Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Download 1.51 Mb.
|
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Tabiiy charmlar assortimenti. Tabiiy poyabzal charmlari ishlatilishi bo'yicha ikki guruhga: ustki va tag qismga bo'linadi.
Poyabzallarning ustki qismi uchun charmlar o‘ta yumshoqligi va uncha katta bo'lmagan qalinligi bilan xususiyatlidir. Ular quyidagi belgilari bo'yicha bo'linadi: oshlash hamda yuza qismini pardozlash usullari. ishlatiladigan xomashyosi, rangi, turi va boshqalar. Poyabzal charmlari oshlash usuli bo'yicha xromli, tannidli, qurama, yog'li va formaldegidli charmlarga ajratiladi. Yuza sirti (qismi)ni pardozlash usuli bo'yicha ular tabiiy (tabiiy gulini saqlovchi) va sun’iy yuza sirtli (boyitilgan) charmlarga bo'linadi. Sun’iy (boyitilgan) sirtli charmlarning yuza qatlami odatda qirib olingan hamda uning o'miga sun’iy yuza qoplam surtilgan bo'lib, ko'proq sun’iy (gul kesilgan) mereya bosiladi. Undan tashqari, charmlar yuza yoki astar tomonidan silliqlanib, badiiy naqsh solingan bo'lishi mumkin. Tabiiy charmlar rangi bo'yicha qora, oq, jigarrang, ochiq (och kulrang va binafsha rang), yorug' (qizil, sariq, zangori, havorang, to'q qizil, siyohrahg, to'q kulrang) va tabiiy tusli bo'ladi. Xromli oshlangan charmlar turlari bo'yicha xilma-xil. Yuzali xrom charmlari (xrom litsevoy) qoramol terilaridan olinadi. Ularga quyidagilar kiradi: upuka — yoshi 6 oygacha bo'lgan buzoqcha terisidan olingan charm, u eng qimmatli charmlardan biri hisoblanadi; buzoq (virostok va polukojnik) — yoshi 6 oydan yuqori buzoqlar terisidan olingan charm; buqa (novvos) va qisir sigir terisidan olingan charm va boshqalar. Bularning barchasi yetarli darajada zich, kam cho'ziluvchan, yumshoq, tabiiy yuza sirtli va o'zining tabiiy guli bilan bo'ladi. Yuzali xrom charmlar har xil yoshdagi guruhlar uchun modabop va ommabop poyabzallar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Shevro — maydoni 60 dm2, dan ortiq bo'lmagan yosh echkilarning terisidan olingan yupqa va yuqori sifatli charm. Shevroning yuzasidagi guli (mereyasi) baliq tangachalarini eslatuvchi chiroyli mayda naqshi bilan ajralib turadi. Ular modabop poyabzallar olishda qo'llaniladi. 2-rasm. Shevro Echki xromi (kozlina) yoshi katta echki terilaridan olinadi. U shevroga nisbatan qalin, maydoni katta, qattiqroq va yuzasidagi gullari kattaroq bo'ladi. Shevret shevroga nisbatan mustahkamligi kam (bo'sh) va yumshoq cho'ziluvchan charm bo'lib, qo'y terisidan olinadi. Yuzasidagi tabiiy rasmi bo'yicha shevroga o'xshash. Undan, asosan, xonada kiyiladigan va yozgi yengil poyabzallar tayyorlanadi. Xromli cho'chqa charmi (cho'chqa xromi) — yuza qismidagi rasmi uyachalarni eslatuvchi dag'al va qattiq charm. Dermada ochiq leshikchalar mavjud Qun tolasining jun xaltalarida), ayniqsa, ular astar tomonidan yaxshiroq ko'rinadi. Bu esa o‘z navbatida charmning yuqori darajada nam o'tkazuvchanligini bildiradi. Xromli cho‘chqa charmlari quruq, kam to'ldirilgan va ushlaganda dag'al bo'lishiga qaramasdan, nisbatan yuqori mustahkamlik chegarasiga ega. Ular bosib naqsh berilgan yoki yuzasi boyitilgan holda ishlab chiqariladi. Ko'proq har xil maishiy va sport poyabzallari tayyorlanadi. Ot terisidan olingan xromli charmlar yuzasidagi guli (mereya)ning echki terisi guliga o'xshashligi hamda tolali tuzilishi bo'yicha tana va buqalarnikiga yaqinligi bilan ajralib turadi. Ular ko'pincha tabiiy yuza qatlami yoki sun’iy qoplami kesilgan holda mereyali qilib ishlab chiqariladi. Xromli ot charmlaridan erkaklar, uyollar va bolalarning har xil poyabzallari tayyorlanadi. Velyur — qalin, bir tusli past patli, asosan, qora yoki jigarrangli Charm. U upuka, buzoq, echki xromi va yuza qismida ko'proq nuqsonlari bo'lgan hamda boshqa charmlarning astar tomonidan »illiqlash yo'li bilan olingan charm. 3-rasm. Velyur Nubuk — nuqsonlari bo'lgan charmlarning yuza tomonidan silliqlab olingan pat qoplami past bo'lgan charm. U yozgi poyabzallarning yuza qismi uchun ishlatiladi. Loklangan charmlar yuzali xrom charmlari (upuka, buzoq va boshq.), echki, shevro, ot, cho'chqa va boshqa xromli charmlarning yuza qatlamiga poliuretanli lok qoplash yo'li bilan olinadi. Juda yaltiroq bo'ladi, ranglar gammasi xilma-xil (oq, qora, jigarrang va boshq.). Erkaklar, ayollar va bolalarning chiroyli poyabzallari uchun ishlatiladi. Bulg'ori (yuft) charmlar qurama usulida olingan charmlar qatoriga kiradi va poyabzallarning ustki qismi uchun qo'llaniladi. Tarkibida yog' moddasining ko'pligi, qalinligi va mustahkamligi bo'yicha xromli charmlardan farq qiladi. Ishlatilishi bo'yicha poyabzal va sandal bulg'ori charmiga bo'linadi. Poyabzal bulg'ori charm tarkibida 26— 30 % yog' bo'lib, u suvga chidamlilik xususiyatini beradi. Ko'proq maxsus va ishchi poaybzallar tayyorlanadi. Xomashyosi bo'yicha sigir (eng zieh, mustahkam va suvga chidamli), cho'chqa (yupqaroq, qiltiq junlaridan qolgan teshikchalar mavjud) va ot (g'ovakroq va bo'shroq) bulg'ori charmlariga ajratiladi. Sandal bulg‘ori charmining tarkibida (6—12%) yog' moddasi kamroq, qattiqroq, tabiiy va sun’iy yuzali (mereya) bo'ladi va sandallar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Zamsha — bu patli charm bo'lib, yog'lash usuli bilan oshlanadi va bug'u, kiyik, uy va yovvoyi echki terilaridan olinadi. Zamsha yetarlicha mustahkam, yumshoq, havo o'tkazuvchan hamda suvga chidamli, ko'proq qora rangga bo'yaladi. Undan ayollarning modali poyabzallari tayyorlanadi. 4-rasm. Nubuk va Zamsha materiallaridan ishlab chiqarilgan poyabzallar Poyabzallarning tag qismi uchun charmlar ko'proq qoramol, oz miqdorda cho'chqa va ot terisidan tayyorlanadi. Ular o'ta qalinligi hamda qattiqligi bilan ajralib turadi, qurama usulda oshlash yo'li bilan olinadi. Poyabzallarning tag qismi uchun charmlar ishlatilishi bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: tagcharmli (qalinligi 3,6—6 mm, asosan cheprak-qoramol terisining o‘rta qismi va otning sag'risi), patakli (bo'yni va qalinligi 3,5 mm. dan kam bo'lgan qorin qismi) va poshna fliklari (yig'ma poshna qatlami). Cho'chqa terisidan tayyorlangan tagcharm qalinligi nisbatan kamroq. Bu charmlar qattiqlik darajasi bo'yicha tagcharmi ip, yelim hamda burama mixlarda mahkamlanadigan poyabzallar (ko'proq qattiq) uchun ishlatiladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling