Transport iqtisodiyoti


Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari


Download 252.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana31.01.2024
Hajmi252.73 Kb.
#1832813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Iqtisod kurs ishi Egamberdiyev Firdavs .

Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari 
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ularning aylanuvchanlik 
ko‘rsatkichlari bilan baholanadi. 
Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
-fond sig‘imdorligi - bu ko‘rsatkich bajarilgan qurilish-montaj ishlarining har bir 
so‘miga to‘g‘ri kelayotgan solishtirma aylanma mablag‘lar miqdorini bildiradi. 
𝑲
𝒇
=
𝑶𝑪
𝑸
𝒈𝒐𝒅
bu yerda, OC-aylanma mablag‘lar summasi, ming so‘m;
Q
god
-yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ming so‘m (masalan pudrat faoliyati 
bo‘yicha korxonaning o‘z kuchi bilan bajargan qurilish-montaj ishlari hajmi).
-aylanuvchanlik koeffitsiyenti yoki aylanma mablag‘larning ma’lum bir muddat 
ichidagi aylanishlari soni;
u aylanma mablag‘larning yillik o‘rtacha qiymatining har bir so‘miga yil mobaynida 
to‘g‘ri kelgan mahsulot hajmini (qurilish-montaj ishlari hajmini) harakterlaydi. 
𝐊
𝐎
=
𝑸
𝒈𝒐𝒅
𝑶𝑪
 
-bir aylanishga sarflanadigan vaqt (yoki bir aylanishning kunlar hisobida davom 
etuvchanligi):
𝑫 =
𝑶𝑪 ∗ 𝑻
𝑸
𝒚𝒊𝒍
=
𝑻
𝑲
𝒐
bu yerda, T-aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi aniqlanayotgan davrdagi kunlar 
soni. 
Aylanma mablag‘larning aylanuvchanligi yo‘l xo‘jaligining bevosita qurilish-
montaj va ta’mirlash - qurilish, avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashni materiallar va 
yarimfabrikatlar, transport bilan ta’minlovchi barcha bo‘limlarining faoliyatlari natijasiga 


ham bog‘liq. Aylanuvchanlikni oshirishda reja bo‘limi ishini aniq tashkil etish, moddiy-
texnika ta’minoti, buxgalteriya, moliyaviy xo‘jalik bo‘limlari ishi ham katta ahamiyatga 
ega.
Qurilish ob’ektlari muddatlari yoki alohida ishlarning bajarilishiga sarflanadigan 
vaqtlarning qisqartirilishi tugallanmagan ishlab chiqarishning umumiy hajmini 
kamayishiga va o‘z navbatida aylanma mablag‘lar aylanuvchanligining tezlashuviga olib 
keladi.
Aylanma mablag‘lar qiymatiga ishlab chiqarish moddiy boyliklari zahiralarining 
miqdori katta ta’sir ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishning material zahiralari, buyumlar, 
konstruktsiyalar, yarimfabrikatlar miqdorlariga juda ko‘p omillar: Yetkazib 
beruvchilarning uzoq - yaqinligi, Yetkazib berishlarning bir maromligi va tezligi
transport turlari va tashish usullari, Yetkazib berishlarning komplektligi va Yetkazib 
berish hajmlari, yuklarni qabul qilish va ortish-tushirish xarajatlari, omborxonalarga 
joylashtirish, hisob-kitob formalari va hujjatlarning aylanish tezliklari ta’sir etadi.
Moddiy-texnika ta’minoti ishlarini takomillashtirish qurilish tashkilotlarining 
omborxonalaridaga materiallar zahiralarining kamayishiga va aylanma mablag‘larga 
bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga sababchi bo‘ladi. Material zahiralaridagi aylanma 
mablag‘larni ortiqcha bo‘lgan moddiy boyliklarni aniqlash va realizatsiya qilish, tashish 
masofalarini kamaytirish, mahalliy materiallardan foydalanish, asbob-uskunalar 
xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish va asboblarning xizmat muddatlarni uzaytirish ham ta’sir 
etadi.
Me’yordan ortiq materiallar zahiralari hosil bo‘lmasligining muhim shartlaridan biri 
tayyorlovchi-zavodlar tomonidan, ularni komplektlash uchun sarflanadigan vaqtni 
qisqartirish maqsadida, tayyor holda va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilish maydonlariga, 
Yetkazib berish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Masalan: kichik va o‘rtacha ko‘priklarni qurish uchun turli nomenklaturadagi barcha 
yig‘ma-temirbeton elementlarni komplektlash qurilish maydonida moddiy-texnika 
ta’minotidagi uzilishlar sababli ishlarni to‘xtab qolishining oldini olish maqsadida, 
avvaldan tayyorlab qo‘yilishi kerak. Materiallar va konstruktsiyalarni tayyorlovchi 
zavodlar tomonidan nokomplekt holda Yetkazib berilishi qurilishlarda komplektlovchi 
zahiralarning ortishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida qo‘shimcha ravishda aylanma 
mablag‘larga ehtiyojni yuzaga keltiradi. 
Aylanma mablag‘larga ehtiyojni kamaytirish uchun yil mobaynida materiallarni 
ishlarning bajarilishiga mos ravishda bir maromda Yetkazib berish katta ahamiyatga ega. 
Yo‘l xo‘jaligida amalda qo‘llaniladigan mavsumiylik zahira tayyorlash aylanma 
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni ko‘paytiradi va aylanuvchanlikni syokinlashtiradi.
Muomala fondlaridagi aylanma mablag‘lar strukturasini tahlil qilish belgilangan 
normativlardan ortiq anchagina mavhumlashtirilgan mablag‘larni aniqlash imkonini 
beradi.
Bu mablag‘lar buyurtmachilar tomonidan bajarilgan ishlar uchun taqdim etilgan 
schetlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganliklari uchun, boshqa 


tashkilotlar tomonidan Yetkazib berilgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga haq 
to‘lanmasligi natijasida muomala sferasida chiqib ketadi. Hisob-kitoblarni amalga 
oshirishlarda tartib o‘rnatish, moliyaviy intizomga rioya qilish – muomala fondlaridagi 
mablag‘larning aylanuvchanligini tezlashtiruvchi muhim yo‘ldir. 

Download 252.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling