Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Charm poyabzallar sifatini baholash
Download 1.51 Mb.
|
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Charm poyabzallarini tamgalash, joylash, tashish va saqlash.
Charm poyabzallar sifatini baholash. Poyabzallar tashqi ko'rinishining koʻrsatkichlari bo'yicha o'rnatilgan tartibda va tasdiqlangan namuna-etalonlarga mos kelishi kerak. Tayyor poyabzallar juft-juft, toza, buklanmagan, tirishmagan dog'siz, detallan bir xil bo'lishi kerak; juftida zichligi, qalinligi, shakli, o'lchami, rangi va guli bir xil bo'lishi lozim. Poyabzal ashyolari va iplari uning usiki qismi yoki pardozi bilan mos kelishi zarur. Poyabzallar juft-jufl hokla qabul qilinadi. Sifatini nazorat qilish tikilishining texnik lalablar asosida bajarilishi va tashqi ko'rinish nuqsonlarining qismlar o'lchamidan chekkaga chiqishini aniqlash va baholashdan iborat bo'ladi. Poyabzallarning navi eng yomon yarim jufti bo'yicha ko'proq bilinib turadigan ntiqsoniga qarab belgilanadi. Ommabop hamda modabop poyabzallar navlarga ajratiladi, yengil va bulg'or poyabzallar esa navlarga ajratilmavdi.
Sifati yaxshi poyabzallar yumshoq tuinshuqli va yumshoq dastaksi/ bodishi kerak; tagcharmida yelimlanmagan joylar, qismlarida teshiklar. yirtiqlar, astari va ichlarida buklamlar, yuzasida esa gdjim (buklam)lar va boshqa nuqsonlar bodmasligi zarur. Poyabzallarga kiyishdagi kafolat vaqti belgilanadi va shu vaqt ichida iste’molchi yopiq nuqsonlari bodgan poyabzallarni almashtirib olish huquqiga ega bodadi. Charm poyabzallarini tamg'alash, joylash, tashish va saqlash. Tamg‘alash. Poyabzalning har bir jufti tamg‘alanadi va ularda quyidagi belgilari bodishi kerak: ishlab chiqarish korxonasining tovar belgisi, artikuli, odchami, todaligi, ishlab chiqarilgan vaqti, ST (standartli) harfli tamg'a yoki navi, standart raqami yoki texnik shartlar va boshqalar. Poyabzallarning tagcharmi yuzasida todaligi va narxi, ichki tomonida yuvilmaydigan rangda artikuli, odchami, todaligi, fason va modeli, navi, TNB qabul raqami, chiqarilgan vaqti va standart raqami ko'rsatiladi. Modelli poyabzallarda tovar belgisi oltin va kumush ranglarda belgilanadi. l-navli poyabzallar diametri 10 mm bodgan aylana, 2-navli poyabzallar romb shaklida va standartli poyabzallar «ST» belgisi bilan tamg'alanadi. Joylash. Charm poyabzallari iste’mol va transport taralariga joylanadi. Iste’mol taralariga karton qutilar, karton pachkalar, qog'oz va polimerli paketlar; transport taralariga yog'och qutilar, buziladigan ko’p aylanmali va buklamlangan karton qutilar hamda yumshoq taralar kiradi. Poyabzal joylashtirilgan har bir qutining yon tomoniga tovar belgisi, artikuli, fasoni, modeli, odchami, todaligi, rangi, navi va boshqa belgilari qo'yiladi. Tashish va saqlash. Charm poyabzallari shaharlararo transport konteynerlarida yoki konteynersiz tashiladi. Shahar ichida esa yopiq avtomashina furgonlarda karton qutilarda tashiladi. Poyabzallar quruq, yopiq, toza va shamollatiladigan xonalarda saqlanadi. Ularni saqalashda havoning nisbiy namligi 50—70 % va harorat 8—10°C bodishi eng qulay sharoit hisoblanadi. Charm poyabzallari stellajlarda va qutilarda saqlanishi kerak. Ularni saqlash davrida yuqorida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmasa, sifati pasayishiga sabab bodadi. Charm poyabzallarining artikuli olti raqam va ikki-uch harfdan tuzilgan. Artikulining birinchi raqami poyabzalning qaysi yosh va jinsga tegishli belgisini, ikkinchisi — poyabzalning turini, uchinchi va to'rtinchisi — ushbu turdagi poyabzalning xilma-xilligi (modelining murakkabligi, ilmog'ining turi astarining o'ziga xosligi, poshnasining halandligi)ni, beshinchi va oltinchisi tagcharmning materiali va uning mahkamlanish usulini bildiradi. Raqamlardan keyingi birinchi harf poyabzalning rangini (b — oq (beliye), s — rangli (svetnoy) va hokazo), ikkinchi va uchinchisi ustki qismining materialini (I — lokli charm, sh – shevro va hokazo) bildiradi. Modali poyabzallarning artikuli oldiga «M» (modehiaya), modelli, qo'lda tayyorlangan poyabzallarga «MR» (modelnaya ruchnaya), o'ta zamonaviy bo'lsa «OM» (osobo modnaya) harl'i, keksa kishilarga mo'ljallangan poyabzallarga «P» (pojiliye) harflari qo'yiladi. Yuza qismi to'qimachilik va sun’iy materiallardan tayyorlangan poyabzallarning artikuli oldiga yuza qismi materiallarining narx guruhlarini bildiradigan raqamlar qo'yiladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling