Transport iqtisodiyoti


Aylanma mablag‘larni ishlab chiqarish jarayonida me’yorlashtirish


Download 252.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana31.01.2024
Hajmi252.73 Kb.
#1832813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Iqtisod kurs ishi Egamberdiyev Firdavs .

Aylanma mablag‘larni ishlab chiqarish jarayonida me’yorlashtirish
Ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma mablag‘lar tarkibining eng ko‘p 
qismini tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar tashkil etadi. Ularning miqdori 
bajarilgan ishlar uchun qabul qilingan to‘lovlar tizimiga bog‘liq.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘larni me’yorlashtirishda 
hisob-kitoblar ob’ektlar bo‘yicha alohida-alohida amalga oshiriladi, ya’ni barcha ishlar 
tugagandan so‘ng to‘lovlar amalga oshiriladigan, tugallangan bosqichlar uchun oraliq 
to‘lovlarsiz to‘lov amalga oshiriladigan va reja bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmi uchun har 
oyda to‘lovlar amalga oshiriladigan ob’ektlar bo‘yicha va hokazo.


Tugallanmagan ishlab chiqarish uchun aylanma mablag‘larning normativi, qurilish-
montaj ishlariga bo‘ladigan o‘rtacha bir kunlik xarajat 66 miqdoriga, mablag‘larning 
tugallanmagan ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqtiga va xarajatlarning o‘sib borish 
darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bajarilgan ishlar uchun (reja bo‘yicha) har oyda muntazam 
ravishda to‘lovlar amalga oshirilib tursa, tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini 
qoplash uchun aylanma mablag‘lar normativi, korxonaning o‘z kuchi bilan bajariladigan 
yillik ish hajmining 10 foiz miqdorida belgilanadi. Barcha ishlar tugatilgandan so‘ng yoki 
ma’lum bir tugatilgan bosqich uchun to‘lovlar amalga oshiriladigan ob’ektlar bo‘yicha, 
tugallanmagan ishlab chiqarishga aylanma mablag‘lar normativi quyidagi formula 
yordamida hisoblanadi: 
N
n.p

vo

 X 

 V

 k 

o , so‘m 
bu yerda,
X - smeta bo‘yicha o‘rtacha bir kunlik ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, so‘m.
V - mablag‘larning tugallanmagan ishlab chiqarishda bo‘lish vaqti, kun;
k-xarajatlarning tugallanmagan ishlab chiqarishda o‘sib borish koeffitsiyenti;
o - ob’ektdagi ishlarning rejadagi tannarxining ularning smeta qiymatiga nisbati. 
Xarajatlarning o‘sib borish koeffitsiyenti tugallanmgan ishlab chiqarish o‘rtacha 
hajmini butun ishlab chiqarish tsikli davri uchun ob’ektning qiymatiga bo‘lib topiladi. 
Xarajatlar bir maromda ortib boradigan holatlarda tugallanmagan ishlab chiqarish 
sxemasini, ishlab chiqarish tsiklining boshlanishi va tugallanishiga ob’ekt qiymatiga 
bo‘lib aniqlanadi va u 0,5 ga teng bo‘ladi.
Xarajatlar bir maromda ortib bormaydigan holatlarda, qurilishning boshlanish 
davrida qanchalik ko‘p mablag‘ sarflangan bo‘lsa, koeffitsiyentning qiymati ham 
shunchalik yuqori bo‘ladi. Har bitta konkret holat uchun tugallanmagan ishlab chiqarish 
ishlarining bajarilishi bo‘yicha tuzilgan kalendar reja va xarajatlarning etanlar 
taqsimlanish ma’lumotlari asosida hisoblab chiqilishi kerak. Kelgusi davr xarajatlari 
uchun aylanma mablag‘lar normativi oxirgi 2-3 yilda shakllangan qurilish-montaj ishlari 
hajmidagi bu mablag‘larning egallagan miqdori asosida yoki hisob-kitob yo‘li bilan 
aniqlanadi.

Download 252.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling