Toshkent–2022 “Sugʼurta ishi” fanidan


Download 16.9 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi16.9 Kb.
#1501283
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BXA 59-2 Toshpulatov shomurod sug\'urta slayd

Sug‘urta polisi – sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’ekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.

Sug‘urta dalolatnomasi – sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta dalolatnomasini adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.

Sug‘urta mukofoti- sug‘urta xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan haq. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida ko‘rsatiladi.

Sug‘urta puli – sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini oladi.

Sug‘urta ob’ekti - shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat qobiliyati bilan bog‘liq manfaati; mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlashga bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaati; jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati – mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’ekti sug‘urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin.


Download 16.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling