Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
БИЛЕТ №24
1. «Уйғониш даври» атамаси. Унинг мазмун ва моҳияти. Uygʻonish davri (Renessans) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar) va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri. „Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14-16-asrlar)ga nisbatan qoʻllanilgan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm, jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum) madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, qurfikrlilik uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso, Byome Renessans gʻoyalarining jarchilari boʻlib maydonga chiqsilar. Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnaxr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmip, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiлдi.Sheʼriyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar. Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir belgisi xalq ruhini ifodalaydigan „Ming bir kecha“, „Kalila va Dimna“, „Qirq vazir“, „Toʻtinoma“, „Sindbodnoma“, „Jomeʼul hikoyot“ kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla, shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan „Xamsa“larda boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy gʻoyalarning tasvirlanishidir. 2. Ўзбекистонда саноатлаштириш сиёсати O‘zbekiston Respublikasining 1925-yildan keyingi bosib o‘tgan yo‘li respublika kompartiyasi faoliyati bilan bog‘liq. Har qanday milliy mustaqil davlatning asosiy yashash sharti o‘zining zamonaviy rivojlangan sanoatiga, og‘ir industriyaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Buni yaxshi tushungan bolsheviklar dohiysi sovetlar Rossiyasini sanoati rivoj topgan ilg‘or mamlakatlar qatoriga olib chiqish vazifasini qo‘ydi. Ammo O‘zbekiston singari mustamlaka mamlakatlarga nisbatan bu siyosat mutlaqo boshqacha maqsadlarda amalga oshirildi. 1925-1940-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan sanoatlashtirish siyosati sovetlar hukumati va kompartiya shovinistik, mustamlakachilik siyosatining tarkibiy, ajralmas qismi edi. Bunday siyosatni xaspo‘shlash va oqlash maqsadida SSSRda yagona xo‘jalik kompleksi g‘oyasi ilgari surildi. Ushbu g‘oyadan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘ini rivojlantirish masalasini Moskva markazdan turib boshqarar edi. Bu taraqqiyot yo‘nalishi «stalincha besh yilliklar» direktivalarida o‘z aksini topdi va ular kompartiya qurultoylarida tasdiqlanadi. Ana shu direktivalar asosida rivojlangan O‘zbekiston sanoat ishlab chiqarish taraqqiyotining 1925-1940 yillardagi ahvoli tahlil etiladigan bo‘lsa, shu davr mobaynida respublikada yirik sanoat mahsulotlarini mustaqil o‘zi ishlab chiqara oladigan birorta industriya gigantining bunyod etilmaganligiga guvoh bo‘lamiz. Chunki O‘zbekistonda bunday yirik sanoat gigantlarini qurish sovetlar Rossiyasining milliy mustamlakachilik manfaatlariga javob bermas edi. 3. Ўзбекистоннинг жаҳон ҳамжамиятига интеграциялашуви 💞Nodira💞, [19.06.2022 20:03] 0 ‘zbekiston Respublikasi o 'zining xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992— yil 2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bo'ldi.U N E SC O 1 bilan hamkorlik. 0 ‘zbekistonning BM 1 homiyligidagi ta'lim, fan va madaniyat bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilot — U N E S C O bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993— yil 29-oktabrda U N E S C O ning Parijdagi qarorgohida 0 ‘zbekistonni U N E S C O ga a ’zolikka qabul qilish marosimi b o id i. 0 ‘sha kuni Ulug'bek tavalludining 600 yilligini nishonlash U N ESC O dasturiga kiritildi. 1994— yil oktabrida Parijda Ulug'bek haftaligi tantana bilan o Ltdi. Xiva va Buxoro U N E S C O ning jahon madaniy qadriyatlar ro'yxatiga kiritildi. Bu ro'yxatda 411 ta obyekt bor. U N ESC O Markaziy Osiyo taraqqiyotini o'rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. «Ipak yo‘li - muloqot y o'li» d e b n o m la n g a n yirik ta d q iq o td a M a rk a ziy O siy o g a b irin c h i d arajali ahamiyat berildi. 1995— yil iyul oyida U N E S C O qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. U N E SC O Bosh direktori Federiko Mayorning 0 ‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida 1995— yil iyul oyida mazkur institut ochildi. U N ESC O bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996— yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo ‘lib o ‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri UNESCOning madaniy qadriyatlar ro'yhatiga kiritildi. YEXHT bilan hamkorlik. O'zbekiston 1992— yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - YeXHTga a"zo b o ‘Iib kirdi. I.Karimovning 1992— yil 9 - 10-iyulda bo'lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so'zlashi va K engashning 10-iyulda bo'lgan majlisiga raislik qilishi O 'z b e k isto n n in g jah o n h am jam iy atid a m u n o sib o 'rin egallayotganligining dalilidir. Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi bilan 0 ‘zbekiston o'rtasida sherikchilik va hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O'zbekistonning Yevropa Ittifoqi va unga a'zo bo'lgan 15 ta mamlakat bilan o'zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo'lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. 1996— yilda Shanxayda, 1997— yilda Moskvada bo'lib o'tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg'iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o'zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to'g'risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 2001— yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo'lib o'tdi. Uning ishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O'zbekistonning «Shanxay forumi»ga to'la huquqli a ’zo bo'lishi to ‘g'risida bayonot imzolandi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling