- avtobus saroylari va avtobuslarning belgilangan talablar asosida jihozlanganligini (kompyuter, GPS-treker, validator, o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutisi va boshqalar) taʼminlash;
(Ushbu maqsadli vazifalarni ijrosini taʼminlash yuzasidan avtobus saroylari oldindan talabga muvofiq qanday jihozlar yetishmasligini bir yillik smeta asosida, xarid qilish jadvallarini tuzib, tasdiqlab, ularni ERP tizimiga kiritish va ijrosini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.)
- avtobuslarni texnik soz holatda boʻlishini taʼminlanlash;
(“Toshavtotaʼmirxizmat” UK va autsorsing shartnomalari boʻyicha avtobus saroyidagi harakat tarkibining rejali texnik servis va taʼmirlash xizmatlarini oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha maʼlumotlarni ERP tizimiga kiritish va harakat tarkibini doimiy ishga shay holatda boʻlishini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.)
- xodimlar tomonidan harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi;
(avtobus saroylarida texnika xavfsizligi va harakat xavfsizligi boʻyicha barcha xodimlar, ayniqsa avtobus haydovchilar bilan belgilangan tartibda yoʻriqnomalar oʻtkazilishi, mavsum boshida anomal issiq va anomal sovuq havo haroratida alohida koʻrsatmalar ishlab chiqish vazifasi yuklatiladi.) БД КабМин қарорида белгиланган 7 та журнал дастур бўлиши керак ҳар бир БДда
- shtat birliklari toʻliq jamlanganligi;
(avtobus saroyi rahbarlari meʼyoriy talablardan kelib chiqib, harakat tarkibidan kelib chiqib, maqbul shtat birligi va mavjud vakantlar boʻyicha ma’lumotlarni ERP tizimiga kiritish va ijrosini taʼminlash choralarini koʻrishi lozim.)
2-чи кўрсаткич қўнимсизлик
- xodimlarni oʻqitish va kasbiy malakasini oshirish tizimini samarali yoʻlga qoʻyish;
(ish hajmidan kelib chiqib, barcha vakant lavozimlarni butlash va oʻz vaqtida malakali xodimlar bilan taʼminlash maqsadida avtobus saroylari ustoz-shogird tamoyili asosida talabalar mehnatini jalb qilish, haydovchilar zahirasini shakllantirish, muhim lavozimlar(ekonomist, injener, dispetcher, kassir, navbatchi mexanik va boshqalar) boʻyicha quyi lavozimdagi xodimlardan reja-grafik asosida xodimlar zahirasini shakllantirish va ish faoliyatida uzluksizlikni taʼminlash yuzasidan zaruriy choralar koʻrish.)
Do'stlaringiz bilan baham: |