prinsipidir.Hokimiyat suverenitetining mazmuni shundaki, bunda hokimiyat bir tomondan mamlakat ichida ustunlik va mustaqillikka ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan tashqi siyosat, boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatda o‘zi erkin, mustaqil ish ko‘radi.
Davlat suverenitetining ichki jihatlari mazmuni Konstitutsiyaning I-bobida juda aniq ochib berilgan.Chunonchi, “O‘zbekiston suveren demokratik respublika” ekanligi bayon etilgan, demakki, qonun bilan mustahkamlab berilgan.Davlat o‘z hududi va milliy boyliklariga nisbatan eng oliy huquqqa egadir.“O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir”, (3-modda).O‘zbekiston Respublikasi mustaqil ravishda o‘zini ng milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyatni va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi, respublika Konstitutsiyasi o‘z hududida ustunlikka ega bo‘lgan qonunlar qabul qiladi.
Davlat suverenitetining beistisno barcha ijtimoiy hokimiyat vakolatlari faqat konstitutsiyaga binoan tuzilib, amalda bo‘lgan davlat institutlaridagiga to‘la va so‘zsiz jamlanishini taqozo qiladi.Ana shu nuqtayi nazardan 10 modda mantiqan juda katta ahamiyatga ega.“O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Parlamenti ish olib borishi mumkin”.O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida berilgan vakolat idoralarda amalga oshirishi ham nazarda tutilgan.Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyatini to‘xtatih qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi tizimlarini yaratish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi” (7-modda).
Xalqaro doirada O‘zbekiston Respublikasining uslunligi va mustahkamligi uning davlatlararo muloqotlarning to‘laqonli va teng huquqli subyekti sifatidagi maqomiga asoslanadi.Konstitutsiyada O‘zbekiston davlatining alomatlari qayd etilgan bo‘lib, ular davlatimiz xalqaro munosabatlarining teng huquqli subyekti ekanligini ta’minlaydi.
Ushbu Konstitutsiyada xalq azaldan orzu qilgan, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasi mukammal tarzda o‘rin olgan.Shu bois yangi Konstitutsiya xalq hokimiyati prinsipiga asoslanadi va uni mustahkamlaydi.Xalq hokimiyati degan ibora butun hokimiyat amalda va yuridik jihatdan xalqniki ekanligini anglatadi.Xalq hokimiyati o‘z vazifalarini ham bevosita, ham o‘zi saylagan davlat organlari orqali amalga oshiradi.Konstitutsiyaning 7 moddasiga muvofiq xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir”.U xalq manfaallarini ko‘zlab amalga oshiriladi.
Asosiy Qonunda xalq hokimiyatining real omillari ko‘rsatib berilgan.Xalq saylov yo‘li bilan vakillik hokimiyati organlarini tuzadi, mamlakat Prezidentini saylaydi, umumxalq muhokamasi va referendumi orqali jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda, qarorlar (qonunlar) qabul qilinishida ishtirok etadi (9-modda).Shu tarzda xalqning suveren xohish-irodasi, uning o‘z davlat hokimiyatini ro‘yobga chiqarish usullari konstitutsiyaviy yo‘l bilan mustahkamlanadi.Yana shuni ham alohida ta’kidlash joizki demokratizm — yangi Konstitutsiyaning asosiy prinsipi hisoblanadi.Chunki, xalqning turmush tajribasiga, respublika aholisining milliy va madaniy an’analariga, barcha ijtimoiy guruhlar va qatlamlarning manfaatlariga mos keladigan haqiqiy demokratiya prinsiplarini qaror toptirish yangi demokratik, adolatli jamiyat qurishda o‘ta muhim siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan vazifadir.
Shu hois ham Konstitutsiyaning muqaddimasida xalqning demokratiya g‘oyalariga, inson huquqlari va ijtimoiy adolatga sadoqatli ekanligi rasman e’lon qilingan. “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”, — deb bayon etilgan.13-moddada “Konstitutsiyada davlat xalqning irodasini ifoda etishi, uning manfaatlari yo‘lida xizmat qilishi ta’kidlangan.Umumxalq muhokamasi va umumxalq ovoz berishi (referenduni) tartibotlari demokratik vositalar hisoblanadi.Xalq qonun chiqaruvchi organni shakllantirishda va respublika Prezidenti saylovida bevosita qatnashadi”.
Shuningdek, Yangi Konstilutsiyada O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlarining tuzilishi, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi ham asoslab berilgan. Ya’ni Qonunda qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyatining o‘zaro hamjihatligi va mustaqil ravishda amal qilishining o‘ta maqbul mexanizmlari niustahkamlab berilgan.Hokimiyatning uchta tarmog’i o‘rtasida muvozanat saqlashning oqilona tizimi yaratilgan.Chunonchi, qonun chiqaruvchi hokimiyat Oliy Majlis tomonidan, ijroiya hokimiyati esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning rahbarligi ostida Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.Sud hokimiyati — Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan amalga oshirilib, ular birgalikda respublikaning yagona tizimini tashkil etadi.Oliy Majlis tarkibida uning normal faoliyatini tartibga soladigan, hal etib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, yoxud u bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilsa.Prezident Konstitutsiyaviy sud bilan kelishgan holda qabul qilgan o‘z qarori bilan Oliy Majlisni tarqatib yuborishi niumkin (95-modda).Konstitutsion sud respublika qonunlari va Prezidentning Farmonlari Konstitutsiyaga qanchalik mos kelishini aniqlaydi.Uning Konstitutsiyada o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari uzil-kesil hisoblanadi va bu qarorlarning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Konstitutsiyada kuchli va layoqatli ijroiya hokimiyati rivojlantirilgan.Bir tizimdan boshqa tizimga o‘tish davrida kuchli ijroiya hokimiyati zarurdir.Uni mustahkamlash qonun chiqaruvchi hokimiyat mavqeini pasaytirish hisobiga yuz berishi kerak emas. Prezidentga avval berilgan vakolatlarni aniqlash va to‘ldirish ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rtasidagi muvozanatga rioya qilingan.
Chunonchi, Konstitutsiyaning 89-moddasiga niuvofiq Prezident O‘zbekiston Respublikasida davlat boshlig’i va ijro hokimiyatining boshlig‘idir.U ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining ham Raisi hisoblanadi.Prezident vakolatlari to‘g‘risidagi modda uning huquqlarini sanab o‘tishda emas, balki uning zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklashdan boshlanadi.Xususan, Prezident fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir.O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va huquqiy yaxlitligini muhofaza etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi (93-moddaning 1 ; 2- qismlari).
Prezident mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda respublika nomidan ish ko‘radi, muzokaralar olib boradi.Respublikaning shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.Prezident davlat boshlig‘i sifatida hokimiyat va davlat boshqaruvi oliy organlarining hamjihatligini ta’minlaydi.U ijroiya hokimiyati devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi, vazirliklarni, davlat qo‘mitalarini hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni Oliy Majlis tasdig’iga kiritadi.Bosh Vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlarini, Vazirlar Mahkamasi a’zolarini lavozimiga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oliy Majlis tasdig’iga kiritadi (93 moddaning 8, 9 bandlari).
Prokurorlik nazorati ijroiya hokimiyati strukturasiga kiritildi.Shu vaqtga qadar prokurorlik nazorati go‘oki “To‘rtinchi hokimiyat” bo‘lib kelar edi.Endi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari Prezident Farmoni bilan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, bu masala Oliy Majlis tasdig’iga kiritiladi.O‘zbekiston Respubliknsining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar respublika hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar (118-modda).
Prezidentning viloyat, tuman, shahar va xo‘jalik sudlari sudyalarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etishga doir vakolatlarini o‘ziga xos rag‘batlantiruvchi omil, deb qarash mumkin.Bu esa ularga odil sudlovni, hukm chiqarish va hal qiluvchi qarorlar qabul qilishni davlat nomidan amalga oshirish imkonini beradi.Eng muhimi shundaki, sudyalar ishini ko‘rishdagi mustaqilligi va erkinligi Prezident nufuzi bilan mustahkamlanadi.Shu bilan birga tasdiqlash kerakki, na Prezident, na davlat boshqaruvining boshqa organlari sudlarning harakatdagi faoliyatlariga aralashmaydi. “O‘zbekistonning sud hokimiyati, — deyiladi 106-moddada. - qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi”.
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi.Basharti, mamlakatga hujum qilingan taqdirda urush holati e’lon qilib, bu qarorini uch kecha-kunduz ichida Oliy Majlis tasdig‘iga kiritadi.
O‘zbekiston Respublikasi faol tashqi siyosat o‘tkazish tarafdori ekanligini bayon etilishi Konstitutsiyaning butunlay yangi prinsiplaridan biridir.Bunda Respublikaning o‘z milliy davlat manfaatlarining ustuvor ekanligini belgilovchi omildir.O‘zbekiston tashqi siyosat sohasida xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyekti sifatida Konstitutsiyada belgilab berilgan davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalariga va normalariga asoslanadi (17 modda).
Konstitutsiyaning maxsus bobi (XXI-bob) joylardagi davlat hokimiyati organlariga bag‘ishlangan.Bu bobda o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplarini mustahkamlash bilan bir qatorda mahalliy hokimiyatning boshlig’i bo‘lgan hokim tarliboti joriy etiladi. Tegishli huquqlardagi mahalliy vakillik hokimiyati — xalq Kengashlariga, shuningdek, ijroiya hokimiyatiga viloyat, tuman, shahar hokimlari boshchilik qiladilar.
Viloyat hokimlari va Toshkent shahrining hokimi Prezident tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Tuman, shahar va shaharlardagi tumanlar hokimlari tegishli yuqori turuvchi hokimlar tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi (102-modda).
Hokim o‘z vakolatlarini yakka boshchilik asosida amalga oshiradi va o‘zi rahbarlik qilayotgan idoralarning qarorlari va faoliyaii uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda mahalliy hokimiyat o‘z-o‘zini boshqarish jamoat organlari shaklida amalga oshiriladi.Fuqarolarning yig‘inlari bunday o‘zini o‘zi boshqarishning organlari hisoblanadi.Fuqarolar ikki yarim yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylaydilar.O‘zini-o‘zi boshqarishning bunday shakli shahardagi mahallalar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ham amalga oshiriladi (105-modda).
Bizning Konstitutsiyamizda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasidagi sud hokimiyatiga doir maxsus bob paydo bo‘ldi.Qonuniy va huquqiy tartibotni ta’minlash manfaatlariga asoslanib, Konstitutsiyada prokuratura idoralarining maqomi va tashkiliy asoslariga alohida e’tibor berilgan.Prokuraturaning yagona markazlashgan tizimi respublika Bosh prokurori tomonidan boshqariladi (119-120 moddalar).
O‘zbekiston Respublikasining moliya va kreditlari, mudofaa va xavfsizligi to‘g‘risidagi qoidalarning birinchi marta aks ettirilganligi Konstitutsiyada bizga tamoyilga aylanmagan butunlay yangi hodisadir.

Download 279.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling