Tovarlar kimyosi fanidan uslubiy qoʻllanma mavzu: Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash


Download 1.51 Mb.
bet9/12
Sana18.10.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1708908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Poyabzal mahsulotlarini kimyoviy tarkibi va ularni sinflash

3. Rezina poyabzallari
Rezina poyabzallariga yaxlit rezina hamda rezinali yoki rezinasiz to'qimachilik materiallari va plastmassadan tayyorlangan poyabzallar kiradi. Ularning tag qismi doimo rezinadan tayyorlanadi. Rezina poyabzallari odatda ko'proq noqulay (namlik, ifloslik) sharoitlarda ishlatiladi, shu bilan birga oyoqdan tashqari, boshqa poyabzallarning ustidan ham kiyiladi.
Rezina poyabzallari ishlab chiqarishda asosiy materiallar qora, rangli, pigment yoki organik bo'yoqlar bilan bo'yalgan rezinalar oraliq qismlari tayyorlashda ishlatish uchun qo'llaniladigan rezinali latta aralashmasi hamda qoplama rezinali aralashmalar hisoblanadi. Keng ko'lamda to'qimachilik materiallari (ikki qatlamli kirza, velvet, yarim duxoba, sukno, gabardin va boshq.), sun’iy mo'ynalar, plastmassa va loklar ham ishlatiladi.
Rezina poyabzallari ishlab chiqarish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: yelimlash, qoliplash (shtamplash), shakl berish (formalash), bosim ostida quyish, suyuq va plastizolda shakllash.
Yelimlash usuli ko'p mehnat talab qilishiga qaramasdan, rezina poyabzallarining barcha assortimentini tayyorlashda qo'llaniladi. I liar konveyerga mahkamlangan alumin qoliplarda oldin ichki. so'ngra oraliq va tashqi detallarini bir-biriga ketma-ket yelimlab yopishlirish yo'li bilan tayyorlanadi. Qismlar birlashgan joylari qo'l yoki mashina yordamida yaxshiroq birlashtirish uchun siqiladi. So'ng poyabzallar loklanadi va vulkanizatsiya qilinib, qolipdan chiqariladi. Juft-juft qilinib komplekllanadi, navlarga ajratiladi va tamg'alanadi. Yelimlangan poyabzallar yengil, egiluvchan, qismlari relyef shaklida chiqib turuvchi sirtqi ko'rinishi bilan tavsiflanadi. Poyabzal devori nisbatan yupqa, lekin tagcharmi yelimlangan chiziqlari bo'yicha siqilgan joylari koʻrinib turadi.

10-rasm. Poyabzallarni yelimlash usuli
Qoliplash (shtamplash) usuli erkaklar va o'g'il bolalar kalishlarini tayyorlashda qodlaniladi. O'zagi poyabzal uchun qolip sifatida xizmat qiladigan maxsus taxtakach-shakl ishlatiladi; ichki qismlardan tayyorlangan karkas (astar, dastak, pataklar) yelimlanib o'zakka kiygaziladi. Taxtakach-shakl matritsasi va qolip-o‘zagi orasida ma'lum oraliq bodadi hamda shu oraliqqa qizdirilgan rezina aralashmasi oqib tushadi va todadi. So'ngra poyabzal qolipdan chiqarilib, ortiqcha rezina qoldiqlaridan tozalanadi, loklanadi va vulkanizatsiya qilinadi. Qoliplangan poyabzallar yelimlangan poyabzallarga nisbatan devori qalin, qayishqoq va taxtakach-shakldan qolgan izi bodadi.

10-rasm. Poyabzallarni qoliplash usuli
Shakl berish usuli etik hamda ustki qismlari to‘qimachilik materiallaridan bodgan poyabzallar (tufli, yarim botinka va botinkalar) olishda qodlaniladi. Shakl berish vulkanizatsiyalash pechlarida amalga oshiriladi; qolip-o‘zakka ishlov berilgan rezina aralashmasidan yigdlgan ichki va oraliq qismlarining tanavori (paypoq) kiygiziladi, sodigra poyabzalning oldindan qizdirilgan tashqi qismlari bilan qoplanadi va bir yoda vulkanizatsiyalash bilan birga poyabzalga shakl beriladi. Bu usulda poyabzal loklanmaydi, ularda ham taxtakach shakldan qolgan izlar boʻladi.

11-rasm. Poyabzallarga shakl berish usuli
Keyingi vaqtlarda bosim ostida quyish usulidan keng foydalanilmoqda va yetikchalar, erkaklarning sport tuflilari hamda botinkalari tayyorlashda qodlanilmoqda. Bu usulda poyabzalning tashqi qismlari press-shaklning tekis bo'shligdga tor teshik orqali qizdirilgan rezina aralashmasi va plastikatlarni purkash yodi bilan olinadi. Bu oraliq o‘z navbatida qolipdagi poyabzal karkasiga hamda quyiladigan qismlar sirtiga tutashib turadi, ularning sirtiga o'xshaydi. Bu usulda olingan poyabzallarda quyma qoldigdning izlari qoladi.
Rezina poyabzallari tayyorlashda qodlaniladigan kimyoviy uslublar (PVX plastizolidan quyish) ham keyingi vaqtda etikchalar, etiklar va boshqa turdagi poyabzallar tayyorlashda muvaffaqiyatli ravishda ishlatilmoqda.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling