Toshtemirova muborak gulmurodovna mahalliy xomashyolar asosida olingan polisulfid oligomerlar sintezi va tadqiqoti
Download 1.66 Mb.
|
Тоштемирова М.Г Oxirgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obyekti
- Tadqiqotning usullari
Tadqiqotning maqsadi mahalliy xomashyolar asosida modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar sintezi va ular asosidagi
germetiklarning fizik-mexanik xususiyatlarini o’rganish . Tadqiqotning vazifalari: natriy polisulfid, ammoniy polifosfat va tarkibida metall bo‘lgan karbamid adduktlari asosida polisulfid oligomerlar sintezining maqbul sharoitlarini aniqlash; sintez qilingan polisulfid oligomerlarning tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish; olingan polisulfid oligomerlarni to‘yinmagan birikmalar bilan modifikatsiyalash; modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar va mineral to‘ldiruvchilar asosida ikki komponentli germetiklovchi materiallar olish; olingan polisulfid germetiklarning fizik-mexanik xossalariga to‘ldiruvchi va vulkanlovchi agentlar ta’sirini aniqlash; Tadqiqotning obyekti sifatida natriy polisulfid, titan dioksidi, kalsiy oksidi, 1,2-dixlorpropanol-3, ammofos, karbamid, ortofosfat kislota, ammoniy polifosfat, kroton aldegid va ular asosida sintez qilingan modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar, germetiklar olingan. Tadqiqotning predmeti mahalliy xomashyolar asosida polisulfid oligomerlar sintezi, ularni modifikatsiyalash jarayonining, modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar va ular asosidagi germetiklarning fizik-kimyoviy hamda fizik-mexanik xossalarining tadqiqoti hisoblanadi. Tadqiqotning usullari. Dissertatsiya ishida IQ-spektroskopiya, differensial skanerlovchi kalorimetriya va skanerlovchi elektron mikroskopiya (SEM-EDX) usullaridan foydalanilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: natriy polisulfid, ammoniy polifosfat va ba’zi xlororganik birikmalarning karbamid bilan hosil qilgan adduktlari asosida tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan 3 ta yangi polisulfid oligomerlar olingan; olingan polisulfid oligomerlar kroton aldegid bilan modifikatsiyalangan va ularning dyural, shisha materiallarga nisbatan adgeziyasi modifikatsiyalanmagan polisulfid oligomerlarga nisbatan 3 marta ortganligi aniqlangan; mahalliy xomashyolar asosida olingan modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar asosida qurilish konstruksiyalari va ularning qismlari uchun elastik, yuqori fizik-mexanik mustahkamlikka ega bo‘lgan ikki komponentli germetiklovchi tarkiblar ishlab chiqilgan; modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlarga vermikulit, Angren kaolini, kremniy dioksid gidrati, titan dioksid va kalsiy oksid kabi to‘ldiruvchilar qo‘shib olingan germetiklarning cho‘zilishdagi shartli mustahkamlik va uzilishdagi nisbiy cho‘zilish xossalari bo‘yicha maqbul tarkiblari aniqlangan; modifikatsiyalangan polisulfid oligomerlar asosida olingan germetiklarning qotuvchi komponentlari-mastiklarning qotish tezligi, nisbiy cho‘zilishi va elastikligi qo‘llanilgan: kalsiy oksid, rux oksid, qo‘rg‘oshin dioksid, marganes dioksid vulkanlovchi agentlari qatorida ortib borishi isbotlangan. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling