Aminokislotalarning fazoviy tuzilishi
-Aminokislotalar konformasiyasini aniqlash uchun solishtiruvchi etalon sifatida chapga buruvchi serin molekulasi qabul qilingan. L-Serinning fazoviy konfigurasiyasi L-gliserin aldegidiga aynan o’xshash:
Oqsillarda uchraydigan barcha -aminokislotalar L-konfiguratsiyaga ega bo’lsa ham, bu -aminokislotalarning burish yo’nalishi har xil bo’lishi mumkin. Tabiiy -aminokislotalardan serin, treonin, tsistin, tsistein, metionin, prolin, oksiprolin, gistidin, asparagin, oksilizin, fenilalanin, tirozin, triptofan va leytsinlardan boshqalari o’ngga buruvchidir. R,S-nomenklaturaga asosan ko’pchilik “tabiiy” yoki L- aminokislotalar S-konfigurasiyaga egadirlar.
Kislotali xossaga ega aminokislotalar yon zanjirida ularga kislota xossasini beruvchi qo’shimcha karboksil guruh tutadilar.Bu aminokislotalar spirtli eritmalarda erimaydigan kaltsiyli va bariyli tuzlarni hosil qiladilar.Aminokislotalarning bu guruhiga quyidagilar kiradi:
L-Asparagin kislota (Asp)
(-CO2H) = 3.86
2)L- Glutamin kislota (Glu)
(-CO2)=4.25
Asosli xossaga ega aminokislotalar yon zanjirida qo’shimcha aminoguruh tutadilar. Bu aminokislotalar ma’lum kislotalarbilan cho’kma hosil qiladilar. Aminokislotalarning bu guruhiga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |