Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Charm poyabzallarning tasnifi va assortimenti
Download 1.51 Mb.
|
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash
Charm poyabzallarning tasnifi va assortimenti. Charm poyabzallari ishlatilishi bo'yicha maishiy, sport, ishlab chiqarish, ortopedik va profilaktik poyabzallarga bo'linadi. Undan tashqari, milliy poyabzallar (maxsi va kovushlar) ham ishlab chiqariladi.
Maishiy poyabzallar charm poyabzallari assortimentida asosiy o'rinlarni egallaydi; sport poyabzallari — sport bilan shug'ullanishda ishlab chiqarish poyabzallari — issiq sexlarda, kimyo korxonalarida va sanoatning boshqa tarmoqlarida; ortopedik poyabzallar — oyoq shikastlanganda, oyoq kaftida kasallik bo'lganda; profilaktik poyabzallar — oyoq kaftining o'zgarishiga yo'l qo‘ymaslik uchun ishlatiladi. Maishiy poyabzallar yuza qismi tanavorining materiali, rangi, ishlab chiqarish usuli, tagcharmining ashyosi hamda mahkamlanish turi va xillari bo'yicha bo'linadi. 9-rasm. Charm poyabzallarning tasnifi va assortimenti Yosh va jinsi bo'yicha barcha charm poyabzallari bulg‘ori va maxsus poyabzallardan tashqari, quyidagi guruhlarga bo'linadi: erkaklar (o'lchami 245— 275 mm), o'g'il bolalar (230 255 mm), qizlar (230—250 mm), maktab yoshidagi qiz va o'g'il bolalar (205— 225 mm), bolalar (180—200 mm, 5—7 yosh), yosh bolalar uchun (145—175 mm, 3—5 yosh), gusariklar (120—140 mm, 3 yoshgacha) va pinetkalar (95—125 mm, 1 yoshgacha). Agar har xil yosh hamda jins guruhlari uchun mo'ljallangan poyabzallarining o'lchamlari (raqami) bir-biriga to'g'ri kelib qolsa, u holda ularning kimga ckanligi poyabzalning bichilish tarzi, bezak pardozi, rangi, materiali va boshqa belgilari bo'yicha aniqlanadi. Ustki qismi materiali bo'yicha poyabzallar bulg'ori, xromli, to'qimachilik materially sun’iy charmli va aralash materialli bo'ladi. Bulg'ori poyabzallar maishiy poyabzallar assortimentida uncha yuqori bo'lmagan o'rinni egallaydi. Ular ko'pincha ishlab chiqarish poyabzallari sifatida ishlatiladi; mustahkam, suvga chidamli va tagcharmi rezina hamda kamroq tabiiy charmdan ishlab chiqariladi. Ularning assortimentiga etiklar, yarim etiklar, botinkalar, baxillar, untlar va boshqa maxsus poyabzallar kiradi (baliqchilar, ovchilar hamda o'rmonchilar uchun). Xromlipoyabzallar charm poyabzallari assortimentida katta o'rinni egallaydi. Ular xromli oshlangan charmlardan (yuzali xromlar, shevro, shevret, velyur, lokli charmlar, ayrim hollarda zamsha va bulg'or charmlari) tayyorlanadi. Bundan tashqari, sun’iy charmlar hamda to'qimachilik materiallari ham ishlatiladi. Xromli poyabzallar nisbatan ycngil, egiluvchan, yaxshi gigiyenik va estetik xususiyatlarga ega. Ustki qismi to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan poyabzallar assortimentda kamchilikni tashkil etadi. Ularni tayyorlashda ko'proq gazlamalar, noto'qima materiallar, kamroq har xil tolali trikotaj matolari ishlatiladi. Bunday poyabzallar qurama poyabzallar deb ataladi. Ularning assort i me nt iga etiklar, etikchalar, yarim etiklar, botinka va yarim botinkalar, tuflilar kiradi. Sun’iy charmdan tayyorlangan poyabzallar 7 yoshgacha bo'lgan bolalardan tashqari, aholining barcha yosh va jins guruhlari uchun ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish usuli bo'yicha maishiy poyabzallar mexanik va qo‘l usuliga ajratiladi. Qo‘lda ishlab chiqariladigan poyabzallarda rantni tikish va tanavorni qolipga tortish qo'lda bajariladi. Tayyorlash tarzi bo‘yicha erkaklar va ayollar poyabzallari ommabop, modabop, bolalar hamda yosh bolalar poyabzallari ommabop va bezakli guruhlarga bo‘linadi. Zamonaviy poyabzallar ommabop poyabzallarga nisbatan yuqori sifatli qimmatbaho materiallardan tikiladi, yaxshi bezalgan va patagi tabiiy charmdan tayyorlanadi. Shuning uchun ular bejirim, yengil va murakkab bczak pardozli bo‘ladi. Bolalarning bezatilgan poyabzallari ham ko'proq qimmatbaho materiallardan (xromli lok, upuka va boshq.), ochiq, rang-barang tusli, qismlari bir rangli, qurama, turli shaklli qoplamalar va dekorativ bezaklar bilan bezalgan holda chiqariladi. Tagcharmining materiali va mahkamlash uslubi bo'yicha poyabzallar tabiiy charm, rezina, plastmassa hamda kigiz tagcharmli bo'lib, yelimlash, ipli, qurama usullarda tayyorlangan poyabzallarga ajratiladi. Poyabzallarning asosiy turlariga etiklar, etikchalar, botinkalar, yarim botinkalar, tuflilar, sandal va sandaletlar kiradi. Ularning xili yoki narxini aniqlashda modelining murakkabligi asosiy belgi bo'lib hisoblanadi. Poyabzallarning tumshuq qismi fasoni va poshnasi modaning ta’sirida tez-tez o'zgarib turadi. Tumshug'i ingichka, kesik, oval va aylana, poshnasi stolbaga o‘xshash, shpilka, ponaga o'xshash va boshqa shakllarda bo'lishi mumkin. Poshnalar balandligi bo'yicha past (26 mm.gacha), o‘rta (26—45 mm), baland (46—60 mm) va juda baland (60 mm. dan yuqori) bo'ladi. Modelining murakkabligi ustki qismi tanavorining bichilish shakli bilan tavsiflanadi. Murakkablilik darajasi bo'yicha ommabop poyabzallar uch toifaga bo'linadi: silliq, pardozli va shaklli bichilgan. Modabop erkaklar poyabzallari birinchi va ikkinchi, ayollar modabop poyabzallari birinchi, ikkinchi va uchinchi murakkablilik toifalarga bo'linadi. Bolalarning bezatilgan poyabzallari faqat shaklli bichimda tayyorlanadi. Etiklar bichilgan va kamroq tortilgan (usiki qismi bir bo'lak charmdan tayyorlangan) holda ishlab chiqariladi. Etikchalar, yarim etikchalar etiklardan qo'njisining balandligi, modelining xilma-xilligi, bezaklari va berkililadigan ilmog'i (zastyojka) bilan t'arq qiladi. Ular harxil balandlikdagi poshnalarda ishlab chiqariladi. Botinkalar oyoqni pastki boldir qismigacha. yarim hotinkalar lo'piqqacha yopib turadi. Bichilishi va konslruksiyasining o'ziga xos xususiyatlari bo'yicha turli-tuman bo'lishi mumkin. Ilmog'i esa xilina xil (shnur, rezinka, pryajka, «molniya» ilmoqli va boshq.). Tufli yarim botinkaga nisbatan ko'proq tanavorining (laxminan uzunligining 2/3 qismi, yarim botinkada uzunligining yarmigacha) ochiqligi bilan farq qiladi. Tuflilar uchun ko'proq murakkab bichimlar, bezakli pardozlar va chiroyli siluetlar xosdir. Tuflilar tanavorining an'anaviy bichimiga qayiqcha (lodochka) bichimi, yozgi ochiq lumshuqli hamda ochiq o'kchali, pantolet turidagi (qayishsiz ochiq o'kchali), qayishlardan bichilgan va boshqalar kiradi. Sandallar sandal usulida mahkamlangan, astar va pataksiz, mayda, katta-katta teshikli, biryoki ikki berkitiladigan qayishli hamda poshnasiz poyabzal. Sandaletlar har xil bichimli yozgi yarim botinka. odatda. kattakatta teshikli, rantli, yonbosh va qurama uslublarda mahkamlangan bo'ladi. Sandaletlar erkaklar, ayollar, o'g'il bolalarva maktab yoshidagi bolalar uchun ustki qismi tabiiy charm hamda stin'iy materiallardan tayyorlanadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling