Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати


Совет ҳокимиятининг Ўзбекистонда амалга оширган ижтимоий- сиёсий, иқтисодий тадбирларининг мустамлакачилик моҳияти 3


Download 0.65 Mb.
bet12/24
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1624892
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Tarix gos

2. Совет ҳокимиятининг Ўзбекистонда амалга оширган ижтимоий- сиёсий, иқтисодий тадбирларининг мустамлакачилик моҳияти
3. Ўзбекистон Президенти Ш.Мирзияев БМТ бош Ассамблиясининг 72-сессиясида нутқининг мазмун моҳияти. Ta’kidlash joizki, davlat rahbari 2017 yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida ham qator muhim taklif va fikr-mulohazalarini bayon etgan edi.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan va amalga oshirilgan tashabbuslar:
• “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi tashkil etildi (2018 yil 27 mart);
• Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi. BMT Bosh Assambleyasining “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 22 iyun);
• Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasiga asos solindi (2018 yil 27 noyabr);
• BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” haqidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi (2018 yil 12 dekabr);
• Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya loyihasi ishlab chiqildi. U inson huquqlari bo‘yicha ikkinchi Samarqand veb-forumida muhokama qilindi (2020 yil 12-13 avgust).


БИЛЕТ №21
1. Сомонийлар сулоласининг ҳокимият тепасига келиши.Исмоил Сомоний ислоҳотлари. Somoniylarning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi boʻlmish Somonxudot ismi bilan bogʻliq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-asr) va Hamza Isfahoniy (10-asr) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlogʻidan, alMukaddasiy (10-asr) ning maʼlumotiga koʻra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan boʻlgan. "Saʼdiya" nomli asar (17-asr) da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, uning asl ismi Arquq boʻlib, u Fargʻonadan Termizga koʻchib kelgan va u yerda Somon nomli qishlogʻiga asos solgan.Oʻrta asrlarda Buxoro, Fargʻona, Tohariston, Xuttalon va boshqa viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar boʻlganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar "Somon" toponimi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi boʻlganligidan dalolat beradi. Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, shuningdek, shimolidagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz hokimiyati ostida birlashtiradi. Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 893-yilda Taraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.
2. Ўрта Осиёда миллий - давлат чегараланишининг ўтказилиши.
Oʻrta osiyoda milliy-hududiy chegaralanish — mustabid sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining "milliy davlatlarini tashkil qilish" niqobi ostida ularni ajratib tashlash maqsadida amalga oshirilgan siyosiy tadbir (1924—25). Turkiston mintaqasi azaldan turkiy xalqlarning yagona maskani va umumiy vatani boʻlgan. 1918—24 yillarda mavjud boʻlgan Turkiston ASSR, BXSR, XXSRning tub xalqlari asrlar davomida turmush tarzi va anʼanalari jihatidan bir-birlariga juda yaqin boʻlishgan. Turkistondagi turli davlatlarning har birida turkiy xalklar: [[O'zbek]]oʻzbeklar, turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirgʻizlar, shuningdek, tojik xalqi azaldan yashaganligi tarixan tarkib topgan hodisa edi. Turkiston mintaqasining xalqlari shu tuproqni, Turonzaminni qadimdan oʻzlarining asl Vatani deb bilganlar.
1924-yil 18-noyabrda Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qoʻshma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan oʻz vakolatlarini Oʻzbekiston SSR sovetlarining taʼsis qurultoyiga qadar ish koʻruvchi F.Xoʻjayev raisligida 31-oktabrda tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar. Bu komitet Oʻzbekiston SSR tuzilishini boshqarib bordi.

1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Oʻzbekiston SSR sovetlarining 1qurultoyi ochildi. Qurultoy 17-fevralda "[[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qildi. OʻzSSR oradan koʻp oʻtmay SSSR tarkibiga qabul qilingan (1925-yil 13-may). OʻzSSR tarkibida 1929-yilgacha Tojikiston ASSR ham boʻlgan (yana qarang [[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi).


Qoraqalpoq avtonom oblasti (1925-yil 16-fevraldan) tuzilib, u dastlab Qozogʻiston ASSR tarkibiga kirgan. Keyinchalik Qoraqalpoq avtonom oblasti (1932-yil RSFSR tarkibiga, 1936-yildan Oʻzbekiston SSR tarkibida) Qoraqalpogʻiston ASSR qilib qayta tuzildi


3. Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Мингйиллик ривожланишининг мақсадлари.
0 ‘zbekiston Respublikasi o 'zining
xohish irodasi va taklifiga ko‘ra 1992— yil
2-martda jahondagi eng nufuzli xalqaro
tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli
a'zosi bo'ldi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993— yilda bo'lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda
27-sentabrda qilgan m a’ruzasi O'zbekistonni jahonga ko‘hna va yosh
navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O'zbekiston Respublikasi
nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik
masalalari bo'yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini
chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini ha! etish va boshqa masalalar bo'yicha bir qator takliflar
o'ltaga qo'yildi.
1993— yil 24-oktabrda Toshkentda BM T ning vakolatxonasi
ochildi va ish boshladi. 0 ‘zbekistonning tashabbusi bilan va BM T rahnamoligida 1995—
yil 15-16-sentabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik
masalalariga bag'ishlangan Toshkent kengash-seminari b o ‘lib o ‘tdi.
Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan
kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini
olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirishning ishonchli lizimini
barpo etish masalalari yuzasidan o ‘z fikrlarini, takliflarini aytdilar.
Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon
xalqlarini, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy
kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va
ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. 1997— yil 15-16-sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyo
-yadro qurolidan xoli zona» mavzusida xalqaro konferensiya bo ‘lib
o‘tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok
etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi
ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa
xavfsizligini mustahkamlaydi.
2000— yil oktabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik
va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand m oddalar tijorati,
uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida
xalqaroo konferensiya b o ‘lib o ‘tdi. 0 ‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001— yilda BM T Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi
kurash bo'yicha maxsus qo'mitasi ta'sis etildi. 2002— yil 18-20-
oktabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Annanning O'zbekistonga
tashrifi m am lakatim izning xalqaro jam iyatdagi o ‘rni m ustahkamlanib, o b ro '-e ’tibori oilib borayotganining dalilidir.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling