Boshqaruv raisi A.Z.Djurayev
“Toshshahartransxizmat” AJning
2023-yil _______ dagi _____-son buyrugʻiga 1-ilova
“Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi filiallar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Toshshahartransxizmat” AJ (keyingi oʻrinlarda – Jamiyat) tizimidagi filiallar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.
2. Jamiyat tizimidagi filiallar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etishdan asosiy maqsad kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni ragʻbatlantirish orqali Jamiyat va filiallarning yuqori ish samaradorligini hamda natijadorligini taʼminlash hisoblanadi.
Shu bilan birga, mazkur tizimni joriy etish, yoʻlovchilarning transport xizmatiga boʻlgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, texnik xizmatlar xarajatlarini kamaytirish, transport vositalaridan samarasiz foydalanish ulushini qisqartirish imkoniyatini yaratadi.
Har bir xodimning shaxsiy samaradorlik ko‘rsatkichi Filialning umumiy
KPI ko‘rsatkichini shakllantiradi. Bunda har bir xodim o‘zining oldida qo‘yilgan vazifalarga erishish orqali Filialning umumiy faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shadi va o‘z navbatida erishilgan yuqori natijalari uchun ragʻbatlantiriladi.
3. Jamiyat tizimidagi filiallar rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholash har oy, chorak va yil yakunlari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Jamiyat tizimidagi filiallar rahbarlarining faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash
4. Jamiyat tizimidagi filiallar rahbarlari va avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligining maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda – koʻrsatkichlar) tegishli tarkibiy boʻlinmaga xos boʻlgan umumiy hamda ular faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Quyidagilar avtobus saroylari-filiallarini ish faoliyatini baholashning asosiy indikatorlari hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |