Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash


Rezina poyabzallarining sifatini baholash va navlash


Download 1.51 Mb.
bet11/12
Sana18.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1708908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash

Rezina poyabzallarining sifatini baholash va navlash. Rezina poyabzallarining sifati ularning iste’mol xususiyatlari yig‘indisi bilan aniqlanadi va xomashyosi, tuzilishi, texnologik operatsiyalarning aniq bajarilishi, tamg‘alash, tashish va saqlash qoidalariga bog'liq. Poyabzallar tashqi ko'rinishining ko'rsatkichlari bo'yicha tasdiqlangan namuna-etalonga mos kelishi kerak. Ular rangi, pardozi, shakli, qalinligi va yarim juftidagi bir xil qismlarining joylashishi hamda suv o'tkazmasligi bo'yicha o‘xshash bo'lishi zarur. Lok plyonkasi quruq, yopishmaydigan, bir xil, yaltiroq, poyabzalning usti rezina qoldig'isiz va oltingugurt izlaridan toza bo'lishi lozim.
Poyabzal qismlarining fizik-mexanik xususiyatlari standartlar asosida laboratoriya usulida zavod va savdoda ularning sifatini ekspertiza qilish paytida aniqlanadi. Sifati bo‘yicha qabul qilishda har bir juft poyabzalning o'lchami alohida tekshirib ko'riladi.
Rezina poyabzallarining navlari ularning tashqi ko'rinishi bo'yicha belgilanadi. Shakl berilgan etik va tuflilardan tashqari, barcha maishiy rezina poyabzallari 1va 2-navga bo'linadi. Nav nuqsonlarning turi va o'lchami qismlar o'lchamidagi chekkaga chiqish miqdori bilan aniqlanadi. Sifati yaxshi poyabzallarda quyidagi nuqsonlarning bo'lishiga yo'l qo‘yilmaydi: poyabzalning mexanik shikastlanishi, oltingugurt izlari, qoplama qismlarining ajralib ketishi, tumshug'i hamda astaridagi buklamlar, har xil dog'lar, shishga o'xshab qolgan joylar va boshqalar. Rezina poyabzallari tagcharmining sirtqi tomonidan (o'rta qismi) tamg‘alanadi va quyidagi belgilar qo‘yiladi: tovar belgisi, chiqarilgan yili, choragi, fasoni, artikuli, o‘lchami, navi va narxi.
Poyabzallarning artikuli uch, sport va texnik poyabzallarniki to'rt raqam va bir-ikki harfdan tuzilgan. Uch raqamli artikulda birinchi raqam poyabzalning qaysi yosh va jinsga tegishli belgisini, qolgan ikki raqami — turi, tuzilishining o‘ziga xos xususiyati va pardozini bildiradi. To‘rt raqamli artikulning birinchi raqami poyabzalning turi, ikkinchisi qaysi jinsga va yoshga tcgishli belgisini, uchinchi va lo'rtinchisi tuzilishining o‘ziga xos xususiyali va pardoz.ini anglatadi. Raqamlardan keying! harflar astarining material! (sh jnn va yarim jun, x — paxta), ustki qismining rangi (b — oq, s — rangli), ishlab chiqarish usuli (f — shakl berish) va boshqa belgilarini bildiradi. Ustki qismi to‘qimachilik materiallaridan tayyorlangan poyabzallarning artikuli oldidan defis belgisi orqali yuza qismi materialining narx guruhi qo‘yiladi.


XULOSA
Charm poyabzal ishlab chiqarish respublikamiz yengil sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda u yirik mexanizatsiyalashgan tarmoq bo'lib, ilg‘or texnologiya asosida faoliyat ko'rsatmoqda. Poyabzal ishlab chiqarish yildan-yilga ko'paymoqda, sifati esa yanada yaxshilanmoqda. Poyabzal iste’molchining ma’lum bir chtiyojini qondirish, ya’ni kishi oyog'ini harxil ta’sirlardan saqlash uchun xizmat qiladi va kiyim-kechak ansambliga kiradi. Shuning uchun poyabzallarga ko'plab talablar qo'yiladi, ularning ichida funksional, pishiq-puxtalik, estetik va texnik-iqtisodiy talablar asosiy o'rinni egallaydi.
Poyabzallarning funksionalligi ularning antropometrik xususiyatlarining ko'rsatkichlari (o'lchami, to'laligi, shakli va boshq.), massasi, egiluvchanligi, issiq va namlikdan saqlashligi bilan ta’minlanadi; pishiq-puxtaligi — jismoniy va ma’naviy yeyilish muddati, shaklining saqlanishi, kiyilish jarayonida tashqi ko'rinish ko'rsatkichlari, ta’mirlanishga moyilligi bilan tavsiflanadi; estetikligi — stil yo'nalishi, kompozitsiyasining yaxlitligi, fasoni hamda modelining originalligi bilan belgilanadi; lexnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligi — ishlab chiqarish, ta’mirlash xarajatlari bilan aniqlanadi.
Barcha poyabzallar asosiy, birlamchi, xomashyolari bo'yicha charm, rezina va jundan bosib tayyorlangan poyabzallarga bo‘linadi. Charm poyabzallarga yuza qismi tabiiy va sun’iy charmdan hamda to'qimachilik materiallari (gazlama, trikotaj, noto‘qima materiallar)dan tayyorlangan poyabzallar kiradi.



Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling