Transport iqtisodiyoti


Ishlab chiqarish zahiralarini rejalashtirish


Download 252.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana31.01.2024
Hajmi252.73 Kb.
#1832813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisod kurs ishi Egamberdiyev Firdavs .

Ishlab chiqarish zahiralarini rejalashtirish. Ishlab chiqarish jarayonining bir 
maromliligi va uzluksizligini ta’minlash uchun yo‘l xo‘jaligi bo‘limlari ish sharoitiga 
to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlangan bo‘lishlari kerak. 
Zahiralar tashkil etish zaruriyati shundaki, alohida turdagi asosiy materiallar turlari 
bo‘yicha Yetkazib berishlar miqdori, u materiallarni iste’mol qilish muddatlari bilan mos 
kelmaydi.
Davrdan davrga o‘tuvchi zahiralar – bu yo‘l tashkiloti uchun zaruriy bo‘lgan 
rejadagi material resurslardir.


Davrdan davrga o‘tuvchi materiallarning umumiy zahirasi quyidagilarni ko‘zda 
tutadi: 
-materiallarning yetkazib berilishlari orasidagi omborxonada bo‘lish vaqtlari; 
-ya’ni joriy zahira N
tek
 (M
joriy
)
-materiallarni 
texnologik 
jihatdan 
ishlab 
chiqarishga 
tayyorlash 
vaqti, 
tayyorgarchilik zahirasi N
podg
 (N
tayyorg
.)
-to‘lov hujjatlarining yetib kelishi bilan moddiy boyliklar yetib kelishi bilan moddiy 
boyliklar Yetib kelishi orasidagi vaqt farqi-transport zahirasi N
tr
.
-materiallarning qurilish tashkiloti omborxonasida kafolatlangan zahira sifatida 
bo‘lish vaqti, N
gar
(N
kafolat
); 
N
p.z.

 N
tek

 N
podg

 N
tr

 N
gar
Joriy zahiraning miqdori materiallarning Yetib kelish vaqti va ularni to‘xtovsiz 
iste’mol etilishlari bilan bog‘liq. U Yetkazib berishlarning vaqti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liq, chunki materiallar qanchalik tez-tez keltirilib turilsa, shunchalik joriy zahira 
miqdori kamroq bo‘ladi. Joriy zahira me’yori odatda ikkita Yetkazib berishlar orasidagi 
vaqt intervalining 50 foiz miqdorida qabul qilinadi.
Tayyorgarchilik zahirasi komplektlanish, materiallar sifatini laboratoriyada 
tekshirish, materialni qabul qilish va omborxonadan Yetkazib olib kelish vaqtlarini 
hisobga oladi.
Transport zahirasi moddiy boyliklarning temir yo‘l orqali Yetib kelishi vaqti bilan 
to‘lov hujjatlarini pochta orqali Yetib kelish vaqtlari orasidagi farqdan iborat.
Kafolat zahirasi Yetkazib berishlardagi bir maromlilikni kutilmagan holda 
buzishlarini oldini olish uchun kerak. Uning miqdori joriy zahira me’yorining 50 foiz 
miqdorida qabul qilinadi.
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar me’yori, ya’ni yonilg‘i va 
boshqa materiallar zahirasini hosil qilish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar me’yori ham, 
rejalashtirilayotgan davrdan oldingi yilda amalda mavjud bo‘lgan o‘rtacha ma’lumotlarga 
asoslanib, kunlarda belgilanadi.
Kam qiymatli va tez Yeyilib ketadigan predmetlar zahirasini hosil qilish uchun kerak 
bo‘ladigan aylanma mablag‘lar me’yori ham rejalashtirilayotgan yildan avvalgi yil 
hisobotlari asosida aniqlanadi va bir ishlovchiga nisbatan pul ko‘rinishida belgilanadi.

Download 252.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling