ToshkentDonmaxsulot


Download 367.81 Kb.
bet11/12
Sana11.05.2023
Hajmi367.81 Kb.
#1450440
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
don mahsulot

10. Donning kimyoviy tarkibi


Har qanday mahsulotlarni, shu jumladan don va don mahsulotlarini kimyoviy tarkibi orqali baholanadi. Kimyoviy tarkibiga qarab xomashyoni qanday maqsadda ishlatilishi aniqlanadi. Barcha mahsulotlar kabi don va don mahsulotlarini tarkibi urug’ ekish davridan tortib, saqlash va qayta ishlash davrigacha doimiy nazoratda bo’ladi. Urug’lik don mahsulotlarining tarkibi noorganik va organik moddalardan iborat bo’lib, noorganik moddalar suv va mineral moddalardan tashkil topgan bo’lsa, organik moddalar esa azotli moddalar, uglevodlar, vitaminlar, fermentlar va boshqa birikmalardan tashkil topgan bo’ladi.
Masalan: mineral moddalardan fosfor (P), magniy (Mg), kaliy (K), kalsiy (Sa), natriy (Na), temir (Fe), kremniy (Sr), oltingugurt (So), aluminiy (Al), xlor (Cl) sezilarli darajada bo’ladi. Marganets (Mn), rux (Zn), nikel (Ni), kobalt (Co) va boshqa elementlar ozroq miqdorda uchraydi.
Yuqoridagi kimyoviy moddalar faqat tuzlar shaklida fosfor kislotasi (K2NRO4, KN2RO4, SaNRO4 va x.k.) oltingugurt, xlor kislotasi yoki har xil organik moddalar tarkibida bo’ladi.
Mineral moddalarning tarkibi miqdoriga qarab uchga bo’linadi:

  1. Makro.

  2. Mikro.

  3. Ultromikro moddalarga bo’linadi.

Makro elementlarga Ca, Po, Ca, Mg, Sl, Fe, Cl, S, CR% miqdorda ko’proq bo’ladi (10-1, 10-2).
Mikro elementlarga bariy, bor, brom, yod, kobalt, litiy, marganets, mis, mishyak, svinets, sink, ftor va boshqalar miqdori gramm va milligrammlarda ifodalanadi. (10-3, 10-5).
Ultromikro elementlarga kadmiy, simob, seziy, selen, radiy, kumush va oltin miqdori millionning bir qismidan % hisobida ifodalanadi. Inson organizmi bir kunda 20 – 30 gramm mineral moddalarni talab qiladi.
Masalan: fosfor – 1000 – 1500; kalsiy – 800 – 1000; kaliy – 2500 – 5000; natriy – 4000 – 6000; magniy – 300 – 500; kremniy – 10 – 20; temir – 12 – 15; mis – 1,5 – 2,0; yod – 0,1 – 0,2. Mg hisobida.
Don va undan olinadigan mahsulotlar eng qimmatbaho oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanib, inson organizmi uchun kerakali bo’lgan mineral moddalarni o’z ichiga oladi. Don tarkibidagi mineral moddalar yuqori haroratda kuydirish yo’li bilan aniqlanadi. Kuydirish davlat standart talablariga muvofiq 600 – 10000C haroratda olib boriladi. 18-jadval

Download 367.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling