A – Yo‘lovchilardan olingan yo‘l haqlarini butligini saqlash ko‘rsatkichi guruhi:
a1 - yo‘lovchilardan tushgan naqd pul mablag‘lari va elektron to‘lov jihozlarining butligi bo‘yicha moddiy javobgarlik ko‘rsatkichi;
a2 - xizmat koʻrsatish sifati boʻyicha eʼtirozlar va muomala madaniyati ko‘rsatkichi.
B – Harakat muntazamligi ko‘rsatkichi:
b1 - harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etganligi;
b2 - belgilangan harakatlanish masofasini bosib oʻtganligi;
b3 - yoʻnalishga oʻz vaqtida chiqqanligi
D – Foydalanish muddati 5 yildan ortiq bo‘lgan avtobusni tasarruf etishda uning tegishli texnik soz holatini ta’minlash ko‘rsatkichi guruhi:
d1 - avtobusning sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha ko‘rsatkichi;
d2 - yo‘l-transport hodisasi ko‘rsatkichi.
3-bob. Jamiyat tizimidagi filiallar avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini maqsadli koʻrsatkichlar asosida baholash
6. Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi har bir avtobus haydovchisi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarga erilishini doimiy ravishda (oy, chorak yakuni boʻyicha) tahlil qilib boradi.
7. Filial rahbari o‘rinbosari va Moliyaviy-iqtisodiy tahlil bo‘limi etakchi iqtisodchisi tomonidan har bir avtobus haydovchisi erishilgan maqsadli ko‘rsatkichlarining oy va chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 3-sanasiga qadar tegishli ma’lumotlar shakllantiriladi, bunda taqdim etilgan tahliliy materiallar toʻgʻri va asosli ekanligini puxta oʻrganib chiqiladi hamda tasdiqlovchi materiallarni ilova qilgan holda Filial rahbariga va Jamiyatning Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limiga taqdim etiladi.
8. Avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash uchun har bir mezon boʻyicha amalda bajarilgan koʻrsatkichni rejalashtirilgan koʻrsatkich boʻyicha foiz nisbati aniqlanadi.
Avtobus haydovchilarining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijasi barcha mezonlar boʻyicha foiz koʻrsatkichlarning oʻrtacha umumiy qiymatini hisoblab chiqarish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |