Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Rezina poyabzallarining assortimenti
Download 1.51 Mb.
|
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Rezina poyabzallarining assortimenti. Rezina poyabzallari quyidagi belgilari bo'yicha bo'linadi: ishlatilishi (maishiy, maxsus va sport poyabzallari), yosh va jins belgisi (crkaklar, ayollar, o'g'il bolalar, qizlar, bolalar), ishlatilish tarzi (boshqa poyabzallar ustidan kiyiladigan va faqat oyoqqa kiyiladigan), ustki qisniining material! (yaxlit rezinali, rezina-to'qimali), rangi (qora, oq), ishlab chiqarish iisuli (yelimlash, qoliplash, shakl berish, bosim ostida quyish va polivinilxlorid (PVX) plastizolidan quyish), pardozi (loklangan, xira, jiyakli, qaytarilgan, yarim duxobadan qilingan mag'izli), turlari (kalishlar, etiklar, ctikchalar, yarim etikchalar, botinkalar, yarim botinkalar, tuflilar), fasoni, o'lchami hamda poshnasining balandligi (past — 25 mm. gacha, o'rta — 26—40 mm va baland — 45 mm. dan ortiq).
Kalishlar balandligi bo'yicha past, yarim baland (yarim botlar) va baland (botlar) bo'ladi. Past poyabzallar charm poyabzallarining ustidan kiyiladi. Tuzilishi bo'yicha ular tilchali va tilchasiz, karkasi bo'yicha oddiy (patli astar, karkasi me’yor qalinlikda) va yengillashtirilgan (patsiz, karkasi yengillashtirilgan) bo‘ladi. Etiklar yelimlash va qoliplash usullarida yaxlit rezinadan, loklanmagan, qora rangda, past poshnada erkak va ayollar uchun ishlab chiqariladi. Astari rezina shimdirilgan gazlama, lastikli paypoq va patli gazlamadan tayyorlanadi. Etikchalar va yarim etikchalar odatda, yaxlit rezinali, loklangan, asosan, yelimlash hamda kamroq qoliplash uslublarida xom rezina aralashmasi va polivinilxlorid piastikalaridan tayyorlanadi. Botiklar barcha yosh va jinsdagi guruhlar uchun ishlab chiqariladi. Erkaklar, o'g'il bolalarning botiklari ko'proq ustki qismi jun gazlamalaridan, jiyakli, jiyaksiz, odatda, «molniya» ilmoqli yoki metall to'qali qilib ishlab chiqariladi. Botinkalar shakllangan qoplama poshnali bo'ladi. Erkaklar va bolalar botinkalarining ustki qismi to'qimachilik materiallaridan, ayollarniki to'qimachilik materiallari hamda yaxlit rezinadan tayyorlanadi. Botinkalarning fasonlari xilma-xil (shnurli, «molniya» ilmoqli, to'qali, belbandli) bo'ladi. Yarim botinka va tuflilar ko'proq ayollar poyabzallarining assortimentiga kiradi. Yaxlit rezinali yarim botinka va lullilar chegaralangan miqdorda ishlab chiqariladi. Ular kalishlardan kiyilish usuli (to'g'ridan-to'g'ri oyoqqa kiyiladi) va qoplama poshnasining mavjudligi bilan farq qiladi. Rezina poyabzallarining o'lchamlari ikki tizimda belgilanadi: shtixmassali (1 shtix = 6,67 mm) va shartli. Shtixmassali tizim oyoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiyiladigan poyabzallar uchun qo'llaniladi. Bu tizim bo'yicha poyabzal raqamlari (nomer) quyidagicha bo‘ladi: erkaklar — 39—47, ayollar 34—41, qizlar 31—33, bolalar 20 dan 30 gacha. Shartli raqamlash tizimi charm va jundan layyorlangan poyabzallar ustidan kiyiladigan rezina poyabzallarini belgilashda qo'llaniladi (0, 1, 2, 3, 4..., 17). Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling