Transpotr intelektual tizimlari muhandisligi
Download 3.63 Mb.
|
Kurs ishi MATLAB man CLA 16 220
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent– 2022
- Shavkat Mirziyoyev Mundarija
- “Hamma qilayotgan harakatlarimiz iloji boricha tezroq odamlar uchun sharoit yaratishga qaratilgan”
- MAN CLA 16.220
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “TRANSPOTR INTELEKTUAL TIZIMLARI MUHANDISLIGI” KAFEDRASI KURS ISHI IZOHNOMASI MAVZU: MAN CLA 16.220 avtomobilining tormozlanish xususiyatini xisoblash Bajardi: Rahbar: Toshkent– 2022 Bizning mustaqil davlatimiz rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Bizning ilk muvaffaqiyatlarimizdan biri iqtisodiyotimiz uchun mutlaqo yangi soha avtomobilsozlik sohasining tug‘ilishi bo‘ldi Islom Karimov Avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish, uning mahsulotlari raqobatdoshligini, eng avvalo, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar bozorlarida oshirish bizning asosiy yo’nalishlarinizdan biri bo’lmog’ kerak. Shavkat Mirziyoyev Mundarija: Kirish ...………… 4 MAN mashinasozlik kompaniyasi haqida. ..………… 6 MAN CLA 16.220 avtomobilining texnik ko‘rsatkichlari ………… 10 Matlab Simulnik va Editor bo’limlarida kurs ishi bajarishda ishlatilgan buyruqlar. ………… 12 Tormozlanish xususiyatini xisoblash Matematik modeli. ………… 14 Matlab Simulnikka o’zgarmaslarni kiritish. ………… 15 Avtomobillarning tormozlanish diagrammasi ………… 19 Avtomobilning tormozlanishdagi sekinlashishi …………. 21 Tormozlanish vaqti va tormozlanish yo‘li ………… 30 Tormoz kuchlarining o‘qlarga taqsimlanishi ………… 32 Tormozlanishda ilashishdan foydalanish koeffitsienti ………… 39 Tormoz kuchlarini boshkarish ………… 43 Xulosa ………… 47 Foydalanilgan adabiotlar ………… 48 KIRISH Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va boshchiligida avtomobilsozlik sohasini rivojlantirish iqtisodiyotimizning bunyodkorlik salohiyatining ramziga aylandi. Nufuzli kompaniyalar bilan teng va o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatishga asoslangan edi ilgari odimlash strategiyasi raqobatbardosh mahsulotlarni dunyo standartlari darajasida ishlab chiqarishga qaratilgan. Hozirgi payitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 1-iyun kuni «2017—2021 yillarda avtomobil sanoatini boshqarishni yanada takomillashtirish va tezkorlik bilan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. O‘zbekiston rahbari «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasini «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirdi. Prezident 2017—2021 yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sohasini rivojlantirish dasturini ma’qulladi. Dasturga muvofiq, «O‘zavtosanoat» AJ 2021 yilgacha tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 marta oshiradi. Dastur doirasida 800 million dollardan ziyod investitsiyalar o‘zlashtiriladi. Prezident GM Uzbekistan AJ ishlab chiqargan avtomobillarga aksiz solig‘i stavkasini 29 foizdan 27 foizgacha pasaytirdi. Shavkat Mirziyoyev Pskent avtomobilь poligonini «O‘zavtosanoat» AJ avtomobillari mintaqaviy sinov bazasini tashkil qilish uchun berdi. «O‘zavtosanoat» AJning ba’zi korxonalariga imtiyozlar berildi. “Hamma qilayotgan harakatlarimiz iloji boricha tezroq odamlar uchun sharoit yaratishga qaratilgan”deb takidlaydi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Prezidentimiz oldimizga qo’ygan ishlarning natijasi o’laroq «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi siqilgan gazda harakatlanadigan 50 ta past polli MAN A22CNG avtobusini qabul qilib oldi qilishini ko’rsatish mumkin. Katta sig‘imli ushbu avtobuslar amarqanddagi JV MAN Avto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida yig‘ilgan. QK matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2018 yilda O‘zbekiston poytaxtiga yana 110 ta, 2019 yilda esa 190 ta avtobus yetkazib beriladi.MAN A22 CNG avtobusining uzunligi 12 metr bo‘lib, MAN shassisi bazasida ishlab chiqariladi. Yengil alyuminli kuzov yo‘l qoplamalariga kamroq bosim tushiradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Kuzovning kengligi esa 90 nafargacha yo‘lovchi tashish imkonini beradi. Yana bir misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zavtosanoat” AK va Volkswagen AG”konserni o‘rtasida JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida Volkswagen Amarok pikaplarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishi bo’ldi. Loyiha 2018-2019 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz iqtisodining jadal rivojlanishi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashish jarayoniga kyeng imkoniyatlar yaratib byerish bilan bir qatorda mamlakatimiz yo‘llarida transport oqimining murakablashishi, buning natijasida yo‘l-transport hodisalarining soninning ko‘payishiga ham sabab bo‘lmoqda. Yo‘l-transport hodisalarini va haydovchi, yo’lovchi, piyodalarning havfsizligini ta`minlashda salmoqli o’rin kasb etgan avtomobilning tormoz xususiyatini MAN CLA 16.220 avtomobilining misolida o’z kurs loihamda hisob ishlarini olib boraman. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling