Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
БИЛЕТ №19
1. Абу Муслим бошчилигидаги ҳаракат. Мустамлака зулмининг янада кучайиши. Ғурак ва Деваштич. Халқ ғалаёнлари. Муқанна қўзғолони ва унинг тарихий аҳамият1Abu Muslim Harakati – 747 -750 yillarda arab xalifaligining sharqiy qismi – Movarounnahr va Xurosonda umaviylar hukmronligiga qarshi koʻtarilgan harakat. Unga Abu Muslim boshchilik qilgan. Harakatning asosiy kuchi shahar hunarmandlari va qishloq mehnatkashlari, Movarounnahr va Xurosonning mahalliy zodagonlari, umaviylar siyosatidan norozi boʻlgan Xu-rosondagi arab muxolifatchi guruhlari va kullar edi. Umaviylarga qarshi harakatni kuchaytirish maqsadida Abu Muslim Marv yaqinidagi Safizanj, Mo-xuvon (Mahon) va Shavvol qishloqlarini qarorgohga aylantirib, xalifalikka qarshi tashviqot olib boradi. Abu Mus-lim soliqlarni qisqartirish va maj-buriy hashar ishlarini bekor qilishga va’da beradi. Shu sababli harakat ayrim joylarda mulkdorlarga qarshi keskin tus oladi. 747 yil dekabr– 748 yil yanvarda Abu Muslim umaviylarning Xurosondagi voliysi Nasr ibn Sayyorni yengib, Marv shahrini, 748 yilda Nishopur va Tus shaharlarini egallaydi. 748 yilda xalifalikning poy-taxti Damashqqa yurish qiladi, 749 yilda Nahovand yaqinida umaviylarni tor-mor etib, 750 yil boshlarida Katta Zab daryosi boʻyida hal qiluvchi gʻalabaga erishdi va xalifa Marvon IIni taxtdan olib tash-ladi. Uning oʻrniga paygʻambar(sav)ning amakisi Abbos avlodidan boʻlgan Abul Abbos as-Saffoh (750 – 754) xalifa boʻladi. Shu bilan xalifalik abbosiylar qoʻliga oʻtadi. 2.savol:Xorazm XSR 1920-yil 26-aprelda tuzilgan. 1923-yil 20-oktabrda Xorazm XSR nomi Xorazm Sotsialistik Sovet Respublikasi (Xorazm SSR) (ruscha: Хорезмская Социалистическая Советская Республика) deb oʻzgartirilgan.[1] Oʻrta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralarini belgilash jarayoni ortidan Xorazm SSR hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Qozogʻiston ASSR tarkibiga kiritilgan.Buxoro XSR 1920-yil 8-oktabrda tuzilgan. 1924-yil 19-sentabrda Buxoro XSR nomi Buxoro Sotsialistik Sovet Respublikasi (Buxoro SSR) (ruscha: Бухарская Социалистическая Советская Республика) deb oʻzgartirilgan.[1] Oʻrta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralarini belgilash jarayoni ortidan Buxoro SSR hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR hamda Tojikiston ASSR (1929-yildan Tojikiston SSR) tarkibiga kiritilgan. 3.Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda davlat hokimiyatining 3 ta bo‘linish prinsipi mavjud. O‘zbekiston Konstitutsiyasining xalq hokimiyatchiligiga bag‘ishlangan 11-moddasida ham davlat hokimiyati 3 ta bo‘linish prinsipiga asoslanishi bayon etilgan. Ular 1) qonun chiqaruvchi (parlament), 2) ijro etuvchi (Vazirlar Mahkamasi) va 3) sud hokimiyati. Qonun chiqaruvchi hokimiyat jamiyat hayotining xilma-xil sohalaridagi o‘zgarishlarni, o‘zaro munosabatlarni tartibga solish, ularni huquqiy jihatdan kafolatlashga doir qonunlarni ishlab chiqadi. Davlat hokimiyati tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarni bajarish va ularga amal qilish majburiy hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat g‘arbda: Parlament, Seym Kongress va h.k. deb yuritilsa sharqda: Oliy majlis, Kengash, Halq qurali va h.k. deb ataladi. Huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati gullab-yashnashi uchun ilk zamin — bu parlametarizmdan boshlanmog‘i shart.Milliy parlamentarizmning eng yangi tarixi umum e’tirof etilgan uchta asosiy davrga bo‘linadi. Birinchi davr: 1991-1994 yillar, ikkinchisi: 1995-2004 yillar va uchinchi davr: 2005 yildan hozirgi paytgacha.Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylov va ikki palatali parlamentga o‘tish (2004 yil dekabr — 2005 yil yanvar). Ikki palatali parlamentga o‘tish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish asosida amalga oshirilgan konstitutsion islohotlar, shuningdek, asosiy konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilinishi natijasida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazilib, u ikki bosqichdan iborat bo‘ldi. Saylov o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, saylov uchastkalariga bo‘lingan 120 ta saylov okrugini tashkil etdiи. 2. Хива хонлигинда ва Бухоро амирлигида «ХоразмХалқ Совет Республикаси» ва Бухоро Халқ Совет Республикаси»нинг ташкил этилиши. 1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir, deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi. 1920 yil 1 fevralda Xivaning oxirgi xoni taxtdan tushirilib, hujjatga imzo chekkandan keyin, 2 fevral kuni inqilob g’alabasi e’lon qilindi va inqilobiy qo’mita tuzildi. Ana shu tariqa Xorazmda yangicha hayot va boshqarish tartibi e’lon qilindi. Turli tashkilotlar vujudga kela boshladi. Xorazm davlatining dastlabki hujjatlaridan biri machitni davlatdan ajratish bo’ldi. 1920 yil 2 aprelda esa turkman urug’ boshliqlari Qo’shmuhammad, G’ulomalixon, Baxshi va boshqalar ishtiroqida Gelbart kotibligida, Olloqulov tarjimonligida majlis o’tkazilib, birinchi navbatda o’zaro nizolarga chek qo’yish masalasi muhokama qilindi. Chunki Xorazm vohasi xalqlari o’rtasidagi munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishda asosiy masala ilgarigi Xiva xonligi xududidagi o’zbek, turkman, qozoq. qoraqalpoq millat mehnatkashlari o’rtasida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qo’shni Amudaryo viloyati bilan ularning o’zaro hamkorligini kuchaytirish, umuman Xorazm mehnatkashlari bilan Turkiston Respublikalari mehnatkashlari o’rtasidagi do’stlikni yuqori darajaga ko’tarishdan iborat edi. Bu kengashda o’zaro nizoli harakatlarning aybdori chor Rusiyasi bo’lib kelgani aytildi. Kelgusida mehnat bilan harbiy majburiyat teng taqsimlansa o’rtadagi nizolarga chek qo’yilishi anih ko’rsatildi. G.I. Broyda tashabbusi bilan boshlangan bu kengashda ishtirok qilgan o’zbek va turkman urug’ boshliqlari, oqsoqollari bunga tamoman rozi bo’ldilar. Shu bilan turkman mehnatkashlarining vakillarini ham markaziy hokimiyatga saylashni zarur topdilar. Oilaviy aloqalar o’rnatishni ilgari surdilar. Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyiga saylanadigan 200 nafar vakillarning 80 nafari turkmanlar vakillari bo’lishi belgilandi. 1920 yil 9 aprelda Vaqtli hukumatning majlisi chaqirilib, Nozirlar sho’rosi tuzildi. Polvonniyoz hoji Yusunov (Davlat nazorati), Bekjon Rahmonberganov – Xalh madaniyati za maorifi noziri, Bobooxun Salimov – adliya noziri, Jumaniyoz Sultonmurodov – vaqtli hokimiyat raisi Odomoxun Ortiqov – muovini va boshqalar. Xorazmda endigina shakllanayotgan hokimiyatning shu majlisida davlat tuzilishi, nozirliklar tashkil qilish, maktab, kasalxona ochish, yangi lavozimlar saylov nizomi haqidagi masalalar muhokama qilindi. Xorazmdagi 20-yillardagi o’zgarishlarning eng muhim natijadari: o’zbeklar bilan turkmanlar hamkorligi vujudga kelib, mehnat armiyasi tashkil qilindi. Saylov qonuni, sudxo’rlikka qarshi dekret, vakuf erlari haqida nizom, oliy sud haqida, xon erlari va mulklarini musodara qilish haqida konunlar e’lon qilindi. 1920 yil 27 aprelda Xiva shahrida Butun Xorazm vakillarining birinchi qurultoyi chaqirilib (buning ishtirokchilari turli millatga mansub kishilar edi) barcha millat mehnatkashlarining manfaatiga mos keladigan masalalarni muhokama qildilar va bu borada zarur qarorlar qabul qildilar. Ko’p yillardan buyon davlat nomi «Xiva» shaklida ishlatilib kelingan bo’lsa, endi Xorazm nomi bu qurultoyda qayta tiklandi, Xorazm Xalh Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilgani e’lon qilindi va uning Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bundan tashqari Xorazm XSR ning Nozirlar Sovetini sayladilar. 8 ta nozirlik tashkil qilinib, 5 nafar kommunist, bir yosh Xivalik va 2 nafar partiyasiz kiritildi. 1920 yil 28 aprelda esa XXSR e’lon qilindi. 1920 yil 30 aprelda Xorazm millatidan va dinidan qat’i nazar barcha mehnatkashlarning respublikasidir. deb e’lon qilindi. Shunday qilib 1920 yil aprel oyida Xorazmda mustaqil Xalh Respublikasi e’lon qilinib, barcha xalqlar bilan birodarlikda yashashga katta umid bog’landi. Endigina siyosiy xaritada paydo bo’lgan mustahil Xorazm respublikasiga qo’shni xalhlar yordam qo’lini cho’zdilar. Qo’shni Jumhuriyatlar 700 ming kishi hayot kechirayotgan Xorazm vohasini mahsulotlar va texnika uskunalari bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oldi va qaytib olmaslik sharti bilan 20 million so’m ajratdi. Turkiston komissiyasining qarori bilan 1920 yil aprel – may oylarida yana 150 million so’m yordam berildi. Joylarda yangi tashkilotlar tashkil qilishga kirishdilar. Tezda yangi zamon maktablari, bolalar bog’chasi, qariyalar uyi, internat-maktablar vujudga keltirdi 1920 йилнинг 6-8 октябр кунлари Бухородаги Ситораи Моҳи Хосада Бутунбухоро халқ вакилларининг I қурултойи чақирилиб, унда Бухоро Халқ Совет Республикаси (БХСР) тузилганлиги эълон қилинди. Бу республика давлат тузуми жиҳатидан халқ демократик ҳокимияти эди. Қурултой давлат ҳокимиятининг қонун чиқарувчи олий органи бўлган Бухоро инқилобий қўмитаси ва дастлабки ҳукумат таркиби бўлган Бухоро Халқ нозирлар Шўросини ўзил-кесил тасдиқлади. Уларнинг ваколат муддати II қурултойгача ўзайтирилди. 1920 йил октябрда БХСР билан Россия ўртасида муваққат ҳарбий-сиёсий битим тузилди. 1921 йил 4 мартда эса ҳар иккала давлат ўртасида Иттифоқ шартномаси имзоланди. Ушбу шартномалар ёш Бухоро давлати арбобларининг мустақил сиёсат юритишга қаратилган ҳаракатлари фаолиятини маълум даражада чеклашга олиб келди. Чунки, иттифоқ шартномаси мустақил Бухоро давлати ҳудудида совет қўшинлари сақланишини қонуний қилиб асослаб берди. Бу эса Россиянинг БХСР ички ишларига ҳарбий жиҳатдан қуролли аралашуви эди. 3. Давлат ҳокимиятини демократлаштириш ва суд – ҳуқуқ ҳизматини ислоҳ қилишни кучайтириш84.Давлат ҳокимиятини демократлаштириш ва суд – ҳуқуқ ҳизматини ислоҳ қилишни кучайтириш Javob: Суд-ҳуқуқ тизимини ислоҳ қилиш бевосита мамлакатимизда демократик ислоҳотларни амалга оширишга, қонун устуворлигини ва қонунийликни мустаҳкамлашга, шахс ҳуқуқи ва манфаатларини ишончли ҳимоя қилишга қаратилган суд-ҳуқуқ тизимини изчил демократлаштириш ва либераллаштиришни кўзда тутади. Бу тадбирлардан пировард мақсад – юртимизда ҳуқуқий давлат асосларини янада такомиллаштириш ва аҳолининг ҳуқуқий онги ва маданиятини юксалтиришдан иборатдир. Мамлакатимизда суд-ҳуқуқ тизимини ислоҳ қилиш борасида ҳам туб ўзгаришлар ва янгиланишлар қўлга киритилди. Бу икки босқичда амалга оширилди. Биринчи босқич 1991-2000 йилларни қамраб олса, иккинчи босқич 2001-2010 йилларни ўз ичига олди. Шу даврларда суд ҳокимияти босқичма-босқич мустаҳкамланиб борди, уни жазолаш сифатидаги органдан, инсон ва фуқаро ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли ҳимоя қилишга хизмат қиладиган мустақил давлат институтига айлантириш борасида тегишли қонунлар ва меъёрий ҳужжатлар қабул қилинди ва унга босқичма-босқич эришилиб келинмоқда. Шу аснода бир қанча натижаларга эришилди. Булар: Биринчидан, мазкур тизимни ислоҳ қилишда судлар тизими ижро этувчи ҳокимият органлари назорати ва таъсиридан чиқарилди ва мустақил ҳокимият тарзида шакллантирилди. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling