Toshkent–2022 “Sugʼurta ishi” fanidan
Download 16.9 Kb.
|
BXA 59-2 Toshpulatov shomurod sug\'urta slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktuar hisob-kitoblar
Avariya sertifikati - mol-mulk sug‘urta hodisasi tufayli zararlanganda, ko‘rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli vositachilik haqi hisobiga sug‘urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug‘urtalanuvchining sug‘urta qoplamasini olish to‘g‘risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani to‘lashda sug‘urta kompaniyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adjaster - sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug‘urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug‘urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug‘urtalanuvchi bilan unga to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug‘urta hodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug‘urta kompaniyasining tarkibiy bo‘limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin. Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib olgan sug‘urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta zahiralarini shakllantirish bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi paytda Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud. Aktuar hisob-kitoblar - sug‘urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-matematik usullari yig‘indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi, demografiya qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug‘urta hodisalari ro‘y berishining ehtimoliyligiga bog‘liq. Demografiya ma’lumotlaridan fuqarolarning hayotini sug‘urtalashda sug‘urtalanuvchilarning yoshiga mos ravishda sug‘urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli hayotni sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari sug‘urtalangan shaxs vafot etganda yoki u ma’lum bir yoshga etganda to‘lanadi. Etarli miqdordagi sug‘urta fondini shakllantirish uchun, sug‘urtalovchi shartnoma amalda bo‘lgan davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga etishi ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi o‘limi darajasi haqidagi statistik ma’lumot asosida turli yoshga etishi ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolarning o‘limi to‘g‘risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalarni hisoblash mumkin. Download 16.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling