IV. AVTOMOBIL TRANSMISSIYALARI
Transmissiyaning vazifasi dvigateldan kelayotgan burovchi
momentning qiymatini va yo‘nalishini o‘zgartirib yetakchi g‘ildiraklarga
uzatishdan iborat.
Burovchi momentni uzatish uslubiga ko‘ra
transmissiyalar pog‘onali (mexanik) va pog‘onasiz (friksion, gidrohajmli
va elektrik) bo‘lishi mumkin. Zamonaviy
avtomobillarda eng keng
tarqalgan turi mexanik transmissiyalar bo‘lib avtomobilning vazifasi,
dvigatel va yetakchi g‘ildiraklarning
joylashishiga qarab har xil
sxemalarda tayyorlangan boMishi mumkin. Transmissiyalami baholash
uchun g‘ildirak formulasidan foydalaniladi.
4.1-rasm. M exanik transmissiyada burovchi momentning uzatilishi:
/-dvigatel; 2-ilashish muftasi; 3-uzatmalar qutisi; 4-kardan uzatmasi;
J-orqa ko‘prik; (5-asosiy uzatma; 7-differensial; 5-yarim o‘qlar.
Keyingi yillarda avtomobillarda gidromexanik uzatmalar qutisidan
(gidrotransformator va mexanik uzatmalar qutisi)
foydalanish tobora
ommalashib bormoqda. Bunda ilashish muftasining o‘miga gidrotrans-
formatordan foydalaniladi. (Masalan: ZIL-114, BelAZ-540, LiAZ-677
avtobusi va boshq.). Bunday transmissiyalar gidromexanik transmissi
yalar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: