Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash


Sun’iy va sintetik poyabzal materiallari. Sun’iy charmlar


Download 1.51 Mb.
bet4/12
Sana18.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1708908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash

Sun’iy va sintetik poyabzal materiallari. Sun’iy charmlar. Poyabzallar tayyorlashda sun’iy charmlarning keng ko'lamda qo'llanilishi sababli ishlab chiqarish hajmi ko'payib, assortimenti esa kengayib, tannarxi pasayib bormoqda. Sun’iy charmlarning tannarxi nisbatan arzon, qalinligi va barcha maydoni bo'yicha bir xil xususiyatliligi bilan tavsiflanadi. Poyabzallarning tag qismi uchun ishlatiladigan sun’iy materiallar yeyilishga barqaror, suvga chidamli, yuza qatlamidagi polimer qoplamning yuqori plastikligi payvand qilish, qizitib naqsh bosish va qismlarini osongina qoliplash imkonini beradi.

5-rasm. Sun’iy charm materiallar
Shuning bilan bir qatorda sun’iy charmlarning ayrim turlari ko'plab egilish-bukilishga (ayniqsa, past haroratda) chidamsiz, havo va bug' o'tkazuvchanligi past. Hozirgi paytda mamlakatimizda va boshqa ko'plab davlatlarda gigiyenik xususiyatlari hamda tashqi ko'rinishi bo'yicha xromli charmlarga yaqinroq bo'lgan sun’iy charmlar ishlab chiqarilmoqda. Ular sintetik charmlar sifatida ma’lum. Sun’iy poyabzal maleriallari ishlatilishi bo'yicha poyabzallarning ustki va tag qismi uchun guruhlariga ajratiladi.
Poyabzallarning ustki qismlari uchun sun’iy charmlar ko‘proq yumshoq va yupqa materiallar bo'lib, poyabzallarning tashqi, ichki va oraliq qismlarini tayyorlashda ishlatiladi. Ularning ko'pchiligi polimer materiallar bilan qoplangan yoki shimdirilgan tabiiy va kimyoviy tolalardan tuzilgan to'qima asosga ega bo‘ladi.
Polimer qoplamlarining tarkibiga kiruvchi bog‘lovchi moddalar bo'yicha poyabzallarning yuza qismi uchun sun’iy charmlar kauchuk (clasto), polivinilxlorid (vinil), nitroselluloza (nitro), poliamid (amid), poliefiruretan (uretan) hamda shularning aralashmalari bilan qoplangan guruhlarga ajratiladi. Asosining tuzilishi bo'yicha sun’iy charmlar gazlama (T), trikotaj (TR), noto'qima (NT) asosida bo'lishi mumkin. Masalan, gazlama asosidagi poliamidlatcksli sun’iy Charmning to'liq nomi — amidoelastosun’iy charm deb ataladi.
Elastosun’iy charmlar yuft va ayrim xromli charmlarning o'mini nlmashtiruvchi charm sifatida ko'proq etiklarning qo'njlari uchun ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi: poyabzal kirzasi — uch qatlamli paxta gazlamali-kirza lateks aralashmasi (sintetik kauchuklarning suvdagi dispersiyasi) bilan qoplangan va vulkanizatsiyalangan; poaybzal uchun g'ovakli elastosun’iy charm-T (karboksilatli charm) — g'ovakli tuzilish bilan qoplangan, elastik, etikchalarning ustki qismi uchun ishlatiladi; sovuqqa chidamli poyabzalli elastosun’iy charm-T — velveton astarli; patakli elastosun’iy charm-T — yumshoq qoplama hosil qiluvchi (porolonga o'xshash), ko'pikli lateks bilan qoplangan; astarbop elastosun’iy charm-T («sun’iy futor») — ochiq binafsha rangli material, ushlaganda yumshoq, yuza tomoni qoplamsiz, ustki tomonidan zamshani eslatadi, poshna taglari, oraliq va yarim pataklar uchun foydalaniladi.
Vinilsun’iy charmlar barcha tuzilishdagi to'qima asoslarda ishlab chiqariladi. Bularga shargolin (xususiyatlari va tashqi ko'rinishi bo'yicha poyabzal kirzasini eslatadi, bulg'orli poyabzallarning qo'nji uchun ishlatiladi), vinilsun’iy charm-T «tekstovinit» (gazlamaning leksturasiga o'xshatib qizdirib, gul bosilgan), lokli vinilsun’iy charmT va NT «sun’iy lok», birlashtirilgan vinilsun’iy charm-T «sovinol» (polivinilxlorid, kauchuk qoplamli) va boshqalar kiradi.
Nitrosun’iy charm - T «granitol» texnik gazlamaga nitroselluloza mastikasini surtish (qoplash) yo'li bilan olinadi. Yuqori qattiqligi bilan ajralib, qattiq dastak (zadnik) va tumshuq taglari tayyorlanadi.
Uretanosun'iy charmlar gazlama va trikotaj asosida tayyorlanadi. Ular yumshoq, elaslik hamda ko'p havo o'tkazuvchan, etikchalarning qo'njisini tayyorlaydigan flover-lok, sellana-lok va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Amidoelastosun’iy charm-T va NT tik-sarja hamda shakli o'zgartirilgan (modifikatsiyalangan) g'ovakli poliamidli lateks bilan qoplangan noto'qima material asosida olinadi. Bu materiallarning har ikkisi ham tashqi tomonidan charmga o‘xshash, astarlar tayyorlanadi.
Takrorlangan vinil va amidoelastosun’iy charm-Tyuza tomonidan vinilsun’iy charm-T «sun’iy lok», astar uchun ishlatiladigan g'ovakli poliamidlateksli qoplamadir. U yuqori chastotali tok bilan birlashtirish mumkin bo'lgan astarsiz poyabzallarning ustki qismi uchun qo‘ llaniladi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling