Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
БИЛЕТ №32
1. XIV аср ўрталарида Мовароуннаҳрдаги ижтимоий-сиёсий вазият. Амир Темур Мовароуннаҳр сиёсий кураш майдонида XIV asrning 50–60-yillarida Movarounnahr 10 ga yaqin mustaqil bekliklarga bo‘linib ketgan. U yerdagi hokimlar o‘zlarini hokimi mutlaq deb e’lon qiladilar. Mamlakatdagi har bir viloyat alohida hukmdorlikka ajralib, ular o‘rtasida nizo kuchayib ketadi va qonli urushlarga aylanadi. Siyosiy tarqoqlik, o‘zaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab bo‘lib, mamlakat aholisini, ayniqsa, dehqonlar xo‘jaligini xonavayron qilgan edi. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi. XIV asrning 50-yillari oxirida Movarounnahrda amirlarning o‘zaro kurashi kuchayib, mamlakatda siyosiy parokandalik avjiga chiqadi. Mo‘g‘uliston xonlari Movarounnahrdagi og‘ir siyosiy vaziyatdan foydalanib, bu o‘lkada o‘z hokimiyatini o‘rnatishga harakat qiladilar. Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur 1360–1361-yillarda Movarounnahrga birin-ketin ikki marta bostirib kiradi. Movarounnahr beklari birlasha olmay xalqni o‘z holiga tashlab ketadilar. Amir Temurning amakisi – Kesh viloyatining hukmdori Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi. 24 yoshli Amir Temur esa boshqacha yo‘l tutadi. Амир Темур Tug‘luq Temurning yorlig‘i bilan Kesh viloyatining dorug‘asi (hokimi) etib tayinlanadi. Tug‘luq Temur o‘g‘li Ilyosxo‘jani Movarounnahrning hukmdori etib tayinlab, Mo‘g‘ulistonga qaytib ketadi. Ilyosxo‘ja bilan Amir Temurning murosasi to‘g‘ri kelmaydi. Shu sababli u Movarounnahrning nufuzli amirlaridan biri, Balx hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuzib, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib boradi. 1363-yilda Amudaryoning chap sohilida, Qunduz shahri yonida umumiy dushman ustidan g‘alaba qozonadilar. Keyingi ikki yil davomida ittifoqchilar Ilyosxo‘ja boshliq jeta lashkarlari bilan bir necha marta jang qiladilar. Nihoyat 1364-yil oxirida ular mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqaradilar. Biroq Movarounnahrni qo‘ldan chiqarishni istamagan Ilyosxo‘ja 1365-yilning bahorida yana Movarounnahr ustiga qo‘shin tortadi. Ikki o‘rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz o‘rtasidagi Chirchiq daryosi bo‘yida sodir bo‘ladi. Tarixda u “Loy jangi” nomi bilan shuhrat topadi.. 2. Иккинчи жаҳон урушининг бошланиш сабаблари. Ўзбекистоннинг уруш гирдобига тортилиши1939— yil 1 -sentabrda fashistlar Germaniyasi qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi bilan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi ixtiloflar, agressiv davlatlar - fashistlar Germaniyasi, fashistlar Italiyasi va militaristik Yaponiya boshladilar. Ular orasida Germaniya fashistlari uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi. Fashistlar bloki davlatlari tomonidan olib borilgan urush bosqinchilik, adolatsizlik urushi edi. Fashizmga qarshi urushgan davlatlar adolat uchun kurashdilar. Agressiya qurboni bo'lgan mamlakatlarda vatanparvar kuchlar, xalq tomonidan qarshilik ko'rsatish harakati boshlangach, urushning ozodlik xarakteri yanada kuchaydi. Angliya va Fransiya hukmron doiralari birinchi jahon urushida qo'lga kiritgan hududlarni o'z tasarrufida saqlab qolishga, Gitler qo'shinlarini Sharqqa, Sovet Ittifoqi tomon yo'naltirishga intildilar. Sovet davlatining tashqi siyosati fashistlar Germaniyasini Angliya va Fransiyaga qarshi qo'yishga va ularning harbiy kuchlari zaiflashgan paytda zarba berishga qaratilgan edi. 1939— yil 23-avgustda sobiq SSSR bilan Germaniya o'rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to'g'risida shartnoma imzolandi. Shartnomaning mahfiy qo'shimcha bayonnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR o'zlarining ta’sir doiralarini bo'lib oladilar. German va Sovet manfaatlari Polsha davlati hududlari bilan bog'liq edi. Germaniya Boltiqbo'yi mamlakatlariga da’vo qilishdan voz kechadi. Germaniya 1939— yil 1-sentabrda Polshaga bostirib kirgach, Sovet davlati 1939— yil 17-sentabrda o'z qo'shinlarini G'arbiy Ukraina va G'arbiy Belorussiyaga kiritadi va bu hududlarni www.ziyouz.com kutubxonasi o'z tasarrufiga oladi. 1940— yil iyunda SSSR Boltiqbo‘yi respublikalarini ham egalladi. Ikkinchi jahon urushining dastlabki davridayoq fashistlar Germaniyasi G ‘arbiy va Markaziy Yevropada hukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni — Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Fashistlar Germaniyasi Yevropaning harbiy, iqtisodiy resurslarini qo'lga kiritib bo'lgach, 1941— yil 22-iyun yakshanba kuni, tong saharda hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnomani buzib, urush e’lon qilmasdan Sovet Ittifoqiga xoinona hujum boshladi. Fashistlarning maqsadi SSSRni bosib olish, boyligini talash, millionlab kishilarni qirish va qolganlarini qul qilishdan iborat edi. Germaniya bilan hamkorlikda uning ittifoqchilari-Italiya, Finlyandiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya ham Sovet Ittifoqiga qarshi urushga kirishdilar. Sovet xalqining fashizmga qarshi urushi boshlandi. SSSR tarkibidagi barcha respublikalar, shu jumladan, O'zbekiston ham urush girdobiga tortildi. Shu tariqa, ikkinchi jahon urushi jahondagi 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya’ni 1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling