Toshtemirova muborak gulmurodovna mahalliy xomashyolar asosida olingan polisulfid oligomerlar sintezi va tadqiqoti


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………… 76


Download 1.66 Mb.
bet3/24
Sana22.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1647434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Тоштемирова М.Г Oxirgi

75

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………

76







QISQARTMALARNING SHARTLI BELGILARI
DXG -dixlorgidrin;
ND-3- polisulfid, dixlorgidrin,fosfor(V)-sulfid oligomeri;
ND-1-polisulfid, dixlorgidrin, karbamid addukti asosidagi oligomer;
ND-2-polisulfid, dixlorgidrin, ammofos asosidagi oligomeri;
IQ-infraqizil spektroskopiya;
DTA- differensial-termik analiz;
TGA- termogravimetrik analiz;
DSK -differensial skanirlovchi kalorimetriya;
SEM- skanirlovchi elektron mikroskop.

KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va ahamiyati. Dunyodashaharsozlikning rivojlanib borishi bilan qurilish konstruksiyalarining qo‘llanilish muddatini oshiruvchi, ularni tashqi agressiv muhit ta’siridan himoyalovchi materiallar, jumladan: germetiklar, mastiklar yoki pastalar, plyonkalar, g‘ovak elastik va profillangan materiallarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Germetiklar qurilish sohasi bilan birgalikda mashinasozlikda, elektrotexnikada, aviatsiyada, tibbiyotda ham keng qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra oligomerlarga asoslangan germetiklar qurilish konstruksiyalarini havo kislorodidan va boshqa agressiv muhitlardan himoya qilishda hamda yoriqlarni berkitish uchun ham juda ahamiyatlidir.
Jahonda polisulfid oligomerlari asosida, germetiklanuvchi sirtga surtilganda hajmi o‘zgarishga uchramaydigan, yuqori samarali germetiklovchi tarkiblar olishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, elastik, mustahkam, qurilish konstruksiyalari qismlariga nisbatan adgeziyasi yuqori, issiqlik va sovuqlikka chidamli, ishchi muhit, namlik, yorug‘lik, ozon ta’siriga barqaror, germetiklar bilan kontaktda bo‘ladigan sirtlar bo‘yicha korrozion inert, yaxshi elektroizolyatsion xossalarga ega bo‘lgan, ionlashtiruvchi nurlar ta’siriga chidamli, xona haroratida vulkanlanadigan, uzoq quritish talab etilmaydigan va tarkibida zaharli komponentlar bo‘lmagan germetiklar olish texnologiyasini ishlab chiqish borasida muhim tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ma’lumki, respublikamizda ham kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga, xususan: tarkibida azot, oltingugurt va fosfor bo‘lgan oligomerlar asosidagi kompleks fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalarga ega bo‘lgan polimer materiallar ishlab chiqarish, ulardan qurilish sohasida foydalanish samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan dasturiy chora-tadbirlar asosida muayyan natijalarga, ayniqsa, yangicha yondashuvlarga asoslangan, tarkibida azot, fosfor va oltingugurt bo‘lgan oligomerlardan foydalanib, tiokolli germetiklovchi materiallar olishning ilmiy asoslarini yaratishga erishildi natijada, ichki bozorni import o‘rnini bocuvchi mahalliy germetiklar bilan ta’minlash sohasida keng ko‘lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan mahsulot va texnologiyalarning tubdan yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish»1 ga yo‘naltirilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, jumladan, mahalliy xomashyolar asosida germetiklovchi materiallarni ishlab chiqarish uchun iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza texnologiyalarni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
PF-4947-sonli «2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2018-yil 25-oktyabrdagi PQ-3983-son «O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini yanada rivojlntirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi, 2018- yil 25 oktyabrdagi PQ-3983-son farmoni, 2017-yil 29-avgustdagi
PQ-3246-sonli «Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2018-yil
17- yanvardagi PQ-3479-sonli «Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2019- yil 3- apreldagi PQ-4265-sonli «Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling