Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Ekspeditorlar va agentlarning faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va milliy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Ekspeditorlar va agentlarning faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va milliy
assotsiatsiyalar.
Keyingi yillarda transport sferasidagi xalqaro aloqalar sezilarli darajada
mustahkamlandi, turli darajalarda yagona transport siyosatining asosiy
tamoyillarini (prinsiplarini) ishlab chiqishda bir-birlarini yaxshiroq tushunish
bo‘yicha konkret qadamlar qo‘yildi.
1926 yilda o‘n oltita Evropa mamlakatlarining ekspeditorlik assotsiatsiyalari
Venada Ekspeditorlik Assotsiatsiyalarining Xalqaro Federatsiyasini (rus. FIATA)
– International Federationof Freight Forwarders Associations (FIATA) tashkil
qilganlar, u ekspeditorning xalqaro darajadagi faoliyati uchun qulay sharoitlarni
yaratish, transport hujjatlarining yagona formasini ishlab chiqish, ekspeditsion
faoliyatning qoidalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Ekspeditorlik
assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi hozirgi kunda dunyodagi eng yirik
nohukumat tashkiloti bo‘lib hisoblanadi, uning bo‘limlari 151 ta mamlakatda
mavjud bo‘lib, ichki va tashqi savdo tovarlarini etkazib berish funksiyasini
bajaradigan turlicha mulk shakliga ega bo‘lgan qariyb 50 mingta ekspeditorlik
tashkilotlarining faoliyatini qamrab oladi.
FIATA ning asosiy vazifalari quyidagi funksiyalar bilan belgilanadi:
· dunyodagi barcha mamlakatlarning ekspeditorlarini yaglna tashkilotga
birlashtirish va jahon ekspeditorlik bozorida ularning manfaatlarini taqdim
qilish;
· tovarlarni etkazib berish va yuklarni tashish bilan shug‘ullanadigan, shu
bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni bajaradigan xalqaro tashkilotlarning
ishlarida ishtirok etish vositasida ekspeditorlarning manfaatlarini himoya
qilish;
· ishchi doiralar va keng jamoatchilikni jahon savdosining tovarlarini
tashishda iqtisodiyotning ekspeditorlik sohasining maqsadlari, vazifalari va roli
bilan tanishtirish;
· ekspeditorlik xizmatlarning sifatini, xususan, unifikatsiyalangan (bir xil
qolipga keltirilgan) ekspeditorlik hujjatlarini, ekspeditsion faoliyatning


13
namunaviy shartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, sug‘urtalash
masalalarini hal qilish, informatsiya bilan almashinishning elektron vositalarini
joriy qilish yo‘li bilan oshirish;
· ekspeditor kadrlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga ko‘maklashish.
FIATA doirasida aralash (multimodal) tashish konosamenti, omborxona
tilxati, yukning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikat, transport sertifikati kabi
hujjatlar ishlab chiqilgan va keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, milliy ekspeditorlar
tomonidan o‘zlarining ekspeditsion shartlari ishlab chiqilishi uchun namuna
sifatida ekspeditsion shartlarning loyihasi qabul qilingan. qorida sanab o‘tilgan
hujjatlar dunyo amaliyotida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, yuqori mavqega ega
va ishchi doiralar tomonidan ekspeditorning yuqori ishonchliligi va
professionalizmining isboti sifatida e’tirof etilgan.
Tashkiliy tuzilish jihatidan FIATA uchta institut (multimodal tashishlar,
havo orqali tashishlar va bojxona ishi), shuningdek huquqiy masalalar,
jamoatchilik bilan aloqalar, xavfli yuklarni tashish, kasbiy tayyorgarlik, dengiz
orqali tashish, temir yo‘l transporti bilan tashish, avtomobillarda tashish va
bojxona masalalari bo‘yicha qo‘mitalar (komitetlar) va ishchi guruhlaridan tarkib
topgan. Syurixda joylashgan direksiya FIATA ning doimiy ishchi organi bo‘lib
hisoblanadi.
Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining asosiy maqsadi o‘zining
a’zolariga ekspeditorlik funksiyalarini bajarish uchun qulay sharoitlarni yaratish va
o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish asosida foyda olish bo‘lib hisoblanadi.
Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga
qaratiladi:
· ekspeditorlarni yagona milliy ekspeditorlik assotsiatsiyasiga birlashtirish, bu
assotsiatsiyaning o‘zining normal faoliyat ko‘rsatishi va ekspeditorlarning
ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi
uchun zaruriy shart bo‘lib hisoblanadi;
· ichki bozorda rossiyalik ekspeditorlarning manfaatlarini himoya qilish va bu
manfaatlarni davlat hokimiyati organlarida taqdim qilish ishlari;


14
· tashqi bozorda ekspeditorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling