Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати


Download 0.65 Mb.
bet16/24
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1624892
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Tarix gos

БИЛЕТ №25
1. IX-XII асрлар Ўрта Осиёда маданий юксалишни таъминлаган омиллар ва шарт-шароитлар.
2. Аграр сиёсат. 1925-1929 йилларда ўтказилган ер-сув ислоҳоти
agrar islohotlar, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar – davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yoʻnalishi, uni oʻtkazish bosqichlari aniqpab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni oʻtkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalgaa oshiradi.Tarixda Agrar islohotlarning 3 turini koʻrish mumkin. Birinchisi – an’anaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishni koʻzlovchi Agrar islohotlar Ular jumlasiga 19–20-asrlarda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mam-lakatlaridagi Agrar islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi – bozor xoʻjaligidan totalitar-rejali tuzumga oʻtishni koʻzlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar Uchinchisi – 90-yillar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga oʻtishga qaratilgan Agrar islohotlar Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqarishni oʻstirib, uni bozor iziga solishni moʻljallaydi. Zamindorlar mulki boʻlgan yer uni ekadiganlarga – dehqonlarga haq toʻlash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga dehqonlarning xususiy mulki oʻrnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyani qoʻllab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer toʻla-toʻkis yoki qisman xususiy mulkdorlar tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xoʻjaligi oʻrniga davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xoʻjaligi va jamoa xoʻjaliklari barpo etiladi, ularni hukumat toʻla nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yoʻqotadi, qishloq xoʻjaligida stimullar soʻna borganidan u inqirozga yuz oʻgiradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan qishloq xoʻjaligidan erkin bozor xoʻjaligiga oʻtishni koʻzda tutadi, ular natijasida yerga davlat egaligi qisman yoki toʻla-toʻkis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xoʻjaligining mulki dehqonlar oʻrtasida bepul, qismai bepul, yoxud haqini toʻlash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xoʻjaligi asosiy xoʻjalik turiga aylantiriladi, bu xoʻjalik bozor talabiga qarab va oʻz man-faatini koʻzlab ish yuritadi.20-asr davomida Oʻzbekistonda Agrar islohotlarning soʻnggi ikki turi amalga oshirildi. Shoʻrolar davrida yer-suvlar ularning egalaridan tortib olinib, dehqonlarga berildi. Lekin tez orada ulardan yana tortib olinib davlat mulkiga aylan-tirildi. Bunday islohotlar 1917–22 yillarda oʻtkazildi. 1925–26 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. Bu islohotlarda mahalliy boylarga qarashli yerlarning bir qismi yersizlarga bepul taqsimlab berildi. Bunday islohotlar natijasida bozorga ishlovchi mustaqil dehqon hoʻjaligi rivojlandi. Ammo bu uzoqqa bormadi, chunki 20-yillar islohoti qishloqni yoppasiga jamoalashtirish bilan yakunlandi. 1929–32 yillar mobaynida dehqon xoʻjaligi tamoman tugatilib, oʻrniga davlat va jamoa xoʻjaliklari barpo etildi, qishloq xoʻjaligi totalitar-rejali tizim girdobida qoldi..
3. Ўзбекистон Республикасининг xaлқаро , минтақавий ташкилотлар ва дунё давлатлари билан кўп ва икки томонлама ҳамкорлиги. Сўнгги йилларда Ўзбекистон кенг доирадаги хорижий шериклар билан дўстона, ўзаро манфаатли муносабатларни ривожлантиришда муҳим ютуқларга эришди. Президент Шавкат Мирзиёев раҳбарлигида олиб борилган очиқ, конструктив ва амалий ташқи сиёсат дунёнинг деярли барча минтақалардаги давлатлар, шунингдек, етакчи халқаро ва минтақавий ташкилотлар билан самарали алоқаларни сезиларли даражада мустаҳкамлашга имкон берди.Хусусан, Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги (МДҲ) ва Шанхай ҳамкорлик ташкилоти (ШҲТ) каби минтақавий институтлар доирасида Ўзбекистоннинг ҳамкорлиги сифат жиҳатидан янги босқичга кўтарилди.Мамлакатимиз 2019 йилда аъзо бўлган Туркий тилли давлатларнинг ҳамкорлик кенгаши (ТДҲК) фаолиятида иштирок этиши Тошкентнинг кўп томонлама дипломатиясининг янги йўналишига айланди.Бундан ташқари, жорий йилда Ўзбекистон Евроосиё иқтисодий иттифоқи (ЕОИИ) таркибида кузатувчи давлат мақомини олди.Мустақил давлатлар ҳамдўстлиги доирасида ҳамкорликСўнгги йилларда мамлакатимиз Ҳамдўстлик фаолиятидаги иштирокини сезиларли даражада фаоллаштирди. Ўзбекистон МДҲ Иқтисодий Кенгаши, Ҳамдўстликнинг Парламентлараро ассамблеяси ва 20 дан ортиқ тармоқ органларига қўшилди. Мақсадлари миллий манфаатларга жавоб берадиган бошқа тармоқ органлари билан ҳамкорликни йўлга қўйиш бўйича ишлар олиб борилмоқда.Ҳамдўстликка аъзо давлатлар Ўзбекистоннинг асосий савдо шериклари ҳисобланади. 2020 йилнинг 9 ойида республиканинг МДҲ давлатлари билан товар айирбошлаш ҳажми 8 059,5 миллион долларни ва жами ташқи савдо айланмасидаги улуши 29,3 фоизни ташкил этди.Ўзбекистон томони МДҲ давлатлари билан савдо-иқтисодий ҳамкорликни Ўзбекистоннинг мавжуд иқтисодий салоҳиятидан тўлиқ фойдаланиш, шу жумладан, таъминот ва ишлаб чиқариш маҳсулотлари ассортиментини диверсификациясини кенгайтириш асосида ривожлантиришдан манфаатдо.Ўзбекистон МДҲ давлатлари билан транспорт ва транзит соҳасида, шу жумладан, транспорт коридорларини ривожлантириш бўйича ўзаро имтиёз ва преференциялар бериш, шунингдек, янги ўзаро манфаатли транспорт йўналишларини шакллантириш ва ривожлантириш соҳасида ҳамкорликни чуқурлаштиришга катта аҳамият берадиКоронавирус пандемияси билан боғлиқ жаҳондаги мураккаб вазиятга қарамай Ўзбекистон раислиги даврида бир қатор муҳим тадбирлар бўлиб ўтди. Улар орасида Ҳукумат раҳбарлари кенгаши, иқтисодий кенгаш, ташқи ишлар вазирлари кенгаши, МДҲ давлатлари ҳудудларини ўта хавфли юқумли касалликлар импорти ва тарқалишидан санитария муҳофазаси муаммоларига бағишланган Мувофиқлаштирувчи кенгаш, илмий-техникавий ва инновацион соҳаларда ҳамкорлик бўйича давлатлараро кенгаш ва бошқаларни алоҳида таъкидлаш лозим.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling