17
munosabatni shakllantirish, oilaviy inqirozlar va ularga to‘g‘ri munosabat,
oilaviy
inqirozlarning oldini olish choralari, konfliktning yaratuvchanlik va buzg‘unchilik
xususiyati, oilaviy konfliktlardan chiqib ketish, ularni yengish usullari, konfliktlarni
boshqarish, g‘azab va jahlni yengish usullarini bilish, shaxs va oila, oilaning har bir
a’zosiga hurmat va e’tibor me’yorlari,
shaxs erkinligi, egoizm, egoizmdan qutulish
omillari, oilada o‘zini ustun qo‘yish, oilada uning a’zolari munosabatlaridagi
uyg‘unlik, shaxs va jamoa munosabatlari, shaxs va oila manfaatlari birligi, oila
manfaatlarining
ustunligi, shaxsning muloqot madaniyati va ichki dunyosi yetukligi
omillari, ota-ona va farzand majburiyatlari va huquqlari.
17. Axloq masalasining ustuvorligi. Bola kim? Bola va uning rivojlanish
xususiyatlari. Bola parvarishiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar nimadan
iborat?
Axloq nima? Axloq – kishilar orasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga
xos qoidalari majmui sifatida. Axloq inson ma’naviyatining asosi bo‘lib, yaxshi va
yomon amallar chegarasini belgilab beruvchi kategoriya ekanligi. Axloqning barcha
ma’naviy jihatlarini o‘z mazmuniga qamrab olishi, jumladan to‘g‘ri so‘zlik,
samimiylik,
mehnatsevarlik, bosiqlik, muruvvat, mehr, hamdardlik, yordamga
tayyorlik, erinmaslik, ochiqlik kabi fazilatlar majmuining oilaviy, axloqiy sifatlardan
ekanligi. Axloqlilikning sub’ekti inson sifatida. Axloqlilik,
axloqiy bilim, axloqiy
madaniyat, axloqiy munosabatlar, axloqiy ong, axloqiy hissiyotlar. Axloqiy
muammolar:
axloqsizlik, bevafolik, inson sha’nini hurmat qilmaslik, bilimsizlik,
jaholat, hiyonat.
Bola kim va uning rivojlanish bosqichlari. Farzandga ota-ona,
maktab yoki
mahallaning tarbiyaviy ta’sirlari. Farzandlar bilim olishlari uchun ota-onalar
tomonidan sharoit yaratib berilganligi. Bola parvarishiga qo‘yiladigan zamonaviy
talablar. Bugungi globallashuv davrida farzand tarbiyasi. Uyali telefonlardagi
tajovuzliklar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi muammoli vaziyatlarning bolani
tarbiyasiga ta’siri. Farzand tarbiyasi o‘z
ichiga diniy-axloqiy, tibbiyot, etika,
psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni qamrab olishi. Zamonaviy oila
mavqeiga doir muammolar.
Do'stlaringiz bilan baham: