Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати
Download 0.65 Mb.
|
Tarix gos
БИЛЕТ №29
1. Чингизхон (Темучин)нинг мўғулларни бирлаштириб, кучли давлат тузиши. "Ясоқ" қонунлари. IX-XII asrlarda islom dini O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida katta rol o‘ynay boshladi. Movarounnahrda bu davr arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davri bo‘lgan bo‘lsa, islom bu vaqtda Sharqda keng tarqalib jahon dini darajasiga ko‘tariladi, musulmon dunyosining mafkurasiga aylanadi. Arab tili davlat tili darajasiga ko‘tariladi. Azaldan savodli bo‘lgan, madaniyat darajasi yuqori darajaga ko‘tarilgan xalq tez orada nafaqat arab tilini, balki islomni ham chuqur o‘rganib, arab tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni yetishtirib chiqara boshladi. Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar va g‘aznaviylar, Xorazmshohlar davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni yanada mustahkamlash uchun islom diniga, uning ta’limotiga, tarixiy ahkomlariga e’tibor bir necha bor kuchaya boshlaydi. Shaharlarda masjidlaru-madrasalar qurilishiga e’tibor berila boshladi. Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda dastlabki madrasa Kovushdo‘zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto qonunshunoslar uchun ham maxsus “Faqihlar madrasasi” degan ixtisoslashtirilgan madrasa qurdirilgan. Bunday bilim maskanlarida Qur’oni karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama mukammal o‘rganilgan. O‘sha davr shaharlari orasida islom dini ta’limotini chuqur targ‘ib qilishda Buxoro shahri alohida o‘rinni egallaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, madrasayu, maktablarning borligi bu yerda yetuk ilohiyot fani namoyondalarini yetishib chiqishiga xizmat qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Buxoro shu davrdan boshlab “Qubbat-ul-islom”(”Islom dinining gumbazi”) nomi bilan shuhrat topa boshlaydi. Sekin-asta markazlashgan davlatning asosiy mafkurasiga aylangan islom dini boshqa diniy qarashlarni siqib chiqara boshlaydi va xalq ommasini itoatda ushlab turish uchun qurol vositasi rolini ham bajara boshlaydi. Bu davrda islom ta’limotiga bebaho hissa qo‘shgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziy kabi ko‘plab ulamolar yetishib chiqdilar. Ular shu kunga qadar Hadis ilmining eng ko‘zga ko‘ringan, butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalari darajasiga ko‘tarilgan zotlardir. 2. Сиёсий қатағонлар ва унинг босқичлари, оғир оқибатлари. А.Икромов, Ф.Хўжаев ва бошқа давлат, партия арбобларининг қатл этилиши. O'zbekiston ravnaqi, xalqining baxtu saodati uchun fidoyilik ko'rsatgan Akmal Ikromov, Fayzulla Xo'jayev, Abdulla Rahimboyev, Isroil Ortiqov, Abdulla Karimov va boshqa o'nlab mahalliy rahbar kadrlarning qismati, pirovardda, mana shunday fojia bilan yakun topdi. Mustabid tuzum hukmdorlari va ularning chaqqon dastyorlarining yeng shimarib qilgan «sa'y - harakatlari» natijasida 1937-1938— yillar davomida O'zbekistonda bir qator yirik aksilinqilobiy tuzilmalar tuzilgan, faoliyat yuritmoqda, degan soxta ma'lumotlar to'plandi. Mana shunday soxta ma’lumotlar asosida respublika rahbarlari A.lkromov va F.Xo'jayev boshchiligidagi «Burjua - millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», Abdurauf Qoriyev rahbar bo'lgan «M usulmon ruhoniylarning m illatchi -isyonkor tashkiloti», «Aksilinqilobiy o'ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi», «Buxoro va Turkiston baxt-saodati» nomli aksilinqilobiy tashkiloti, 1.Ortiqov boshliq «Yoshlarning aksilinqilobiy buijua—millatchilik tashkiloti», «Ingliz josuslik rezidenturasi», «Yapon josuslik—qo'poruvchilik rezidenturasi» kabi tashkilotlar Sovet hokimiyatiga qarshi faoliyat yuritmoqda deb e’lon qilindi, ularni tuzishda gumon qilinganlar qatag'on qilindi. Eng so'nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o'rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublikada umuman bo'lmaganligini to'la tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag'on tuzumi buyurtmasi asosida Markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to'qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Buning orqasida ming - minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan, umrlari xazon bo'lgan. XX asr boshidan 40— yillargacha 450 ming vatandoshlarimizga nisbatan «jinoiy ish» ochilganligi, ularning hayoti ostinustun bo'lib ketganligi faktdir. Faqat 1937-1939— yillarda O'zbekistonda hammasi bo'lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatga qamoq va surgunlarga hukm etilgan. Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligini hech narsa bilan oqlab bo'lmaydi. Yaqin milliy tariximizning bu qorong‘u zulmati xalqimiz dilida mangu o'chmas armon bo'lib qoldi. U faqat milliy istiqlol tufayiligina to'la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqarolari chinakam ro'shnolik ko'rish baxtiga musharraf bo'ldilar. 3. Конституция – эркин ва фаровон хаётимиз мамлакатимизни янада тараққий эттиришнинг мустаҳкам пойдеворидир Президетимиз Ш.Мирзиёвнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинишининг 25 йиллигига бағишланган тантанали маросимидаги маърузаси. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling