Transport iqtisodiyoti


Muomala sferasidagi aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish


Download 252.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana31.01.2024
Hajmi252.73 Kb.
#1832813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Iqtisod kurs ishi Egamberdiyev Firdavs .

Muomala sferasidagi aylanma mablag‘larni me’yorlashtirish. 
Muomala sferasidagi aylanma mablag‘larning miqdori bajarilgan ishlar uchun 
schetlar bo‘yicha buyurtmachilarning qarzlari pul mablag‘lari, vaqtinchalik boshqa 
tashkilotlarda bo‘lgan mablag‘lar (debitorlar) har qaysi elementlar bo‘yicha alohida–
alohida aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlar uchun buyurtmachilar bilan hisoblashishi 
uchun aylanma mablag‘larning reja bo‘yicha miqdorini hisob-kitob opreatsiyalarini 
rasmiylashtirish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan davriylik va vaqt, korxonaning o‘z 
kuchi bilan bajariladigan o‘rtacha bir kunlik ish hajmi, ya’ni rejalashtirilgan tannarx 
bo‘yicha yillik ish hajmini 365 ga nisbati, asoslanib hisoblab chiqarish mumkin.
Doimiy kamaymaydigan pul mablag‘lari qoldig‘ining rejadagi miqdori yo‘l 
tashkilotini buyurtmachilarga ishlarni topshirish, schetlarni yozish va ularni to‘lov uchun 


taqdim etish vaqtlari davrida pul mablag‘lari bilan ta’min etilishi uchun belgilanadi. 
Bunda bajarilgan ishlarni buyurtmachilarga topshirish, qabul qilish, hisob-kitob 
hujjatlarning pudratchi va moliyalashtiruvchi tashkilot banklari o‘rtasidagi pochta 
aloqalariga zarur bo‘ladigan vaqtlar hisobga olinadi.
Yo‘l tashkiloti bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi, aylanma mablag‘larning 
barcha elementlari bo‘yicha hisoblab chiqilgan normativlar yig‘indisiga teng bo‘ladi. 
Yo‘l tashkiloti ixtiyorida bo‘lgan aylanma mablag‘larni umumiy harakterlash uchun
aylanma mablag‘larning (korxonaga qarashli bo‘lgan) umumiy me’yoriy foizlarda 
hisoblab chiqiladi, buning uchun aylanma mablag‘lar umumiy me’yorini 
rejalashtirilayotgan yilda smeta 68 qiymati bo‘yicha korxonaning o‘z kuchi bilan 
bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmiga bo‘linadi.
Aylanma mablag‘larni hosil qilish manbalari. 
Aylanma mablag‘larning hosil bo‘lish manbalari – bu moliyaviy resurslardir.
Yo‘l tashkilotlarining aylanma mablag‘lari hosil bo‘lish manbalari bo‘yicha 
korxonaning o‘ziga tegishli va qarzga olinadigan, ya’ni bank muassasalaridan vaqtincha 
foydalanish uchun olingan (kreditlar), buyurtmachilar yoki boshqa tashkilotlardan 
vaqtinchalik jalb etilgan (kreditorlar) mablag‘laridan iborat bo‘lishi mumkin.
Korxonaning o‘ziga tegishli bo‘lgan aylanma mablag‘lar korxonaning o‘z 
mablag‘laridan va o‘z mablag‘lariga tenglashtirilgan mablag‘lardan (turg‘un passivlar) 
tashkil topadi. 
Korxonaga tegishli mablag‘lar bilan yo‘l tashkilotlari ularni tashkil etilishida ta’min 
etiladilar. Korxonaning mablag‘larini qo‘shimcha ravishda to‘ldirib turish manbalari 
bo‘lib, korxona oladigan foyda va kapital mablag‘lar hiobiga olinadigan mashina va 
uskunalar bilan birga keladigan asbob-uskunalari, ehtiyoj qismlarning qiymatlari xizmat 
qiladi.
Korxonaga tegishli mablag‘lar yo‘l xo‘jaligida doimiy foydalanishda bo‘lib, uni 
xo‘jalik mustaqilligining zaruriy sharti hisoblanadi.
Korxona aylanma mablag‘lariga «turg‘un passivlar» deb ataluvchi moliyaviy 
resurslar ham tenglashtiriladi, ular hisob-kitoblar sharti bo‘yicha tashkilotda aylanishda 
bo‘ladilar.
Turg‘un passivlarga quyidagilar kiradi:
-ishchi va xizmatchilarga oyning ma’lum bir kunlarida berilganligi sababli hosil 
bo‘ladigan ish haqi bo‘yicha doimiy minimal qarz; bu qarzning qiymati bir kunlik ish 
haqi fondlarining oy boshidan ish haqi to‘lanadigan kungacha o‘tadigan kunlar soniga 
ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. 
-ish haqi bo‘yicha turg‘un passivning qiymatidan belgilangan foiz bo‘yicha 
aniqlanadigan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bo‘yicha minimal qarz;
-biror bir to‘lovlar uchun yil mobaynida rezervlanib boriladigan pul mablag‘lari; 
masalan, har oy qurilish-montaj ishlari tannarxiga qo‘shilib boriladigan va keyinchalik 
ishchi va xizmatchilarning ta’tillarini to‘lovi uchun ishlatiladigan mablag‘lar.
-iqtisodiy rag‘batlantirish fondlaridagi mablag‘lar;


-to‘lov uchun rozilik berilgan, lekin to‘lov muddati hali Yetib kelmagan schetlar 
bo‘yicha mahsulot Yetkazib beruvchilarga qarzlar;
-kapital ta’mirlash uchun materiallar zahirasini to‘ldirishga sarflanadigan 
amortizatsiya fondlaridagi mablag‘lar;
Hozirgi paytda pudratchi qurilish tashkilotlarining aylanma mablag‘larga bo‘lgan 
ehtiyojining ko‘pgina qismi qarzga olinadigan mablag‘lar jalb etilgan moliyaviy 
resurslar, birinchi navbatda bank kreditlarning mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Qarz mablag‘larining ko‘pgina qismini materiallarning mavsumiylik zahirasini hosil 
etish, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini vaqtinchalik o‘stirish, yangi texnikani joriy 
etish va boshqalarga yo‘naltirilgan qisqa muddatli bank kreditlari tashkil etadi. Hozirgi 
kunda aylanma mablag‘larni hosil qilishda kreditlarning roli ancha kengaytirilgan. Qarz 
mablag‘larining miqdori moliyalashtiruvchi bankning kredit rejasida va yo‘l 
tashkilotining moliyaviy rejalarida o‘z ifodasini topadi. 

Download 252.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling