Тошпмининг 2003-2010 ўқув йили Педиатрия факультети бўйича фанлар рўйхати ва уларнинг соати


Download 0.65 Mb.
bet22/24
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1624892
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Tarix gos

БИЛЕТ №31
1. Чиғатой улусининг ташкил топиши. Бошқарув тартиби Чигатой улусининг тащкил топиши. Бошкарув тартиби.
Пойтахти: Olmaliq (hozirgi Xitoy hududida joylashgan tarixiy shahar) [1224—1266]
Qarshi [1318—1326]
Тиллари: moʻgʻul tili (avval boshida)[1][2], chigʻatoy tili, fors tili
Дини: ислом, шомонлик, тангричилик
Пул бирлиги: танга кепаки, дирхам
Майдони: 3 500 000км²
Бошкарув шакли: монархия
Сулола: чингизийлар
Конун чикарувчи хокимияти: курултой
Хукмдор унвони: хон
1224-yilda
Chigʻatoy ulusi tashkil topadi
- 1242-yilda
Chigʻatoyxon vafot etadi
- 1340-yillarda
Chigʻatoy ulusi ikkiga boʻlinib ketadi
- 1370-yilda
Ulusning gʻarbiy qismi barham topadi
- 1680-yillarda
Ulusning sharqiy qismi barham topadi
Chingizxon avlodlari o'rtasidagi meros taqsimlanishi natijasida Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Yettisuv o'lkalari Chig'atoy va uning vorislariga o'tib, u Chig'atoy ulusi nomi bilan atala boshlandi. Endilikda Mo'g'ul hukmdorlari Movarounnahr o'lkasini boshqarishga kirishar ekanlar, ular qanday qilib bo'lmasin, uning xalqini yanada itoatda tutish, bu yerdan mo'g'ul zodagonlari uchun ko'proq soliq va o'lponlar undirish, qo'shimcha majburiyatlar yuklash harakatida bo'ladilar. Mo'g'ullar Movarounnahmi idora etishda mahalliy amaldorlar xizmatidan ustamonlik bilan foydalandilar.
Ayonki, ko‘chmanchilik bilan shug‘ullanuvchi mo‘g‘ullarning o‘troq aholini boshqarish tajribasi yo‘qligi bois Chig‘atoyxon o‘ziga tegishli ulusni boshqarishni avval xorazmlik Mahmud Yalavochga va uning avlodiga topshiradi. O‘zi esa umrining oxirigacha ukasi O‘qtoy Xoqon saroyida bosh maslahatchi hamda Yasoq qoidalarining tartibiga javobgar tarzida faoliyat ko‘rsatadi. Chig‘atoy ulusidan olinadigan daromadlarning asosiy qismi Markazga ya’ni, Qoraqurumga jo‘natilgan. Qolgan qismini mahalliy aholidan tayinlangan oliy hokim ulus ehtiyojlari hamda qo‘shin xarajatlari yo‘lida sarf qilishgan. Bunda omma nafaqat mo‘g‘ul bosqoqlari, dorug‘alari, balki mahalliy zodagonlar va oqsuyaklar tomonidan ham ezilgan. Bu holatni biz manbalar orqali ko‘proq Chig‘atoy ulusida kuzatamiz. Qolgan uluslarda vaziyat o‘zgacha edi. Shu bois Chig‘atoydan so‘ng bir necha xonlar Markazdan butunlay mustaqil bo‘lishga, Movaraunnahr boshqaruvini qo‘lga kiritishga qattiq harakat qildilar. Bu holat Duvaxonga qadar davom etdi. Faqat Duvaxon davriga kelib Chig‘atoy ulusi to‘liq mustaqillikni qo‘lga kiritdilar.
Солик турлари:
Ziroatchilardan olinadigan yer solig‘i bu davrda “kalon”
deb yuritilgan. Chorvadorlarga esa “qopchur” solig‘i solingan. Davlat xazinasi uchun “shulen” nomi bilan yuritilgan oziqovqat solig‘i ham undirilgan. “Shulen” har bir podadan ikki
yashar qo‘y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida
olingan.
Hunarmandlar va savdogarlardan “targ‘u” solig‘i undirilgan.
Targ‘u ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning
o‘ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari, aholiga tuz solig‘i, jun va kumush solig‘i solingan..
2. Диний ташкилотлар ва руҳонийларнинг таъқиб этилиши. Инсон ҳуқуқларининг поймол этилиши ва унинг фожиали оқибатлари. Bular: «Oktabr tantanasi», «SSSR Konstitutsiyasi kuni», «Qizil Armiya kuni», «V.I.Leninning tug'ilgan kunini nishonlash», SSSR va O'zbekiston SSRning tashkil etilganligini nishonlash va hokazolar shular jumlasidandir. Milliy kiyimlarda yurish, sunnat to'yi qilish, o'z ona tilida muloqotda bo'lish eskilik sarqiti va madaniyatsizlik ko'rinishi deb baholanadi. Bolalar bog'chalaridan tortib to oliy o'quv yurtlariga qadar bosqichlarda yoshlarni dahriylik (ateizm) ruhida tarbiyalash dasturlari, darslik va qo'llanmalari ishlab chiqildi. Muqaddas Qur'oni Karim kitobini o'qish man etildi. Islom ta'limotiga xurofot va bid'at sifatida qaraldi. Qur'on kitobi nasroniylar uchun rus tiliga tatjima qilindi, ammo o'zbek tiliga - musulmonlar uchun tatjima qilinmadi. Faqat O'zbekiston milliy mustaqillikka erishgach, 1992- yilda u o'zbek tiliga o'girildi. 2001-yili esa bu muqaddas kitobning yangi tahrirdagi tatjimasi nashr etildi. Sho'ro hukumati ruhoniylar va dindorlarga nisbatan har tomonlama ta'qib va tazyiqni kuchaytirdi, ularni saylov huquqlaridan mahrum etdi. Masalan, 1926-yil yozida o'tkazilgan Sho'ro saylovlarida 27.453 kishi, 1926/27-yillar qishidagi saylovda esa 33 204 kishi saylash huquqidan mahrum etildi. Ularning ko'pchiligi dindorlarning vakillari edilarl. Shu boisdan Sho'rolarga nisbatan xalq ommasining noroziligi kuchaydi, ular o'tkazilgan saylovlarga befarq va e'tiborsiz bo'la bordilar. 1927-yil mart oyida bo'lib o'tgan O'zbekiston SSR Sho'rolarning 11 Qurultoyida bu haqda so'zlagan Yo'ldosh Oxunboboev Mahalliy Sho'rolar saylovida saylash huquqiga ega bo'lgan barcha aholining faqat 46,4 foizigina2 saylovda qatnashganligidan zorlangan edi. Sho'ro hukumati islom ruhoniylari va dindorlarni qirib bitirish yo'lini tutadi. Arxiv ma'lumotlariga qaraganda, 1917-1939-yillarda SSSRda 6 million musulmon yo'q qilingan Ayniqsa bu jarayon 20- yillarning oxiri va 30-yillarda dahshatli tus oldi. Xotin-qizlarni «ozodlikka chiqarish» bahonasida 1927-yilda respublikada «Hujum» harakati boshlandi. Xotin-qizlar faolligini oshirish bobida ma'lum ma'noda bu harakat ijobiy baholansa-da, uni tashkil etishdan kO'zlangan bosh maqsad reaksion xarakterda edi. Avvalo bu harakat mahalliy xalqlarning asrlar osha tarixan shakllangan milliy an'ana va qadriyatlarini hisobga olmagan holda o'tkazildi, xotin-qizlarning ayollik sha'ni, qadr-qimmatlari oyoq osti qilinadi. Ko'p hollarda paranji-chachvonni tashlash zo'rlik bilan amalga oshirildi. Ikkinchidan, «xotin-qizlar ozodligi» uchun kurash bahonasida islom diniga qarshi kurash avj oldirildi. Chunki «xotinqizlar ozodlighming asosiy dushmanlari qilib islom ruhoniylari ko'rsatildi.
3. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегиясининг давлат ва жамият қурилишини такомиллаштиришга қаратилган йўналишлари.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling