Transport logistikasining iqtisodiy mohiyati


www.scientificprogress.uz


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana06.05.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1434391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
transport-logistikasining-iqtisodiy-mohiyati

www.scientificprogress.uz
 
Page 1111
boshqa ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni tashkil etishda xarajatlarni 
kamaytirish transport tizimini rivojlantirish strategiyasining maqsadli vazifasidir.
Mamlakatda bozor iqtisodiyoti rivojlanib borar ekan, transport jarayonining 
samaradorligini oshirish transportni tashkil etishga yangicha yondashuvlarni talab etadi. 
Bu esa yangi yoʻnalish - transport logistikasining paydo boʻlishiga olib keldi. 
Transport katta tizimning ajralmas qismi, yaʼni logistika zanjiri sifatida uni turli 
jihatlarda koʻrib chiqish zarurligiga olib keldi. Zamonaviy sharoitda transport xizmati 
nafaqat tovarlarni etkazib beruvchidan balkiy isteʼmolchilar, axborot va tranzaksiya 
operatsiyalari, yuklarni tashish xizmatlari, sugʻurta, xavfsizlik va boshqalarni ham oʻz 
ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish korxona nuqtayi nazaridan transportni oʻrganishni alohida 
moddiy-texnik munosabatlar sohasi bilan chegaralab boʻlmaydi. U butun logistika 
tizimida - birlamchi etkazib beruvchidan to yakuniy isteʼmolchigacha, shu jumladan 
oraliq bosqichlargacha hisobga olinishi kerak. 
Moqaloaning maqsadi transport logistikasining rivojlanish asoslarini koʻrib 
chiqish, transport logistikasining mohiyati va maqsadlarini aniqlash, shuningdek
logistikaning transport siyosatiga taʼsirini koʻrib chiqishdan iboratdir. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. 
Ushbu sohada koʻplab tadqiqotlarga qaramasdan, bizning fikrimizcha, transport 
korxonalarining korporativ axborot bazalarini integratsiyalash, raqobat sharoitida 
transport tizimi korxonalarining xatti-harakatlarini tahlil qilish, transport tizimi 
korxonalarining ishlashi uchun yagona axborot muhitini tashkiliy-texnik rivojlantirish 
tamoyillari va yondashuvlarini tizimlashtirish masalalari eʼtiborga loyiqdir. 
Shu o’rinda hukumatimisz tomonidan bir qatoq harakatlar amalga oshirilmoqda 
jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi 
Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 2019-yil 1-fevraldagi PQ-
4143-sonli qarori, [1] O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida 
davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019-
yil 1-fevraldagi PF-5647-sonli qarori, [2] O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi transport vazirligi huzuridagi transport va 
logistikani rivojlantirish muammolarini o’rganish markazi faoliyatini tashkil etish 
chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2019-yil 12-apreldagi 305-sonli qarori, [3] O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalarida fyuchers 
savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining 
elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 2019-yil 
12-apreldagi 305-sonli qarori [4] hamda Republikamizning bir necha hududlarida 
logistika markazlari va terminalarini ochilishini musol qilish mumkun. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling