4-bob. Filiallar rahbarlarining samaradorlik koʻrsatkichlari asosida ragʻbatlantirish yoki taʼsir choralarini qoʻllash tartibi
11. Boshqaruv raisining moliyaviy-iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Istiqbolli rivojlanish va moliyaviy tahlil bo‘limi bilan birgalikda hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasiga qadar xodimlar faoliyati samaradorligini baholash natijalari boʻyicha ularni chorak yakuni boʻyicha ragʻbatlantirish va taʼsir choralarini qoʻllash boʻyicha Jamiyatning buyrugʻi loyihasini tayyorlaydi hamda kiritadi.
12. Filial rahbarining samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalari ularni choraklik va yil yakunlari boʻyicha ragʻbatlantirishni amalga oshirishda asosiy mezon sifatida inobatga olinadi.
13. Filial rahbari chorak va yil yakuni boʻyicha ajratiladigan mukofot puli miqdori uning faoliyat samaradorligi bahosi darajasidan kelib chiqib belgilanadi, yaʼni har bir filial rahbari faoliyati samaradorligi natijasi boʻyicha toʻplagan foiz bahosiga nisbatan proporsional tarzda ragʻbatlantiriladi (masalan, faoliyat samaradorligi 90 foiz deb baholangan xodimga mukofot pulining 90 foizi miqdori, 120 foiz deb baholanganda 120 foizi miqdorida ragʻbatlantirish qoʻllaniladi).
14. Yil yakunida reyting baholash natijasiga koʻra faoliyati “qoniqarsiz” deb baholangan filial rahbariga nisbatan Jamiyat boshqaruv raisi tomonidan mehnat qonunchiligida belgilangan intizomiy choralar qoʻllaniladi.
Bunda faoliyati samaradorligi bir yil davomida chorak yakuni bo‘yicha ketma-ket ikki yoki undan ortiq marotaba “qoniqarsiz” deb baholangan filial rahbarining egallab turgan lavozimiga loyiqligi koʻrib chiqiladi va mehnat shartnomasini bekor qilishgacha bo‘lgan intizomiy ta’sir choralari qoʻllaniladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Jamiyat filial rahbari faoliyatini baholash koʻrsatkichlari ularni davlat mukofotlariga tavsiya etishda va boshqa ragʻbatlantirish choralarini (minnatdorchilik eʼlon qilish, faxriy yorliq, koʻkrak nishonlari bilan taqdirlash va boshqalar) qoʻllashda inobatga olinadi.
16. Mazkur Nizom talablarining bajarilishini taʼminlash uchun har bir filial rahbari shaxsan masʼul hisoblanadi.
“Toshshahartransxizmat” AJning
2023-yil _______ dagi _____-son buyrugʻiga 2-ilova
“Toshshahartransxizmat” AJ tizimidagi filiallar avtobus haydovchilarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida
Do'stlaringiz bilan baham: |