Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti
Jinoiy javobgarlikning faktik asosi
Download 58.42 Kb.
|
kers ishi1
Jinoiy javobgarlikning faktik asosi shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishdir. Qilmishning jinoyat deb tan olinishi uchun unda qonunda ko’zda tutilgan jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo’lishi kerak.
Jinoiiy javobgarlikning normativ asosi Jinoyat kodeksida ko’zda tutilgan jinoyat tarkibidir. Faktik va normativ asoslar jinoiy javobgarlikning umumiy asosini tashkil qiladi. Sodir etilgan qilmish bilan qonunda ko’rsatilgan belgilar o’rtasida to’la muvofiqlik mavjud bo’lsa, qilmishga baho berish davlatning vakolatli idoralariga aybdorni jinoiy javobgarlikka tortish bo’yicha o’z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan quyidagicha xulosa qilish mumkin: Jinoiy javobgarlikning yagona va yetarli asos sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining barcha belgilarining mavjud bo’lishidir. Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibi tushunchasi berilmagan bo’lsa-da, jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibiga ta’rif berilgan. Jinoyat tarkibi deganda, Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat sifatida tavsiflaydigan obyektiv va subyektiv elementlarning yig’indisi tushuniladi. Jinoyat kodeksi Maxsus qism normalarining dispozitsiyasida qaysi qilmish jinoyat ekanligi ko’rsatilgan va ularga ta’rif berilgan. Jinoyatning obyektiv belgilari yordamida Jinoyat kodeksi bilan qo’riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar (jinoyatning obyekti), qilmishning o’zi hamda oqibatlari va ular o’rtasidagi sababiy bog’lanish (jinoyatning obyektiv tomoni); jinoyatning subyektiv belgilari orqali ayb, jinoyatning motivi va maqsadi(subyektiv tomon) va jinoyat sodir etgan shaxsga qo’yiladigan talablar anglanadi. Faqat sodir etilgan qilmishdagina jinoyat tarkibi bo’lishi mumkin. Bu orqali Jinoyat kodeksida shaxsni jinoyat sodir etish haqidagi fikr, o’y, xayol uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi kafolatlanadi. Jinoyat tarkibi mavjud bo’lgan qilmish ijtimoiy xavfli, ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilgan yoki ular shunday zararni yetkazishning real xavfini keltirib chiqargan bo’lishi lozim. Jinoiy javobgarlik asoslari belgilangan Jinoyat kodeksinig 16-moddasida qilmishning ijtimoiy xavfli bo’lishi ko’rsatilmagan. Lekin Jinoyat kodeksining boshqa moddalari mazmunidan bunday xulosaga kelish mumkin, ularda shaxs, davlat yoki jamiyat uchun xavfli bo’lgan qimishlar jinoyat deb hisoblanishi belgilangan. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi obyektiv mezon hisoblanadi. Qonun chiqaruvchining vazifasi qilmishni ijtimoiy xavfli deb baholab, unga qarshi kurashishidan iboratdir. Agar qilmishda jinoyat tarkibining barcha belgilari bo’lib, lekin u ijtimoiy xavfli bo’lmasa, u jinoyat deb topiilmaydi. Jinoiy javobgarlikka tortish asosini aniqlash uchun sodir etilgan qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qism normasi bilan tahlil qilish lozim. Agar sodir etilgan qilmishning tarkibiy elementlari Maxsus qism moddasi dispozitsiyasida ko’rsatilgan jinoyat tarkibiga muvofiq bo’lsa, sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi mavjud bo’lib, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi. Agar sodir etilgan qilmishda jinoyatning biror belgisi bo’lmasa yoki u ijtimoiy xavfli bo’lmasa, jinoyat deb baholanmaydi. Masalan, o’zini-o’zi o’ldirish yoki o’zini-o’zi o’ldirishga suiqasd qilish. Bu qilmish ijtimoiy xavfli bo’lsa-da, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Bunda jinoyat qonunini analogiya bo’yicha qo’llashga yo’l qo’yilmaydi. Jinoyat huquqiga taalluqli bo’lgan jinoyat tarkibi elementlaridan adabiyotlarda jinoiy javobgarlikka tortish uchun sodir etilgan qilmishning mavjud bo’lishi yagona asos bo’ladi.[5] Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos shaxs tomonidan jinoyat tarkibi mavjud bo’lgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi. Biroq uni aniq bir shaxsga nisbatan tadbiq etish uchun yuridik hujjat – sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjud bo’lishi lozim. Sudning hukmi jinoiy javobgarlikni qo’llashning asosi hisoblanadi. Jinoyat kodeksi 5-moddasida fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi belgilangan bo’lib, unga ko’ra: “Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo’lib, qonun oldida tengligi belgilangan”. Bu asos hech qanday shaxs holatni yaxshilovchi yoki yengillashtiruvchi holat bo’lib hisoblanmaydi degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Jinoyat kodeksining 8-moddasida:“Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas”,-deyilgan. Bitta qilmish uchun ikki marta jinoiy javobgarlikka tortmaslik faqat jinoiy javobgarlikka xos xususiyatdir. Ammo bitta jinoyat uchun jinoiy javobgarlik bilan bir qatorda boshqa javobgarlik choralari ham qo’llanishi mumkin. Masalan, jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplash(fuqaroviy javobgarlik), ishdan bo’shatish (intizomiy javobgarlik). Xulosa. O‘zbekiston mustaqillikka erishib, dunyo xaritasidan o‘rin egalladi. Bu davr ichida O‘zbekistonda huquqiy davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. O‘zbekistonda mustaqillikni mustahkamlash, davlat va jamiyatni demokratlashtirish hamda erkinlashtirish borasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarni dunyodagi eng rivojlangan davlatlar ham eʼtirof etmoqda. Mustaqillik yoshlarning huquqiy savdxonligi va huquqiy tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratib, ularga qonun doirasida ish tutishga o‘rgatmoqda. Jinoyat huquqi fani esa bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etadi. «Jinoyat huquqi” fanining asosiy vazifasi: jinoyat huquqi fanining prinsiplari, kategoriyalari va qoidalari to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini talabalarga o‘rgatishdan iboratdir. Respublikamiz oldida turgan g‘oyat muhim vazifalardan biri jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdir. Bu muommani hal etish davlat va fuqarolar tomonidan doimo kuch g‘ayrat sarflashni, ijtimoiy-iqtisodiy, tarbiyaviy va huquqiy tadbirlarni og‘ishmay amalga oshirishni taqozo etadi. Qaysi qilmishlar jinoyat hisoblanadi, mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga qanday jazo berilishi lozimligini belgilab beradigan huquqiy meʼyorlar katta ahamiyatga ega. Chunki inson huquqlari va manfaatlarini kafolatlash va taʼminlash har qanday davlatning birinchi darajali vazifasidir. Respublikamiz Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko‘ra, hech kim sud hukmisiz va qonunga nomuvofiq holda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilishi hamda jinoiy jazoga tortilishi mumkin emas. Sud-huquq tizimida malakali kadr bo‘lib yetishish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay bilish, mamlakatimizdagi keng qamrovli sud-huquq tizimida yangi islohatlarni o‘tkazishda,davlatimizning ichki va tashqi siyosatida muhim o‘rin egallaydigan kadrlar bo‘lib yetish uchun ham jinoyat huquqi fanini o‘zlashtirsh muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yanada rivojlantirish va ularni yanada takomillashtirish asoslarining tub zaminiga to‘xtalib Prizidentimiz jamiyatimizni demaklashtirish, shuningdek mamlakatimizda kelgusi davrda modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha oldimizga asosiy vazifa qo‘yildi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va O‘zbekiston Respublikasining «Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq yuksak malakali, bilimli, yetuk kadrlarni tayyorlashning asosiy bo‘g‘ini oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi. Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining tarkibiy qismi bo‘lgan jinoiy jazolarning liberallashtirilayotganligi jinoyat huquqi fani va jinoyat qonunlarining yanada chuqurroq o‘rganilishini taqozo etadi. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti — bu qonunlarning so‘zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so‘zsiz bajarilishi bo‘lajak huquqshunoslarimizning o‘z vazifasiga munosabati va zimmasidagi masʼuliyatni his qilishiga bog‘liqdir, Ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organ-larning bo‘lajak xodimlari, huquqshunoslarga jinoyat tarkibiy elementlari, jinoyatlar tasnifi, javobgarlik asoslari, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, turlari, jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlanganlik, voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari kabi bilimlarni bilish o‘ta zarur.Shu sababli kurs ishi mavzusiga jiddiy yondashish biz talabalrning burchi,zero biz jamiyatga foyda olib keladigan kadrlar bo‘lib yetishishimiz zarur. Download 58.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling