- yoʻnalishlarga avtobuslarni tasdiqlangan reja asosida toʻliq tarkibda chiqarish;
(asosiy indikator va ish faoliyatini baholashning eng muhim vazifasi boʻlib, unda har bir xodimning ishi toʻgʻri tashkil qilinganligi, lavozim vazifalari toʻliq bajarilayotganligi va ish samaradorligi uchun sifatli xizmat koʻrsatish darajasi baholanadi. Ushbu vazifadan kelib chiqib, avtobuslar haydovchilarining kunlik yoʻl varaqalarining elektron ERP tizimida onlayn aks ettirilishi taʼminlanishi lozim.)
- xizmat koʻrsatish sifati boʻyicha eʼtirozlar kelib tushmaganligi;
(aholi va poytaxt mehmonlarini jamoat transportida tashish xizmati haydovchilar va chiptachilarning hatti-harakati yoki harakatsizligidan kelib tushgan shikoyat va arizalar hamda ularga nisbatan koʻrilgan choralar boʻyicha statistik maʼlumotlar va tahlillarni oʻrganish va salbiy oqibatlarni oldini olish bo‘yicha zaruriy choralar koʻrish.)
Yuqoridagi vazifalarni taʼminlagan holda quyidagi koʻrsatgichlarga asosan baholash tizimi belgilanadi. Avtobus saroylarida raqamlashtirish boʻyicha ASDUM, ERP va Markazlashgan dispetcherlik xizmatidan olingan kunlik, oylik va choraklik tahliliy maʼlumotlarga asosan quyidagilar toʻgʻrisida natijalar olinadi:
A – transport vositalarining texnik tayorgarlik koeffitsiyenti (TTK);
B – harakat tarkibidan foydalanish koeffitsiyenti (HTFK);
D – yoʻnalishlarga avtobuslarni tasdiqlangan reja asosida chiqarish;
E – avtobus haydovchilari harakat jadvaliga muvofiq oʻz vaqtida qatnovlarni bajarganligi;
F – texnik va servis xizmatlari oʻz vaqtida amalga oshirilganligi;
G – yoʻnalishlardagi oʻrtacha intervallarning vaqti;
H – hisob-fakturalarni oʻz muddatlarida qoʻyilganligi;
I – haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinishi darajasi;
J – yoʻnalishlarga kunlik chiqarilayotgan haydovchilar roʻyxati elektron shakllantirilishi va ularni yoʻnalishlardagi transport vositalari boʻyicha taqsimlash rejasiga (raznaryadka) amal qilinishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |