Toshkent–2022 “Sugʼurta ishi” fanidan


Download 16.9 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi16.9 Kb.
#1501283
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BXA 59-2 Toshpulatov shomurod sug\'urta slayd

Sug‘urta shartnomasi – ikki yoki undan ortiq tomonlar o‘rtasida tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo‘lib, bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.

Xalqaro darajada qo‘llaniladigan sug‘urtaga oid atamalar


Abandon - to‘liq miqdordagi sug‘urta summasini olish uchun sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda, u xabarsiz yo‘qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi ariza voqea-hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining roziligi talab etiladi.
Avariya komissari - sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki yuk bo‘yicha ko‘rilgan zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro‘y berganlik sabablarini o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon va teleks raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug‘urta polisida ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta hodisasi ro‘y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasining topshirig‘iga asosan, ko‘rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga yozma axborot tayyorlaydi.

Download 16.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling