Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Transport-ekspeditorlik xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Transport-ekspeditorlik xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy
talablar. Transport ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning asosiy vazifasi yuklarni buyurtmachi uchun ko‘proq samarali bo‘lgan bitta yoki bir nechta transport turlarida etkazib berishning optimal variantini qidirish bo‘lib hisoblanadi. Transport tizimining yaxlitligi yuklarni jo‘natish punktidan oxirgi iste’mol punktigacha transportning har xil turlarini qo‘llash bilan tashishni tashkil qilish imkonini beradi. Bizning mamlakatimizda bu ko‘proq dolzarb bo‘lib hisoblanadi va territoriyaning kattaligi, tabiiy suv yo‘llarining ko‘pligi, noqulay iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarning borligi, landshaftning turli-tumanligi va boshqa davlatlar bilan suv va quruqlik orqali o‘tadigan chegaralarning borligi bilan shartlanadi. Aralash tashishda yuklarning katta qismi oxirgi iste’molchiga avtomobil transportidan foydalanish bilan etkazib beriladi. Keyingi o‘n yilliklarda transportning rivojlanishi sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Tovarlarni etkazib berishning sifatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortishi, transportga nisbatan qo‘yiladigan ekologik talablarning qat’iylashishi aralash va kombinatsiyalangan tashishlardan foydalanishni kengaytirishga chaqiradi. Etkazib berish jarayoni murakkablashmoqda, etkazib berish muddatlari va grafiklariga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortishi bilan bir paytda tobora ko‘plab bosqichlar paydo bo‘lmoqda. Xalqaro birlashmalar va assotsiatsiyalar transport-ekspeditsion operatsiyalar va xizmatlarning asosiy qoidalari va sifat darajasini shakllantirmoqda, ular ekspeditor spravochnigida keltirilgan. Ekspeditorlik faoliyati transport jarayonining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va tashuvchining majburiyatlari doirasidan tashqariga chiqadigan murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ishlar majmuasini qamrab oladi. O‘zining Nizomiga muvofiq yoki bevosita tashuvchi, ya’ni transport tashkiloti bo‘lib hisoblanmagan holda ma’lum bir to‘lov evaziga yuklarni tashib 15 berishni ta’minlaydigan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ekspeditor bo‘lishi mumkin. Ekspeditor shuningdek yuklarni to‘plash, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, barcha to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalar bo‘yicha ekspeditsiya shartnomasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni ham bajaradi. Ekspeditolrning bunday tushunilishiga aralash tashish operatorining ta’rifi ham mos keladi. Ekspeditorlarga keng huquqlarning taqdim qilinishi ularning zimmasiga mos keluvchi majburiyatlar va javobgarlikni yuklashni ham ko‘zda tutadi. Xususan, yuridik yoki jismoniy shaxs ekspeditsion faoliyatni amalga oshirishga ruxsat olishi uchun quyidagi talablarga javob bera olishi lozim: · malaka guvohnomasi bilan tasdiqlangan mos keluvchi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish; · yuksak axloqiy mavqega ega bo‘lish, bu mazkur shaxs hech qachon sudning qarori bilan aldov, firibgarlik va boshqa shunga o‘xshash jinoyatlarda aybdor deb topilmaganligini, diskvalifikatsiyaga tortilmaganligi yoki ekseditorlik operatsiyalarini bajarish huquqidan mahrum qilinmaganligini, ekspeditorlik faoliyati qoidalarini buzishda aybdor deb topilmaganligini, mehnat va soliq qonunlarini hamda ijtimoiy ta’minot talablarini buzmaganligini bildiradi; · tovarni ekspeditsiyalashga berilgan topshiriqni bajarishga moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qodir bo‘lish. Ekspeditor yuklarni tashishda ishtirok etadigan barcha tomonlar bilan hamkorlik qiladi, tovarni eng ishonchli, eng tezkor, eng tejamli usulda tashishni tashkil qiladi. Samarali xalqaro faoliyat yuritish uchun ekspeditor tajribali va ishonchli korrespondentlik tarmog‘iga ega bo‘lishi yoki dunyoning ko‘proq muhim bo‘lgan tijorat markazlarida o‘zining bo‘limlariga ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. SHu tufayli u yuklarni tashishga buyurtmalar qabul qilishi, transport vositasining bo‘sh qaytmasligini ta’minlashi va yukning harakatlanishini nazorat qilishi mumkin bo‘ladi. Unchalik katta bo‘lmagan transport-ekspeditsion korxonalar doirasida iqtisodiy xo‘jalik yuritishning turlicha formalari samarali ravishda qo‘llanilishi, 16 ilmiy-texnik eksperimentlar o‘tkazilishi, transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning yangi turlari sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling