Toshkent–2022 “Sugʼurta ishi” fanidan


Download 16.9 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi16.9 Kb.
#1501283
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BXA 59-2 Toshpulatov shomurod sug\'urta slayd

Majburiy sug‘urta - sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. SHuningdek, majburiy davlat sug‘urta turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasiga tortiladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq atamalar
Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi barcha ob’ektlarni sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis asosida sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni jo‘natish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.
Kvotali qayta sug‘urtalash – sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga sug‘urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug‘urtalovchi kompaniya mutanosib ravishda ko‘rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi.
Vositachilik haqi – mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun sug‘urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta brokeri, agent) to‘lanadigan haq. Vositachilik haqining miqdori sug‘urtaning turiga va kelib tushgan mukofotning hajmiga bog‘liq holda sug‘urta mukofotiga nisbatan foizlarda to‘lanadi

Download 16.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling