Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати


Download 0.65 Mb.
bet13/24
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1624892
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Tarix gos

БИЛЕТ №22
1. Шарқий Туркистон ва Еттисувда Қорахонийлар давлатининг ташкил топиши. Қорахонийларнинг Мовароуннаҳрни қўлга киритиши.Қорахонийлар ҳукмронлигининг ўрнатилиши ва давлат бошқарув усуллари.
2. Ўрта Осиёда миллий - давлат чегараланишининг ўтказилиши
Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: [[O'zbek]]oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
1924-yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktabrda tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.

1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining 1qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "[[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925-yil 13-may). OʻzSSR tarkibida 1929-yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan (yana qarang [[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi).


Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925-yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932-yil RSFSR tarkibiga, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi.


3. Ўзбекистон Президенти Ш.Мирзиёевнинг БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясидаги нутқининг маъмун-моҳияти. Ta’kidlash joizki, davlat rahbari 2017 yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan va amalga oshirilgan tashabbuslar:
• “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi tashkil etildi (2018 yil 27 mart);
• Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi. BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 22 iyun);
• Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasiga asos solindi (2018 yil 27 noyabr);
• BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” haqidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 12 dekabr);
• Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. U inson huquqlari bo‘yicha ikkinchi Samarqand veb-forumida muhokama qilindi (2020 yil 12-13 avgust).

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling