Trenerlar tayyorlash kursining namunaviy o‘quv dasturi "Mahalla va oila" ilmiy


O‘quv kursning maqsadi va vazifalari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/17
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1060538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Хотин-қизлар укув дастури

O‘quv kursning maqsadi va vazifalari 
Kursning maqsadi – xotin-qizlarning hayotga tayyorligini huquqiy, iqtisodiy, 
ma’naviy, ijtimoiy jihatdan tarbiyalash va ularda zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni 
shakllantirishdan iborat.
Turmushga chiqmagan qizlarni turmushga, oilaga, jamiyatga tayyorlash, oilaviy 
va ijtimoiy hayotga psixologik-pedagogik moslashuviga ko‘maklashish, ularning 
jamiyatda muvaffaqiyatli ijtimoiylashishga, o‘z o‘rniga ega bo‘lishlariga tayyorlash, 
ularda ilmga intilish motivatsiyasini hosil qilish, oilaviy hayot asoslari, oila 
psixologiyasi, iqtisodi, ma’naviyati, oila gigienasi, reproduktiv salomatlik, jinsiy 
tarbiya asoslari, kiyinish madaniyati va odobi haqidagi bilimlarni takomillashtirish va 
rivojlantirish, barcha sohalarda bilim, ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan iboratdir. 
Turmush qurgan, yangi turmushga chiqqan yosh kelinlarni oilaviy hayotga har 
tomonlama tayyorligini oshirish, oilaviy turmush borasidagi ularning bilimlari, malaka 
va ko‘nikmalarini takomillashtirish, ularni zamonaviy uy bekalari, turmush o‘rtoq, ona 
bo‘lishlari borasidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kursning vazifalari
- «Oila — muqaddas», «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat», «Oila — jamiyat va 
davlat himoyasida» va «Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi» konseptual 
g‘oyalarini turmushga chiqmagan va yangi turmushga chiqqan yosh kelinlarning 
ongiga singdirib borish; 
-turmushga chiqmagan va yangi turmushga chiqqan yosh kelinlarni oilaviy-
huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti
reproduktiv salomatlik asoslari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash 
masalalari bo‘yicha tizimli tayyorlash; 
- oilaviy hayot, oila psixologiyasi, oilaning funksiyalari, oilada er va xotinni, 
qaynona va kelin, ota-ona va farzand rollari, vazifalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi;
- ota-onalik ko‘nikmalari, diniy va ma’rifiy tarbiya asoslari, oilaning huquqiy 
asoslari, kiyinish madaniyati va etikasi, oila byudjeti va iqtisodi; 
turmushga chiqmagan qizlarning zamonaviy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda 
va ijtimoiy zaruriyat asosida ularda oilaviy turmush asoslariga oid kompetensiyalarini 
shakllantirish;
- oila va jamiyat hayotiga integratsiya bo‘lish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni 
maqsadli shakllantirish; 



- oila va uning zamonaviy xususiyatlariga doir yangi tendensiyalarni bilishi, 
oilaga doir qarashlarni anglashi; 
- oilaviy tarbiya va uning shakl, usul va vositalarini egallagan bo‘lishi; 
- oilada reproduktiv salomatlik asoslari haqidagi bilim va ko‘nikmalarni 
shakllantirish; 
- jinsiy tarbiya asoslari, oilada jinsiy tarbiyani shakllantirish shart-sharoitlari, 
jinsiy tarbiyada ota-onalarning rollari haqidagi kompetensiyalarni shakllantirish; 
- xotin-qizlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlarini tafakkur qilishi, oilaviy 
munosabatlarga oid tushunchalarning shakllanishi kabi bilim va kompetensiyalarni 
rivojlantirishdan iborat. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling