Transport vazirligi


Download 1.75 Mb.
bet24/74
Sana28.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1302852
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Bog'liq
умк фалсафа янги 2021

Tabiat qonunlari er yuzida inson bo’lmaagan davrda ham mavjud bo’lgan. Jamiyat qonunlari esa inson faoliyati natijasida paydo bo’lgan shart-sharoitlar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. Jamiyat qonunlari kishilarning ijtimoiy munosabatlardagi eng umumi, muhim bog’lanishni ko’rsatadi. Yna bir farqi shuki, jamiyat qonunlariga nisbatan tabiat qonunlari asta –sekinlik bilan o’zgarib boradi. Ijtimoiy qonunlar esa, ma’lum davr mobaynida amal qilib so’ngra, o’z o’rnini yangi qonunlarga bo’shatib beradi, ba’zilari o’z kuchini yo’qatadi.
Harakat qilish doirasiga qarab qonunlar: hususiy, umumiy va eng umumiylarga bo’linadi. Moddalarning saqlanishi va aylanishi qonuni, energiyaning bir turdan ikkinchi turga o’tishi umumiy qonunlarg misol bo’ladi. Axususiy qonunlarga esa, fizikadagi Kulon, N’yuton, Mendeleev kabi qonunlar kiradi.
Eng umumiy qonunlar turkumiga falsafaning dialektik qonunlari misol bo’ladi. Shulardan biri dialektik ziddiyatlilik qonunidir yani

  1. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni.
Bu qonunga muvofiq har bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan biri ikkinchisini istisno etuvchi qarama-qarshi tomonlarga, kuchlarga ega. Bu qarama qarshi tomon va kuchlar o’rtasidagi kurash taraqqiyotning manbaini ifodalab, eskining yo’qolishi va yangining paydo bo’lishiga olib keladi. Ziddiyat, tafovut, ayniyat shu qonunni ifodalovch tushunchalardir.

  1. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo’lmagan miqdoriy o’zgarishlar asta-sekin to’plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’erni buzadi va sakrash yo’li bilan tub sifat o’zgarishlarga olib keladi. Bu qonunni ifodalovchi tushunchalar: sifat, miqdor, xossa,me’yor, sakrash.

  2. Inkorni-inkor qonuniga muvofiq ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilinishi ro’y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor qilinmaydi., undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi. Rivojlanish cpiral shaklda, ma’lum nisbiy takrorlanishlar asosida, oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga qarab boradi. Inkorni-inkor qonuni – bu shunday bir qonunki, unga muvofiq rivojlanish jarayoni yangining eskini dialektik inkor etish cheksiz zanjiridan iborat bo‘ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha muhim jihatlari yangida saqlanadi va umuman bu jarayon hujumkor, yuksalib boruvchi yo‘nalishga ega bo‘ladi.


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling